Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida
27.11.1996
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida
Shartnoma
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiladilar,
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga asoslanib,
Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarining shaxsiy va mulkiy huquqlarini teng huquqiy muhofaza qilishni taʼminlashga intilishdan kelib chiqib,
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
I boʻlim. Umumiy qoidalar
I qism. Huquqiy muhofaza
1-modda Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida doimiy yashovchi shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlariga nisbatan ana shu Tomonning oʻz fuqarolaridek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, ichki ishlar, adliya organlariga (keyingi oʻrinlarda “adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, mazkur Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi ana shunday sharoitlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
3. Mazkur Shartnomaning qoidalari, tegishli ravishda Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida ularning qonunchiliklariga binoan tuzilgan yuridik shaxslarga, shuningdek protsessual huquqdorlikka ega boʻlgan boshqa tashkilotlarga ham qoʻllaniladi.
2-modda Poshlinalar toʻlashdan va xarajatlarni qoplashdan ozod qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining fuqarolari, uning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sud va notarial poshlinalarini va xarajatlarini toʻlashdan va qoplashdan ozod qilinadilar, shuningdek mazkur Ahdlashuvchi Tomonning oʻz fuqarolari uchun belgilangan shartlarda va hajmlarda bepul yuridik yordamdan foydalanadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar aniq ish boʻyicha, shu jumladan qarorni ijro etish boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga tatbiq qilinadi.
3-modda Shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvol toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etish
1. Ushbu Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etgan shaxsning shaxsiy, oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida beriladi. Ushbu hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash va turish joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
2. Agar iltimosnoma taqdim etgan shaxs Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash va turish joyiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar unga u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
3. Imtiyozlar berish toʻgʻrisida iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarayotgan adliya muassasasi zarurat boʻlganda hujjatlarni bergan muassasalardan qoʻshimcha maʼlumotlarni yoki zarur tushuntirishlarni talab qilishi mumkin.
II qism. Huquqiy yordam
4-modda Huquqiy yordam koʻrsatish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.
2. Adliya muassasalari mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.
3. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar boʻyicha boshqa muassasalar huquqiy yordam haqida iltimosnomalarni adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.
5-modda Huquqiy yordam hajmi
Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, operativ-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarish yoʻli bilan, shu jumladan:
a) hujjatlarni tuzish va joʻnatish, tegishli hujjatlar va materiallarning, shu jumladan bank, moliya, yuridik va ish hujjatlarining aslini yoki tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
b) predmetlar va hujjatlarni tintish, chiqarib olish va olib qoʻyish, mulkni hibsga olish, ashyoviy dalillarni joʻnatish va berish;
v) koʻzdan kechirish va tekshirib koʻrish;
g) ekspertiza oʻtkazish;
d) tomonlarni, jabrlanuvchilarni, ayblanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni soʻroq qilish;
e) huquqni buzishda ayblanuvchi, shuningdek bedarak ketgan shaxslarni qidirish, huquqni buzishda ayblanuvchi shaxslarni, shuningdek hukmni ijro etish uchun berish;
j) jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish;
z) sud hujjatlarini taqdim etish;
i) fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sud qarorlarini, jinoiy ishlarning fuqarolik daʼvosi qismi boʻyicha hukmlarni, ijro yozuvlarini eʼtirof etish va ijro etish;
k) hujjatlarni topshirish yoʻli bilan bir-birlariga yordam beradilar.
6-modda Munosabatlar tartibi
Huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan, agar ushbu Shartnoma bilan munosabatda boʻlishlarning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, oʻzlarining markaziy organlari orqali munosabatga kirishadilar.
7-modda Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning mazmuni
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
a) soʻrayotgan va soʻralayotgan adliya muassasalarining nomlari;
b) huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi, iltimosnoma maqsadining bayoni va soʻralayotgan yordamning tavsifi;
v) tomonlarning, jabrlanuvchining, guvohlarning, shubha ostidagilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning yoki hukm qilinganlarning ismi va familiyalari, ularning yashash yoki turgan joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti, yuridik shaxslar uchun — ularning nomi va joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) “v” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarning vakillari boʻlganda — ularning ismi, familiyasi va manzili;
d) bajarish talab qilinadigan aniq protseduraning qoʻllanish sabablari va mufassal tavsifi;
e) jinoiy ishlar boʻyicha shuningdek huquqni buzish faktlari tavsifi, tegishli qonunlarning bayoni yoki matni, shuningdek, agar kirdikor natijasida yetkazilgan boʻlsa — moddiy zararning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
j) iltimosni bajarish kutiladigan, u zarur boʻladigan muddatlarni koʻrsatish.
2. Zarurat boʻlganda iltimosnomaga kerakli tartibda iltimosni bajarishni osonlashtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan sanksiyalanadigan protsessual harakatlar uchun zarur boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari yoki ularning koʻchirmalari ilova qilinadi.
3. Hujjatlarni topshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada oluvchining aniq manzili va hujjatlarning nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
4. Iltimosnoma soʻrayotgan adliya muassasasining tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
8-modda Bajarish tartibi
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishda soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligini qoʻllaydi. Iltimos qilayotgan tomonning adliya muassasasi iltimosiga koʻra u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini, agar faqat ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga zid boʻlmasa, qoʻllashi mumkin.
2. Agar soʻralayotgan adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarishga vakolatli boʻlmasa, u iltimosni vakolatli muassasaga joʻnatadi va bu haqda soʻrayotgan adliya muassasasini xabardor qiladi.
3. Soʻrayotgan adliya muassasasining iltimosiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi unga va manfaatdor tomonlarga, agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan bunga yoʻl qoʻyiladigan boʻlsa, ularning iltimosni bajarish chogʻida ishtirok etishlari uchun huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni bajarish vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qiladi.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradilar. Iltimos bajarilgandan keyin adliya muassasasi zarurat boʻlganda soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
5. Ushbu Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan taqdirda soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani va ilova qilingan hujjatlarni qaytaradi.
9-modda Guvohlarni, jabrlanuvchilarni, daʼvogar fuqarolarni, javobgar fuqarolarni, ularning vakillarini, ekspertlarni chaqirish
1. Zarurat boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida dastlabki tergovda yoki ish sudda koʻrilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi guvohlar, jabrlanuvchilar, daʼvogar fuqarolar, javobgar fuqarolar, ularning vakillari, ekspertlar chaqirilishi mumkin.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan berilgan chaqiriqnoma boʻyicha soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga kelgan guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar fuqaro, javobgar fuqaro va ularning vakillari, oʻzining fuqaroligidan qatʼi nazar, mazkur Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan oʻtgungacha sodir etilgan qandaydir kirdikor munosabati bilan jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar shuningdek oʻzlarining koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha koʻrsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslar, agar ular soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega boʻlishsa-da, ularni soʻroq qilgan adliya muassasasi ularga bundan buyon ularning bu yerda boʻlishlariga zarurat yoʻqligini xabar qilgan kundan boshlab ikki hafta muddat oʻtgungacha ketishmasa, mazkur band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yoʻqotadilar. Ushbu shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan oʻziga aloqador boʻlmagan ayb bilan ketolmagan vaqt mazkur muddatga qoʻshilmaydi.
