Yakkasaroy tumanida 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (26-son)
13.01.2015
TOShKENT ShAHAR Yakkasaroy tumani xokimiNING
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Yakkasaroy tumanida 2015-yilda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 1-ilovaga va komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (komissiya raisi) M. Karimkulovaga:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani texnik koʻrik oʻtkazish kunidan kamida oʻttiz kun oldin yuborishni taʼminlash;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejasi va komissiya tarkibini yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berilishi va qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun oʻn kundan kam boʻlmagan muddatni belgilash;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan holda tuman hokimligiga maʼlumot berish ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
3. Boshqa tumanlarda foydalanilayotgan texnika ushbu manzildagi davlat inspektori tomonidan texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan davlat inspektorining soʻrovnomasiga asosan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilansin.
4. Mulkdorlarga:
bildirishnomani olgandan soʻng texnik koʻrik oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisida dalolatnoma toʻldirilsin;
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etilsin.
5. “Davtexnazorat” inspeksiyasi (S. Xaitov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi (I. Alimov) va Toshkent shahar hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” DUKning Yakkasaroy tuman tarmoq administratori (S. Xusainov):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.yakkasaroy.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Tuman hokimining 2014-yil 10-yanvar kunidagi “Yakkasaroy tumanida 2014-yilda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hokim A. SALIXOV
Toshkent sh,
2015-yil 13-yanvar,
26-son
Tuman hokimining 2015-yil 13-yanvardagi 26-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yakkasaroy tumanida 2015-yilda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
ISh REJASI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Ekskavator Robex-140W9S 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 2. Yuklagich LW-300F 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 3. Katok-daroj BOMAG-BW213D4 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 4. A/ukladchik DF135C 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 5. A/ukladchik SP1200 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 6. A/ukladchik TC-250 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 7. A/ukladchik TS-200 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y. 8. Ekskavator EO-2621 15.05.2015-y. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, T. Malik koʻchasi, 146-uy 15.04.2015-y.
Tuman hokimining 2015-yil 13-yanvardagi 26-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yakkasaroy tumanida 2015-yilda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Komissiya raisi: M. Karimkulova Toshkent shahar “Davtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi boʻyicha davlat inspektori Komissiya raisi oʻrinbosari: S. Xaitov Toshkent shahar “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi Komissiya aʼzolari: S. Kadirov Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar boʻyicha komissiya raisi — tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Artikov Toshkent shahar IIBB YXXB texnik-nazorat boʻlimi inspektori D. Xabibullayev Yakkasaroy tumani Mudofaa ishlari boʻlimi, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarni hisobga olish boʻlinmasining katta yordamchisi N. Nosirov Yakkasaroy tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi avtoxoʻjalik boʻlimi boshligʻi A. Abduqodirov “Kafolat” Davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Toshkent shahar filiali Yakkasaroy tumani boʻlimi boshligʻi
