Yakkabogʻ tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-11/01-son)
06.01.2015
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2014-y., 50-son 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2014-y., 50-son 590-modda) va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/44-143-sonli qarori, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-376/12-sonli qarori, Xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman kengashining 2014-yil 19-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV-33\73-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
Tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
4. Yakkabogʻ tuman hokimligi moliya boʻlimi (N. Moʻminov), tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (Sh. Roʻziboyev), tumandagi barcha tegishli banklar bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yil 1-yanvargacha uzaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimining 2014-yil 11-fevraldagi X-110/02 sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Doverov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ t.,
2015-yil 6-yanvar,
X-11/01-son
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yakkabogʻ tumanining 2015-yilgi asosiy makroiktisodiy koʻrsatkichlari
prognozi
T/r Koʻrsatkichlar nomi Yillik (foiz) 1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 106,7 1.1. Shu jumladan: Hududiy sanoat mahsulotlari 119,9 2. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 110,2 3. Pudrat ishlari 106,4 4. Chakana savdo aylanmasi 114,2 5. Pullik xizmat 117,8
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yakkabogʻ tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlarining
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
T/r I. Daromad turlari mln soʻmda 1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 500132 2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 2404366 3. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 2021598 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 9956280 5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 2762310 6. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 3338848 7. Aksiz soligʻi, jami 0 shu jumladan: aroq 0 boshqa vinolar 0 pivo 0 oʻsimlik (paxta) yogʻi 0 8. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1447787 9. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2013 996 10. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 3051235 11. Yagona yer soligʻi 1661882 12. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 0 13. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 105 642 14. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 280515 15. Davlat boji 1634652 16. Jarimalar 1440995 17. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 0 18. Bozorlar daromadidan tushum 281415 19. Mahalliy yigʻimlar 146 347 20. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 3803778 21. Boshqa tushumlar 441 737 Jami 37293551 II. Xarajatlar — jami ming soʻm 1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 467 833 2. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilotlar va korxonalar 3. Obodonlashtirish xarajatlari 3780 963 4. Drenaj ishlari bilan bogʻlik xarajatlar 133775 Iqtisodiyot boʻyicha xarajatlar JAMI 4382 571 5. Maorif 45526 779 6. Madaniyat va ommoviy axborot vositalari 261 323 7. Fan 8. Sogʻliqni saqlash 22369 363 9. Jismoniy tarbiya 3 675 10. Kadrlar tayyorlash 11. Ijtimoiy taʼminot 164 718 Ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarining JAMI 68325 858 12. Davlat boshqaruv idoralarini saqlash harajatlari 786 953 13. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish idoralarini saqlash harajatlari 2065 408 14. Zaxira jamgʻarmalari 15. Boshqa sarf-xarajatlar 38 206 Shundan: Kunikma xarajati 38 206 Qabullar uyi xarajati 16. Mukofotlash xarajatlari 17. Kapital qoʻyilmalar xarajatlari Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa 6935 574 Ishlamaydigan onalarga bolasi 2 yoshga yetgunga qadar parvarish uchun nafaqa 8641 794 Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam 890 760 18. Jami 250 boʻlim 16468 128 19 Maxsus omborxona va chegara posbonlari xarajatlari 0 XARAJATLARNING JAMI 92067 124
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi daromad va xarajatlar, viloyat budjetidan beriladigan subvensiyalarni chegaralangan miqdorlari
HAJMI
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-yilda Yakkabogʻ tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
normativlari
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 5-ILOVA
Yakkabogʻ tuman mahalliy budjetining 2015-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
miqdorlari
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
T/r Soliqlar va yigʻimlarning turlari Chegaralangan stavkalar 1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sof foydaning 8%i 2. Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 385200 soʻm transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 290 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 400 soʻm transport vositalari uchun suyultirilgan gaz 1 litr uchun 200 soʻm transport vositalari uchun siqilgan gaz 1 kub. metr uchun 240 soʻm 3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish �uquqi uchun yigʻim alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari 4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 barobari
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli qaroriga 7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
stavkalari
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan 1. Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: Umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2. Chakana savdo korxonalari, quyidagi joylarda joylashgan aholi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan togʻli tumanlarda 1 3. Ulgurji savdo korxonalari 5 4. Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari 5 5. Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: aholi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan togʻli tumanlarda 1 6. 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalari qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha belgilangan stavka 5% gacha kamayadi