4. Guvohga, ekspertga, shuningdek jabrlanuvchiga va uning qonuniy vakiliga yoʻlkira va soʻralgan davlatda boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni hamda ishda boʻlmagan kunlari uchun olinmagan ish haqini soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon toʻlaydi. Ekspert, shuningdek ekspertiza oʻtkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiriqnomada chaqirilgan shaxsning qanday toʻlovlarni olishga huquqli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday shaxslarning iltimosnomalariga binoan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans (boʻnak) toʻlaydi.
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashovchi jabrlanuvchini, daʼvogar fuqaroni va javobgar fuqaroni, guvoh va ekspertni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasiga chaqirish, ular kelmagan taqdirda, majbur qilish vositalarini qoʻllashga tahdid tusida boʻlmasligi kerak.
10-modda Hujjatlarni topshirish tartibi
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi hujjatlarni topshirishni, agar topshirilayotgan hujjatlar mazkur davlat tilida tuzilgan yoki zarur tartibda tasdiqlangan tarjima bilan taʼminlangan boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga va uning hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Aks holda, u ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi boʻlsa, hujjatlarni u oluvchiga beradi.
2. Topshirish uchun moʻljallangan hujjatlarning tarjimasi toʻgʻriligini iltimos qilgan tomonning adliya muassasasi yoxud Ahdlashuvchi Tomonlardan birining diplomatik yoki konsullik vakili tasdiqlaydi.
3. Agar hujjatni iltimosnomada koʻrsatilgan manzil boʻyicha topshirish mumkin boʻlmasa, soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Manzilni aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan adliya muassasasi soʻrayotgan adliya muassasasini bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlarni unga qaytaradi.
11-modda Hujjatlarning topshirilganini tasdiqlash
Hujjatlarning topshirilganini tasdiqlash soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada topshirish usuli, joyi va vaqti, shuningdek hujjat topshirilgan shaxs koʻrsatilishi kerak. Hujjatlarning topshirilgani haqidagi tasdiqnoma soʻrayotgan adliya muassasasiga joʻnatiladi.
12-modda Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining vakolatlari
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini soʻroq qilish huquqiga egadirlar. Bunda majburiy tusdagi choralarni qoʻllay olmaydilar yoki ularni qoʻllashga tahdid qilolmaydilar.
13-modda Hujjatlarning haqiqiyligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatli shaxs tomonidan oʻz vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida biron-bir maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida rasmiy hujjatlarning tasdiqlovchi kuchi bilan foydalaniladi.
14-modda Fuqarolik holati toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni joʻnatish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish guvohnomalarini, maʼlumot, mehnat staji toʻgʻrisidagi hamda oʻz davlatlari fuqarolarining va Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida doimiy yashovchi boshqa shaxslarning shaxsiy yoki mulkiy manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni bevosita bir-biriga iltimos boʻyicha tarjimasiz va bepul joʻnatadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi bevosita manfaatdor shaxslarga ularning iltimoslariga koʻra tarjimasiz va bepul joʻnatilishi mumkin.
15-modda Manzillarni va boshqa maʼlumotlarni aniqlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari, oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, agar bu fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish uchun talab qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida yashovchi shaxslar manzillarini aniqlashda, iltimosga koʻra, bir-birlariga yordam beradilar. Bunda soʻrayotgan adliya muassasasi iltimosnomada koʻrsatilgan shaxs manzilini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan oʻzidagi mavjud maʼlumotlarni xabar qiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashaydigan, soʻrayotgan Tomonning adliya muassasalarida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha mulkiy talablar qoʻyilgan shaxslarning fuqarolik holatini, ish joyini yoki mashgʻuloti turini va daromadlarini aniqlashda bir-birlariga yordam beradilar.
3. Ushbu moddaga muvofiq huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari bir-birlari bilan ham oʻz markaziy organlari orqali, ham bevosita aloqada boʻladilar.
16-modda Huquqiy masalalar boʻyicha axborot
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari iltimos boʻyicha bir-birlariga oʻz davlatlarida amaldagi va amalda boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida hamda uning adliya muassasalari tomonidan qoʻllanish amaliyoti toʻgʻrisida maʼlumotlarni, shuningdek huquqiy masalalar boʻyicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
17-modda Tillar
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari ushbu Shartnomani bajarishda bir-biri bilan munosabatlarda oʻzbek, turkman va rus tillaridan foydalanadilar.
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilida joʻnatilayotgan hujjatlarga, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ahdlashuvchi Tomonlar shuningdek, zarurat boʻlgan hollarda, oʻzbek va turkman tillariga yozma va ogʻzaki tarjimani ham taʼminlaydilar.
3. Hujjatlarning yozma tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
18-modda Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlashni talab qilmaydi. Oʻz hududlarida huquqiy yordam koʻrsatishda paydo boʻlgan barcha xarajatlarni, agar ushbu Shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzlari amalga oshiradilar.
19-modda Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
1. Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga olib kelsa, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid boʻlsa, toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin.
2. Iltimosni qondirish rad etilgani toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soʻrayotgan Tomon bu haqda, rad etish sababi koʻrsatilgan holda, yozma ravishda xabardor qilinadi.
II boʻlim. Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy munosabatlar
I qism. Vakolat
20-modda Umumiy qoidalar
1. Ushbu boʻlimning II — V qismlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga, ularning fuqaroligidan qatʼi nazar, daʼvolar ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga daʼvolar hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, uning vakolatxonasi yoxud filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga beriladi.
2. Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon sudlari shuningdek uning hududida:
a) javobgar korxona (filial)ning savdo, sanoat yoki boshqa xoʻjalik faoliyati amalga oshirilganda;
b) nizo predmeti boʻlgan shartnomadagi majburiyat bajarilganda yoki toʻliq yoxud qisman bajarilishi kerak boʻlganda;
v) shaʼni, qadr-qimmati va ishdagi obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha daʼvogar doimiy yashash yoki turish joyiga ega boʻlganda ham vakolatli boʻladi.
3. Mulkiy huquq va koʻchmas mulkka boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha mulk joylashgan yerdagi sudlar mutlaq vakolatlidir. Yuklar, yoʻlovchilar va bagajlar tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchilarga daʼvolar belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirilgan transport tashkiloti boshqarmasi joylashgan joyga beriladi.
21-modda Shartnoma boʻyicha sudga tegishlilik
1. Agar tomonlarning nizoni ushbu sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma kelishuvi mavjud boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari ishni boshqa hollarda ham koʻrib chiqishlari mumkin. Bunda 20-moddaning 3-bandidan va ushbu boʻlimning II — V qismlari bilan belgilangan boshqa normalardan, shuningdek tegishli Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligidan kelib chiqadigan mutlaq vakolat Tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.
