Xorazm viloyatidagi Drujba shahrining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (639-I-son)
01.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obʼektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xorazm viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Drujba shahrining nomi Pitnak shahri deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 1 may,
639-I-son
