Kasbi tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-2/1-son)
07.01.2015
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-son va Xalq deputatlari Kasbi tuman kengashining 2014-yil 13-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/32-158-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ga asosan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar toʻliq miqdorda tumanning mahalliy budjet daromadlariga oʻtkazilishi belgilab quyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib ijroga yoʻnaltirilsin.
5. Tuman iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi, tuman gʻaznachilik boʻlinmasi, tuman tijorat banklari bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq. 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi “Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida” gi X-110/2 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Zoitov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. XOLBOYEV
Kasbi t.,
2015-yil 7-yanvar,
X-2/1-son
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kasbi tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 113,9 1.1. Shu jumladan hududiy sanoat mahsulotlari 113,9 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 106,0 3. Pudrat ishlari 106,0 4. Chakana savdo aylanmasi 116,5 5. Pullik xizmat 114,1
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 2-ILOVA
Kasbi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Daromad turlari ming soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 610712 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1844455 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1177178 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 8961782 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1237978 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 4208247 7. Aksiz soligʻi, jami shu jumladan: aroq boshqa vinolar pivo chakana savdo tarmogʻida sotilayotgan, oltindan ta�yorlangan zargarlik buyumlari oʻsimlik (paxta) yogʻi 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 243 467,0 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1 682 410,0 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 2 927 229,0 11. Yagona yer soligʻi 2 113 190,0 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 82 547,0 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 191 615,0 15. Davlat boji 832 261,0 16. Jarimalar 902 768,0 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 856 989,0 18. Bozorlar daromadidan tushum 193 823,0 19. Mahalliy yigʻimlar 77 185,0 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1 163 798,0 21. Boshqa tushumlar 127 549,0 Jami 31 435 183,0 Koʻrsatkichlar ming soʻmda A 1 2 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 264 750,0 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar 3. Obodonlashtirish 2 387 746,0 4. Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 178 095,0 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 2 830 591,0 5. Maorif 45 838 922,0 6. Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 162 127,0 7. Fan 0,0 8. Sogʻliqni saqlash 13 749 192,0 9. Jismoniy tarbiya 3 675,0 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 111 945,0 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 59 865 861,0 12. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari 712 139,0 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 601 776,0 14. Zaxira jamgʻarmasi 0,0 15. Boshqa sarf-xarajatlar 31 437,0 Shundan: Koʻnikma markazi 31 437,0 Qabullar uyi xarajatlari 0,0 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital quyilmalar xarajatlari Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 3227975 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga yetgunga qadar parvarish uchun nafaqa 4866581 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 366883 18. Jami 250 boʻlim 8461439 19. Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari XARAJATLAR JAMI 73 503 243,0
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 3-ILOVA
Kasbi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlar, viloyat budjetidan beriladigan subvensiyalarni chegaralangan miqdorlari
HAJMI
T/r Hududlar nomi Daromadlar, viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan daromadlarni hisobga olgan holda Xarajatlar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi va ish haqidan ajratmalar va ijtimoiy nafaqalarni moliyalash-tirishga subvensiyalar Xalq taʼlimi muassasalari ish haqlarini moliyalash-tirishga subvensiya foizi A 1 2 3 4 5 1. Kasbi tuman 35883452,0 73503243,0 37619791,0 51,2
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilgi Kasbi tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 5-ILOVA
Kasbi tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
(ming.soʻmda) Summasi A 1 2 1. Kasbi tuman 420526,0
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8% 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385 200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 barobari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 barobari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 2 barobari
Tuman hokimining 2015-yil 7-yanvardagi X-2/1 sonli qaroriga 7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