2. Nizoni oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvlar mavjud boʻlgan taqdirda sud javobgarning arizasiga binoan ish boʻyicha sudlov ishlarini toʻxtatadi.
22-modda Sud jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlarida xuddi oʻsha Tomonlar oʻrtasida, xuddi shu predmet toʻgʻrisida va xuddi shu asoslarda ish boʻyicha sudlov qoʻzgʻatilganda ishni keyinroq qoʻzgʻagan sud sudlovni toʻxtatadi.
2. Aynan shu huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan qarshi daʼvo va chegirish toʻgʻrisidagi talab, xuddi asosiy daʼvodek, asosiy daʼvoni koʻrib chiqayotgan sudda koʻrib chiqiladi.
II qism. Shaxsiy maqom
23-modda Huquqiy layoqat va muomalaga layoqat
1. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqati ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning muomalaga layoqati u doimiy yashash joyiga ega boʻlgan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi.
3. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati u hududida taʼsis etilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
24-modda Muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish. Muomalaga layoqatni tiklash
1. Ushbu moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, shaxsni muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudiga uning hududida doimiy yashovchi, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan shaxsning muomalaga cheklangan layoqatliligi yoki muomalaga layoqatsizligini eʼtirof etish asoslari maʼlum boʻladigan holda, u mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudini bu haqda xabardor qiladi.
3. Agar muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish uchun asoslardan xabardor qilingan Ahdlashuvchi Tomon sudi uch oy mobaynida ishni boshlamasa yoki oʻz fikrini xabar qilmasa, muomalaga cheklangan layoqatlilik yoki muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ish hududida mazkur fuqaro yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudida koʻrib chiqiladi. Shaxsni muomalaga cheklangan layoqatli yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga joʻnatiladi.
4. Ushbu moddaning 1 — 3-bandlari qoidalari tegishli ravishda muomalaga layoqatlilikni tiklashga ham qoʻllanadi.
5. Ushbu moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni hududida mazkur shaxs doimiy yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Ushbu chora-tadbirlar munosabati bilan qabul qilingan farmoyishlar mazkur shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga joʻnatiladi. Agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon boshqacha chora belgilagan boʻlsa, ushbu farmoyishlar bekor qilinishi mumkin.
25-modda Bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish. Oʻlim faktini belgilash
1. Shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hamda oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha soʻnggi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari, boshqa shaxslar boʻyicha esa shaxsning oxirgi yashash joyidagi adliya muassasalari vakolatlidir.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining sudlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosini va uning hududida yashagan boshqa shaxsni bedarak yoʻqolganligini yoki vafot etganligini eʼtirof etishi, shuningdek huquq va manfaatlari ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida asoslangan, uning hududida yashovchilarning iltimosnomasiga koʻra uning oʻlganlik faktini belgilashi mumkin.
3. Bedarak yoʻqolganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda Ahdlashuvchi Tomon sudlari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydi.
III qism. Oilaviy ishlar
26-modda Nikohdan oʻtish
Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun esa ularning doimiy yashash joyi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nikohdan oʻtishga toʻsiqlar masalasida hududida nikohdan oʻtilayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi talablariga rioya etilishi kerak.
27-modda Er-xotinning huquqiy munosabatlari
1. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
2. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa va shu bilan birga er-xotinning ikkalasi ham aynan bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
3. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi hisoblansa va ulardan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda ularning shaxsiy va mulkiy-huquqiy munosabatlari hududida ular oxirgi birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikdagi yashash joyiga ega boʻlishmagan boʻlsa, muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
5. Er-xotinning ularning koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqiy munosabatlari ushbu mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
6. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunchiligi ushbu moddaning 1 — 3, 5-bandlariga muvofiq qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
28-modda Nikohni bekor qilish
1. Nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotin ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
2. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining, ikkinchisi — Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining fuqarosi boʻlsa, muassasasi nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
29-modda Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakolatliligi
1. 28-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotin ariza berilgan vaqtda fuqarolari boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashashsa, u holda ham ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
2. 28-moddaning 2-bandida nazarda tutilgan holatda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi Ahdlashuvchi Tomonlardan boshqasining hududida yashasa, u holda nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha er-xotinlar hududlarida yashaydigan ikkala Ahdlashuvchi Tomon muassasalari vakolatlidir.
30-modda Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
1. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha 26-moddaga muvofiq nikohdan oʻtishda qoʻllangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi.
2. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli muassasalar 29-moddaga muvofiq belgilanadi.
31-modda Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish
Otalikni yoki onalikni belgilash va bekor qilish bola tugʻilganidan fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
32-modda Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan boʻlsa, ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
3. Nikohsiz tugʻilgan bola va uning onasi hamda otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Balogʻat yoshiga yetgan bolalardan alimentlar undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hududida aliment olishga daʼvogar shaxs yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qoʻllanadi.
5. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qoʻllanadigan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir.
33-modda Vasiylik va homiylik
1. Vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan yoki bekor qilinayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Vasiy va homiy bilan vasiylikka yoki homiylikka olinayotgan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar vasiy yoki homiyni tayinlagan muassasaning Ahdlashuvchi Tomoni qonunchiligi bilan tartibga solib boriladi.
3. Vasiylikni yoki homiylikni qabul qilish majburiyati vasiy yoki homiy etib tayinlanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan shaxsning vasiysi va homiysi etib boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, agar u vasiylik yoki homiylik amalga oshiriladigan Tomon hududida yashasa, tayinlanishi mumkin.
34-modda Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalarining vasiylik va homiylik masalalaridagi vakolatliligi
Agar ushbu Shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanayotgan shaxs fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari vasiylik va homiylikni belgilash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli hisoblanadi.
35-modda Vasiylik va homiylikka olishga oid chora-tadbirlar koʻrish tartibi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarosining manfaatlari yoʻlida, agar uning yashash joyi, turar joyi yoxud mulki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlsa, vasiylik yoki homiylik boʻyicha choralar koʻrish zarur boʻlib qolgan hollarda ushbu Ahdlashayotgan Tomonning muassasasi 34-moddaga muvofiq zudlik bilan vakolatli organni xabardor qilib qoʻyadi.
2. Kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligiga muvofiq zarur boʻlgan vaqtinchalik chora-tadbirlarni oʻzi koʻrishi mumkin. Bunda u 34-moddaga muvofiq vakolatli muassasani xabardor qilib qoʻyishga majburdir. Ushbu chora-tadbirlar 34-moddada koʻrsatib oʻtilgan muassasa tomonidan boshqa qaror qabul qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
36-modda Vasiylik va homiylikka berish tartibi
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxs ushbu Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga, turur joyiga yoki mulkka ega boʻlgan hollarda 34-moddaga muvofiq vakolatli organ vasiylik yoki homiylikni boshqa Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga berishi mumkin. Vasiylik yoki homiylikni berish soʻrayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni oʻziga qabul qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu haqda soʻralgan muassasani xabardor qilib qoʻyadi.
