Uchtepa tumanida 2015-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (17-son)
14.01.2015
toshkent shahar Uchtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, markaz tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Uchtepa tumanida 2015-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
boshqa korxona va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari hisobidan 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. Axunjanov):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Uchtepa tuman hokimining 2014-yil 16-yanvardagi “Uchtepa tumanida 2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 33-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotganligi inobatga olinsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Eltoyev zimmasiga yuklansin.
Hokim A. DOSMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-yanvar,
17-son
Tuman hokimining 2015-yil 14-yanvardagi 17-sonli qaroriga ILOVA
Uchtepa tumanida 2015-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar
roʻyxati