2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan muassasa uni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar boʻyicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlsa nikohdan oʻtishiga ruxsat berishi mumkin.
37-modda Farzandlikka olish
1. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish farzandlikka oluvchi fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq farzandlikka olish yoki uni bekor qilish haqida ariza berilgan vaqtdan boshlab belgilanadi.
2. Agar bola boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa, farzandlikka olishda yoki uni bekor qilishda qonuniy vakilning va vakolatli davlat organining, shuningdek, u fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha, agar shuni talab etsa, bolaning ham roziligini olish zarur.
3. Agar bolaning biri Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi, boshqasi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblangan er-xotinlar tomonidan farzandlikka olinayotgan boʻlsa, farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4. Farzandlikka olish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilgan paytda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning muassasasi farzandlikka olish yoki uni bekor qilish ishlari boʻyicha vakolatlidir, mazkur moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda esa er-xotinlar oxirgi yashash joyiga yoki turar joyiga ega boʻlgan yoki hozir ega boʻlgan Ahdlashayotgan Tomon hududidagi muassasa vakolatlidir.
IV qism. Mulkiy huquqiy munosabatlar
38-modda Mulkchilik huquqi
1. Koʻchmas mulkka egalik qilish huquqi hududida koʻchmas mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. Qanday mulk koʻchmas hisoblanishi haqidagi masala hududida ushbu koʻchmas mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
3. Mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
4. Kelishuv mavzusi hisoblangan mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq Tomonlar bitimlarida boshqacha koʻzda tutilgan boʻlmasa hududida kelishuv imzolangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
39-modda Kelishuv shakllari
1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Koʻchmas mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
40-modda Ishonch qogʻozi
Ishonch qogʻozining shakli va amalda boʻlish muddati hududida ishonch qogʻozi berilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
41-modda Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari
Tomonlarning kelishuvlar boʻyicha huquq va majburiyatlari, agar tomonlarning bitimlari bilan boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, uni amalga oshirish joyidagi qonunchilik boʻyicha belgilanadi.
42-modda Zararni qoplash
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy meʼyordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar koʻrgan bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblansa sudiga ariza berilgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllaniladi.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida eslatilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Ahdlashuvchi Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan, shuningdek, hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.
43-modda Daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Daʼvo qoʻzgʻatish muddati masalasi tegishli huquqiy munosabatlar tartibga solinishi uchun qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
V qism. Meros qoldirish
44-modda Tenglik tamoyili
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qonun boʻyicha huquqni yoxud vasiyatnoma boʻyicha mulkni yoki huquqni tenglik shartlarida va mazkur Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari kabi xuddi shunday hajmda meros qoldirishlari mumkin.
45-modda Meros qilib olish huquqi
1. Mulkni meros qilib olish huquqi, mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, meros qoldiruvchi hududida oxirgi turar joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish huquqi mulk hududida joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra belgilanadi.
46-modda Merosni davlatga oʻtishi
Agar merosga qoldirishda qoʻllanilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi boʻyicha merosxoʻr davlat boʻlsa, unda meros qilib qoldirilgan koʻchar mulk vafot etgan vaqtda meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi, meros qoldirilgan koʻchmas mulk oʻzi joylashgan hududda Ahdlashuvchi Tomonga oʻtadi.
47-modda Vasiyatnoma
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish qobiliyati, shuningdek, vasiyatnomaning shakli va uni bekor qilish dalolatnoma tuzish vaqtida vasiyat qiluvchi yashash joyiga ega boʻlgan oʻsha davlat huquqi boʻyicha belgilanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uni bekor qilish agar vasiyatnoma uni tuzish joyi huquqi talablarini qondirsa, vasiyatnoma shakliga rioya qilinmasa, oqibatda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
48-modda Meros qilib olish ishlari vakolati
1. Koʻchar mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni meros qoldiruvchi vafot etgan vaqtda turar joyga ega boʻlgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib borishga vakolatlidir.
2. Koʻchmas mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni mulk joylashgan hududdagi Ahdlashuvchi Tomon muassasasi koʻrib chiqishga vakolatlidir.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar meros toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqiladigan ishlar munosabati bilan paydo boʻladigan nizolarni koʻrib chiqishda ham qoʻllaniladi.
49-modda Meros qilib olish ishlari boʻyicha diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasining vakolati
Meros qilib olish ishlari boʻyicha, shu jumladan, meros qilib olish nizolari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, merosdan voz kechish huquqini istisno qilganda, oʻz davlatining fuqarolarini, agar ular boʻlmasalar yoki vakil tayinlamagan boʻlsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muassasalarida maxsus ishonchnoma qogʻozisiz ifodalash uchun vakolatlidir.
50-modda Merosni muhofaza qilish choralari
1. Ahdlashuvchi Tomonlar muassasalari oʻz qonunchiliklariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari tomonidan oʻz hududlarida qoldirilgan merosni muhofaza qilish yoki unga egalik qilish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq koʻrilgan choralar toʻgʻrisida meros beruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tezda xabardor qilinadi. Koʻrsatilgan vakolatxona yoki muassasa ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandida muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlar meros qilish toʻgʻrisidagi ishni amalga oshirishga vakolati boʻlgan adliya muassasasi, shuningdek, diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining iltimosiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
51-modda Merosni berish
1. Agar koʻchar meros qolgan mulk yoki meros qolgan koʻchar yoki koʻchmas mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni koʻrib chiqish tugaganidan soʻng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa, unda merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar boʻyicha vakolatli boʻlgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilish mumkin, agar:
a) meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
b) meros qilib olish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
v) agar bu zarur boʻlsa vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni olib chiqib ketishga ruxsat bergan boʻlsa;
4. Pul summalarini oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
III boʻlim. Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
52-modda Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Ahdlashuvchi Tomon hududida kiritilgan qonuniy kuchga kirgan quyidagi qarorlarni eʼtirof etadi va bajaradi:
a) adliya muassasalarining fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari, shuningdek, shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlari va pul majburiyatlariga nisbatan notarial dalolatnomalar (keyingi oʻrinlarda — qarorlar deyiladi).
b) jinoyat sodir etish natijasida koʻrilgan zararni qoplash qismidagi jinoiy ishlar boʻyicha sudlarning hukmlari;
v) xoʻjalik nizolari boʻyicha xoʻjalik sudlarining qatʼiy qarorlari.
53-modda Bajarilishi talab etilmaydigan qarorlarni eʼtirof etish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari tomonidan kiritilgan va qonuniy kuchga kirgan oʻz xususiyatiga koʻra bajarilishi talab etilmaydigan qarorlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida maxsus ishlarni bajarmasdan quyidagi shartlarda eʼtirof etiladi, agar:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ilgari bu ishlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarorlar kiritmagan boʻlsalar;
b) mazkur Shartnomaga koʻra ish, qaror hududida eʼtirof etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga koʻra ular tomonidan nazarda tutilmagan hollarda ular Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarining alohida vakolatlariga taalluqli boʻlmaydi.
2. Mazkur moddadagi 1-bandning qoidalari ham vasiylik va homiylik boʻyicha qarorlarga, shuningdek, fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish organlari tomonidan kiritilgan qarorlarga ham tegishli boʻladi.
54-modda Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisida iltimosnoma
1. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ijro etilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnoma birinchi pogʻonadagi ish boʻyicha qaror kiritgan sudga ham kiritilishi mumkin. Ushbu sud iltimosnomani iltimosnoma boʻyicha qaror kiritish vakolatiga ega boʻlgan sudga joʻnatadi.
2. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) qaror yoki uning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, qaror qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqidagi rasmiy hujjat yoki u qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan, agar bu qarorni oʻzidan kelib chiqmasa, hujjat;
b) jarayonda ishtirok etmagan tomonga qarshi qaror kiritilganligini, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida sudga chaqirtirilganligini, uning protsessual muomalaga layoqatli emasligi hollari esa belgilangan ravishda aytilganligini bildiruvchi hujjat;
v) hujjat joʻnatilish vaqtida qarorlar qisman bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) shartnomada kelishilgan sudli ishlar boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat.
3. Qarorlarni majburiy ijro etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan tarjimasi bilan taʼminlanadi.
55-modda Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarish tartibi
1. 54-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, hududida majburiy bajarish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
2. Qarorlarni eʼtirof etish va majburiy bajarishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinganligini belgilash bilan chegaralanadi. Shartlarga rioya qilingan hollarda, sud majburiy bajarish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
3. Majburiy bajarish tartibi hududida bajarilishi kerak boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi boʻyicha belgilanadi.
56-modda Qarorlarni eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Quyidagi hollarda 52-moddada nazarda tutilgan qarorlarni eʼtirof etish va majburiy ijro etish uchun ruxsatnoma berishni rad etish mumkin:
a) hududida qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq u qonuniy kuchga kirmaganda yoki ijro etilishi kerak boʻlmaganda, qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerak boʻlgan hollar bundan mustasnodir;
b) javobgar, oʻziga yoki uning vakiliga oʻz vaqtida va tegishli ravishda sudga kelish uchun chaqiriq qogʻozi berilmaganligi sababli jarayonda qatnashmaganda;
v) ushbu Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof etilishi va ijro etilishi lozim boʻlgan va shu asosda Ahdlashuvchi Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki uchinchi davlat sudining eʼtirof etilgan qarori boʻlgan yoxud ushbu Ahdlashuvchi Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilganda;
g) Mazkur Shartnoma qoidalariga asosan, mazkur Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlganda;
d) Shartnomada kelishilgan sudga tegishli ish boʻyicha tomonlarning bitimini tasdiqlovchi hujjat boʻlmaganda;
e) Sud koʻrib chiqayotgan qarorlarni eʼtirof etish va ijro etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy ijro etish muddati oʻtib ketganda.
IV boʻlim. Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
I qism. Jinoyatchilarni berish
57-modda Jinoyatchilarni berish majburiyati
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bir-birlarining iltimoslariga koʻra oʻzlarining hududlaridagi huquqni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yoxud shunday huquqbuzarlik sababli hukmni ijro etish uchun soʻralayotgan davlatda qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
58-modda Jinoyatchilarni berishga sabab boʻlgan huquq buzishlar
1. Mazkur Shartnomaning maqsadi uchun jinoyatchilarni berishga sabab boʻlgan soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq huquq buzishlar hisoblanadigan huquq buzishlar bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki ogʻirroq jazo bilan jazolanadilar.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan huquq buzarliklarga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish, agar jazo muddati tamom boʻlgunga qadar kamida olti oy qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma bir necha alohida huquq buzishlarga taalluqli boʻlsa, ulardan hammasi mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmasa, unda talab qilinayotgan jinoyatchini berishga, hech boʻlmaganda huquq buzishlardan biri jinoyatchini berishga sabab boʻlsa, shu shart bilan ruxsat etilishi mumkin.
59-modda Jinoyatchini berishni rad etish uchun asos
Jinoyatchi quyidagi hollarda berilmaydi, agar:
a) berish talab etilayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlsa;
b) iltimosnoma olingan paytda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq jinoiy taʼqib qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlmasa yoki hukm har qanday qonuniy asoslarga, shuningdek, muddati oʻtishi yoki umumiy afv boʻyicha ijro etilishi mumkin boʻlmasa;
v) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xuddi shu huquqbuzarlik uchun berish talab etilayotgan shaxsga nisbatan hukm yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa;
g) huquqbuzarlik, jinoyatchini berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushishi munosabati bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida, shuningdek, huquqbuzarlikni sodir etish vaqtida uning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan uning bayrogʻi ostidagi kemada yoki havo kemasida butunlay yoki qisman sodir etilgan boʻlsa;
d) jinoyatchini berish toʻgʻrisida tushadigan iltimosnoma munosabati bilan huquqbuzarlik uchun jinoiy taʼqib soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq faqat jabrlanuvchining shikoyatiga koʻra qoʻzgʻatish mumkin boʻlsa.
60-modda Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) soʻralayotgan adliya muassasasining nomi;
b) qilmishlarning haqiqiy holatlarining bayoni-tasviri, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu qilmishni jinoyat deb eʼtirof etish uchun asos boʻladigan qonuni matni;
v) berilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning fuqaroligi, yashash yoki turar joyi, mumkin qadar uning tashqi koʻrinishining bayon-tasviri va uning shaxsi haqidagi boshqa maʼlumotlar;
g) jinoyat sodir etish natijasida keltirilgan zararning miqdori haqidagi koʻrsatma.
2. Agar talab qilingan shaxs huquq buzarlikda ayblanayotgan boʻlsa, berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga jinoyatning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy, moddiy zarar haqidagi, agar shunday zarar koʻrilgan boʻlsa, maʼlumotlar ilova qilinadi.
3. Agar talab qilinayotgan shaxs huquq buzarlik uchun hukm qilingan boʻlsa, jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan nusxasi yoki tasdiqlangan undan koʻchirma ayblov qismi va chiqarilgan hukm hamda, agar hukm qilingan shaxs jazoning bir qismini oʻtagan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan holda ilova qilinadi.
4. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar ushbu Shartnomaning 17-moddasiga muvofiq tuziladi.
5. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidagi talab qilinayotgan shaxsning turar joyi maʼlum boʻlgan hollarda joʻnatiladi.
61-modda Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomaga nisbatan qaror
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tartibga muvofiq jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqadi va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni oʻz qarori haqida zudlik bilan xabardor qiladi.
2. Iltimosnomani qondirish haqida qaror qabul qilingan hollarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon talab qilinayotgan shaxsni qamoqqa olish uchun tezlik bilan chora-tadbirlar koʻradi. Bu shaxsning qamoqqa olinganligi fakti haqida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
3. Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnomani qondirishdagi har qanday toʻliq yoki qisman rad etishlar tegishli sabablar bilan asoslab beriladi.
62-modda Qoʻshimcha axborot
1. Agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida taqdim etilgan iltimosnomani asoslashdagi axborotni yetarli emas deb hisoblasa, u oʻziga bir oy muddatda qoʻshimcha axborot berishni talab qilishi mumkin. Ushbu muddat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.
2. Agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddatda axborot taqdim etmasa, unda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qamoqqa olingan shaxsni ozod qilishi kerak.
63-modda Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar uni ushlab turish
1. Talab qilinayotgan shaxs qochmoqchi boʻlganligi haqida asoslarga ega boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Tomonga talab qilinayotgan shaxsni uni berish haqida iltimosnoma olinganga qadar ushlab turish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bunday iltimosnoma jinoiy politsiyaning Xalqaro tashkilotlari orqali yoki bevosita matnni berish texnika vositalari-telegraf, teleks, telefaks, elektron pochtasidan foydalangan holda berilishi mumkin.
2. Bunday iltimosnoma talab qilinayotgan shaxsning bayon-tasviri, jinoyatchini berish haqida iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza, qamoqda saqlash toʻgʻrisida (qamoqqa olish uchun order)gi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi haqidagi xabar, ushbu huquq buzarlik uchun jazo tayinlanishi yoki tayinlanganligi haqidagi xabar, shuningdek, muddatning yana qanday qismini oʻtashi kerakli haqidagi maʼlumot, ushbu ish boʻyicha faktlarning bayoni va soʻralayotgan shaxsning turgan joyi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi kerak.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi tomon bunday iltimosnoma yuzasidan oʻz qonunchiligiga muvofiq tezda qaror qabul qiladi va tezlik bilan bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
4. Bu kabi iltimosnoma asosida ushlangan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunida nazarda tutilgan muddat oʻtishi bilan, agar uni berish haqida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinadi.
5. Mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsni ozod qilish keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida qaytadan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.
64-modda Jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olinguniga qadar uni qamoqqa olish
1. Mazkur Shartnomaning 63-moddasida nazarda tutilgan iltimosnoma asosida ushlangan shaxs alohida hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq faksimil aloqa orqali berilgan qamoqqa olish haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxalari, yoxud ayblov qismi va chiqarilgan hukm bayon qilingan holdagi tasdiqlangan undan koʻchirma boʻlganda jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olingunga qadar qamoqqa olinishi mumkin. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan joʻnatiladi.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish kerak boʻlgan vaqt davrini kelishib oladilar. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, agar jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma Ahdlashuvlashayotgan Tomonlar bilan kelishib olingan vaqtdagi davrda kelib tushmasa, qamoqqa olingan shaxsni ozod qiladi.
65-modda Berilishi talab etilayotgan shaxsni qidirishni amalga oshirish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishlari mumkinligi haqidagi asoslarga ega boʻlganlarida jinoyatchini berish haqida iltimosnoma olgunga qadar, ushbu Shartnomaning 58-moddasiga muvofiq berishga sabab boʻlgan huquq buzarliklar sodir etishda ayblanayotgan shaxslarni iltimosnomaga muvofiq qidirishni amalga oshiradilar.
2. Qidirishni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalariga muvofiq tuziladi va barcha hollarda quyidagilardan iborat boʻlishi kerak :
a) qidirilayotgan shaxsning, uning shaxsini va turgan joyini aniqlashga yordam beradigan har qanday axborot bilan birga, iloji boricha toʻliq bayon-tasviri;
b) qidirilayotgan shaxs sodir etgan jinoyatni kvalifikatsiyalovchi tegishli qoidaning matni, yoki zarur boʻlganda, mazkur huquqbuzarlik toʻgʻri keladigan tegishli qonundan koʻchirma va mazkur huquqbuzarlik sabab boʻlishi mumkin jazoning bayon-tasviri;
v) qamoqqa olish (qamoqqa olish uchun order) haqida qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukm borligi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek, jazo muddatining yana qaysi qismini oʻtash kerakligi haqida maʼlumot, agar shaxs jazoning maʼlum qismini oʻtagan boʻlsa, huquqbuzarlikning amaldagi holatlarining qisqacha bayon-tasviri, shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqt va joy koʻrsatiladi;
g) jinoyatchi topilgan hollarda uni ushlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma va jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma yuborilishi toʻgʻrisidagi ariza.
3. Qidirishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga, agar bor boʻlsa, qidirilayotgan shaxsning fotosurati, qoʻl panjalarining izi, shuningdek, talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
4. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qidirish haqida iltimosnoma olishi bilan oʻz hududida qidirilayotgan shaxsning turgan joyini aniqlash va uni ushlash uchun zarur boʻlgan barcha chora-tadbirlarni koʻradi. Bunday shaxs ushlanganligi haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon zudlik bilan xabardor qilinadi.
5. Mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq ushlangan shaxs, agar u ushlangan vaqtdan boshlab oʻttiz sutka mobaynida uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmasa, ozod qilinishi kerak.
6. Mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq shaxsni ozod qilish keyinchalik jinoyatchini berish haqida iltimosnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olingan hollarda talab qilinayotgan shaxsni berish maqsadida qaytadigan ushlash va qamoqqa olishga toʻsqinlik qilmaydi.
66-modda Asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun javobgarlik
1. Berilishi talab etilayotgan shaxsni asossiz ushlab turganlik va/yoki qamoqqa olganlik uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon javob beradi, agar:
a) Ahdlashuvchi Tomon tomonidan jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va tegishli hujjatlar mazkur Shartnomaning 63, 64, va 65-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilmasa;
b) agar ushbu Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlagan va qamoqqa olgan berilishi talab etiladigan shaxsni berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborishni rad etsa;
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda asossiz ushlab turish va/yoki qamoqqa olish bilan keltirilgan zararni qoplash Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
67-modda Shaxsni berish
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qondirish haqida xabarnoma olinishi bilan Ahdlashuvchi Tomonlar iloji boricha qisqa muddatda talab qilinayotgan shaxsni berishning vaqtincha joyini va tadbirlarini belgilaydilar.
2. Talab qilinayotgan shaxsni berish tadbiri berish toʻgʻrisidagi 3 nusxadan iborat va soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari vakillari tomonidan imzolanadigan aktni oʻz ichiga oladi. Zarur boʻlganda talab qilinayotgan shaxsni olish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining vakolati tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlaridan shaxs ushbu Tomon tomonidan belgilangan vaqtning oqilona davrida qabul qilinadi. Agar shaxs vaqtning belgilangan davrida qabul qilinmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu shaxsni ozod etishi mumkin va mazkur huquqbuzarlik munosabati bilan ushbu shaxsni berishni rad etishi mumkin.
4. Agar oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan biri berilishi kerak boʻlgan shaxsni bera olmasa yoki qabul qila olmasa, u zudlik bilan bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi. Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar berishning yangi muddatlarini birgalikda belgilaydilar va bunda mazkur moddaning 3-bandidagi qoidalar qoʻllaniladi.
68-modda Muddatni uzaytirish yoki vaqtinchaga berish
1. Agar berilishi talab etiladigan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida jinoiy javobgarlikka tortilsa yoki boshqa qilmishi uchun hukm qilingan boʻlsa, uni berish muddati jinoiy taʼqib qilish toʻxtatilguncha, hukm ijro etilgunga qadar yoki jazodan ozod qilingunga qadar uzaytirilish mumkin.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan berish muddatini uzaytirish hukmni ijro etish muddatini oʻtkazib yuborishi yoki shaxsga nisbatan tergovga jiddiy zarar yetkazish mumkin boʻlsa, unda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomondan talab qilinayotgan shaxsning muddatini uzaytirish oʻrniga soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar bilan birgalikda belgilanadigan shartlarga muvofiq vaqtinchaga berishi mumkin.
69-modda Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi bir xil iltimosnomalar
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bir shaxsning oʻzini berish toʻgʻrisida bir vaqtning oʻzida boshqa Ahdlashuvchi Tomondan va qandaydir uchinchi davlatdan iltimosnoma olsa, u jinoyatchini berish haqidagi qaysi iltimosnoma qondirilishini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi.
70-modda Maxsus qoida
1. Mazkur Shartnomaga muvofiq beriladigan shaxsga nisbatdan jinoiy taʼqib qilish, hukm chiqarish amalga oshirilmaydi va u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida berilgunga qadar sodir etilgan huquq buzarlik uchun, berilishi munosabati bilan, agar bunga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi boʻlmasa, huquq buzarlikdan tashqari, shaxsiy ozodlikni qandaydir cheklashlarga tortilmaydi.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidasi, agar berilgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududidan chiqib ketish imkoniyatiga ega boʻlsa va uni huquq buzarlik uchun javobgarlikdan butunlay ozod etilgandan soʻng bir oy davomida berilishi munosabati bilan chiqib ketmasa, yoki ushbu shaxs oldin undan chiqib ketib, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga ixtiyoriy ravishda qaytib kelsa, qoʻllanilmaydi.
71-modda Jinoyatchini takroriy berish
Agar berilan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududlarida huquq buzarlik uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilingunga qadar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududiga qaytarilsa, unda bu shaxsni takroriy berish mazkur Shartnomaning 60-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmay iltimosnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
72-modda Mol-mulkni berish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan darajada va tegishli ravishda rioya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi tomonning huquqlarini hisobga olib, soʻralayotgan davlatda barcha aniqlangan, huquqbuzarlik natijasida sotib olingan, shaxsni qaytarishga sabab boʻlgan yoki jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida talab qilinishi mumkin boʻlgan mol-mulk, agar berish ruxsat etilgan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning iltimosnomalari boʻlganda beriladi.
2. Yuqorida eslatilgan mol-mulk, agar bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan boʻlsa, hatto qandaydir sabablar boʻyicha shartlashishga erishilgan boʻlsa ham, shaxsni berishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa ham, shu Tomonga beriladi.
3. Agar aytib oʻtilgan mulk jinoiy ish boʻyicha dalil sifatida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur boʻlsa, unda uni berish ish boʻyicha ishlar tugaguncha muddati uzaytirilishi mumkin.
4. Agar aytib oʻtilgan mulk soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida xatlanishi va yoki musodara etilishi kerak boʻlsa, unda bu Tomon mulkni ushlab yoki vaqtinchaga berib turishi mumkin.
5 Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi yoki uchinchi tomonning huquqlari himoya qilish manfaatlari shuni talab qilsa, shunday tartibda berilgan har qanday mulk, agar buni mazkur Tomon talab qilsa, sud muhokamasi tamom boʻlishi bilan tekinga soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytariladi.
73-modda Tranzit tashish
1. Agar shaxs uchinchi davlatdan bir Ahdlashuvchi Tomonga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali berilishi kerak boʻlsa, unda bu shaxsni oluvchi Tomon boshqa Tomondan bu shaxsni uning hududi orqali tranzit olib oʻtish uchun ruxsatnoma soʻraydi. Mazkur qoida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qoʻnish rejalashtirilmaganda, havo transportidan foydalangan hollarda qoʻllanilmaydi.
2. Tegishli axborotdan iborat boʻlgan iltimosnoma olingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunchiligida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq ushbu iltimosnomani koʻrib chiqadi va, agar u oʻzining asosiy manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosnomani tezlik bilan qondiradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning adliya muassasalari har biri alohida holda tranzit usullari, yoʻnalishlar va boshqa shartlarni kelishib oladilar.
3. Tranzit tashishlar vaqtida tranzit qilayotgan davlat qamoqdagi shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini taʼminlaydi va olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakillariga zarur yordam koʻrsatadi.
4. Ahdlashuvchi Tomon hududidan uchib oʻtayotgan havo kemasi bu yerda rejadan tashqari qoʻngan hollarda u olib ketilayotgan shaxsni kuzatib ketayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillarining iltimosnomasiga koʻra mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq olib ketilayotgan shaxsni tranzit tashish toʻgʻrisida iltimosnoma olgunga qadar 48 soat davomida qamoqda saqlashi mumkin. Bunday iltimos matnni berishning texnik vositalari, shuningdek, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
5. Tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hisobiga boʻladi.
74-modda Jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida xabar berish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlariga berilgan shaxslarga qarshi jinoiy ish boʻyicha ish yuritish natijalari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qilib turadilar. Iltimosnomaga koʻra qatʼiy qarorning nusxasi ham joʻnatiladi.
II qism. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
75-modda Jinoiy taʼqibni amalga oshirish mumkinligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu shaxsni berish uchun shartlar boʻlmaganda yoki buni odil sudlov manfaatlari talab etsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan shaxsga qarshi jinoiy taʼqibni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga koʻra oʻz fuqarosiga yoki oʻz hududida doimiy yashovchi shaxsga qarshi, agar bu shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarlikni sodir etishda shubha qilinayotgan boʻlsa, agar shaxsni berishga imkon beruvchi shartlar boʻlmasa jinoiy taʼqibni amalga oshirishi mumkin.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarini qoʻllash maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomalari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga zarur boʻlgan sudlov ishlarini amalga oshirish imkonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan qonuniy chora-tadbirlarni koʻradilar.
76-modda Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma va zarur boʻlgan hujjatlar
1. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma holda yuboriladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
a) tergovni yoki sud muhokamasini vakolatli oʻtkazuvchi soʻrovchi adliya muassasasining va soʻralayotgan adliya muassasalarining nomi;
b) jinoiy sudlov ishlarini berish toʻgʻrisida yuborilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmishning bayon-tasviri, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilgan joy va vaqt haqidagi koʻrsatma;
v) huquqbuzarlikni sodir etishdagi shubhani asoslovchi tergov natijalari bayoni;
g) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyati, fuqaroligi va yashash joyi haqida yetarli boʻlgan aniq maʼlumot;
d) huquq buzarlik natijasida keltirilgan ziyonning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonun qoidalari matni, shu asosida qilmish huquq buzarlik deb eʼtirof etiladi, shuningdek, zarur boʻlganda tergovni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan qonunchilik normalarining boshqa matnlari;
b) tergov materiallari, jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatiladigan jinoiy ishlar boʻyicha jabrlanuvchilarning arizalari va zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza;
v) shubha qilinayotgan shaxsning shaxsiyatini belgilash imkonini beruvchi har qanday axborot, shuningdek, uning tashqi koʻrinishi bayon-tasviri, fotosurati va boshqa tasvirlar.
3. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar mazkur Shartnomaning 17-moddasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
77-modda Haqiqiylikni guvohlantirish va tasdiqlash
Milliy qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqacha toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsalar, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun iltimosga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek, iltimosnomaga javob tariqasida berilgan hujjatlar va boshqa xil materiallar haqiqiylikni guvohlashni va tasdiqlashni talab qilmaydi.
78-modda Iltimosnoma toʻgʻrisidagi qaror
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli adliya muassasasi oʻz davlatining qonunchiligi doirasida jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani iloji bor darajasida bajarish uchun qanday choralar koʻrish zarurligini koʻrib chiqadi va zudlik bilan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
79-modda Ikki tomonlama jinoiy javobgarlik
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma quyidagi hollarda, agar joʻnatilayotgan iltimosnoma munosabati bilan qilmish huquqbuzarlik deb hisoblansa, agar u soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir etilgan boʻlsa, qondirilishi mumkin.
80-modda Rad etish uchun asos
1. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnomani rad etsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni rad etish sabablari haqida xabardor qiladi.
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi qabul qilingan iltimosnomada, agar:
a) shubha qilinayotgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi hisoblanmasa, yoki mazkur Tomon hududi ushbu shaxs doimiy yashaydigan davlat boʻlib hisoblanmasa;
b) iltimosnoma yuborilishi bilan bogʻliq huquq buzarlik berishga sabab boʻluvchi huquqbuzarlik hisoblanmasa, rad etilishi mumkin.
81-modda Jinoiy taʼqibni amalga oshirishning mumkin emasligi
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma, agar taʼqib qilish talab qilinayotgan shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida qonuniy kuchga kiruvchi hukm yoki soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon xabardor qilinadigan ish boʻyicha qatʼiy qaror chiqarilgan boʻlsa, bajarilmaydi. Bunday hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilishi mumkin emas, ular tomonidan qoʻzgʻatilgan ish esa toʻxtatilishi kerak.
82-modda Shubha qilinayotgan shaxsning holati
1. Shubha qilinayotgan shaxs jinoiy sud ishini berishda oʻz manfaatdorligi toʻgʻrisida har qanday Ahdlashuvchi Tomonga bildirishi mumkin. Shunga oʻxshash bunday manfaatdorlik toʻgʻrisida shubha qilinayotgan shaxsning yuridik vakili yoki yaqin qarindoshlari tomonidan bildirilishi mumkin.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, imkoniyatiga qarab, shubha qilinayotgan shaxsga taxmin qilinayotgan huquqbuzarlik toʻgʻrisida oʻz fikrini bayon qilishga va sud ishini jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma joʻnatilgunga qadar berishga imkon beradi, shaxsning odil sudlovdan bekinib yurgan yoki qandaydir yoʻl bilan uning joʻnatilishiga toʻsqinlik qilishi hollari bundan mustasnodir.
83-modda Jabrlanuvchining huquqi
Sud ishini berishda soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar huquqbuzarlikdan jabr koʻrgan shaxsning huquqi, ayniqsa, keltirilgan zararni qoplashdagi uning huquqi berish natijasida buzilmasligi kerak. Agar fuqarolik daʼvosi sud ishlari berilgunga qadar qondirilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon berilgan sud ishida daʼvoni taqdim etish uchun ruxsat beradi. Jabrlanuvchi vafot etgan hollarda mazkur qoida uning qaramogʻida boʻlganlarga qoʻllaniladi.
84-modda Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan shubha qilinayotgan shaxsni jinoiy taʼqib qilishni amalga oshirish toʻgʻrisida iltimosnoma qabul qilingandan soʻng soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni toʻxtatadi, zarur tergov olib borish, shuningdek, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ish boʻyicha qatʼiy qaror kiritish toʻgʻrisida xabar bermaguncha yuridik yordam berish bundan mustasnodir. Shu paytdan boshlab soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon xuddi shu huquq buzarlik munosabati bilan jinoiy taʼqib qilishdan tiyiladi.
85-modda Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar uchun sudlov ishlarini berishning oqibatlari
1. Bitimga koʻra berilgan sudlov ishlari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Shubha qilinayotgan shaxsga ayb qoʻyilganda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi oʻz qonunchiligiga muvofiq huquqbuzarliklar va uning oqibatlarini yuridik bayon-tasvir qiluvchi aniq elementlarga taalluqli boʻlgan zarur tuzatishlar kiritadi. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolati mazkur Shartnomaning 75-moddasining 3-bandidagi qoidaga asoslangan boʻlsa, unda bu davlatda eʼlon qilingan jazo chorasi soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilganidan qattiqroq boʻlmasligi kerak.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar hududida oʻz qonunchiligiga muvofiq sodir etilgan sud muhokamasi yoki tadbirlar talabi bilan bogʻliq har qanday harakat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi bilan bunday harakat qanchalik mos kelsa, qanday harakat boʻlmasin, agar ushbu davlatda yoki ushbu davlat adliya muassasalari tomonidan sodir etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida shunday yuridik kuchga ega boʻladi.
3. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma boʻyicha sud muhokamasi natijasida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. Shu maqsadda uning iltimosnomasiga koʻra har qanday qatʼiy qarorning nusxasi beriladi.
86-modda Vaqtinchalik chora-tadbirlar
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy taʼqibni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani yuborish haqida oʻz niyatini bildirsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning ushbu maqsadda yuborilgan maxsus iltimosini olgandan soʻng barcha vaqtinchalik choralarni qoʻllashi mumkin, shuningdek, dastlabki ushlash va xatga olish kabi qanday choralar koʻrish mumkin boʻlsa, agar huquq buzarlik, jinoiy taʼqibni amalga oshirish haqidagi iltimosnoma yuborilgan, uning hududida sodir etilgan boʻlsa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq qoʻllanilishi mumkin.
III qism. Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida maxsus qoidalar
87-modda Tergov ishlarini olib borishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish uchun qamoqda saqlanayotgan shaxslarni berish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz qonunchiliklariga muvofiq va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan tegishli iltimoslar boʻlganda tergov ishlarini oʻtkazishda koʻrsatmalar berish yoki yordam koʻrsatish maqsadida ularni bir-birlariga vaqtinchalik berishlari mumkin.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslarni berish Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda kelishib olgan muddatda, lekin bir oydan oshmagan muddatda, alohida hollarda esa ikki oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi mumkin.
3. Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq beriladigan shaxs qamoqda saqlanishi kerak boʻlsa, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu shaxsni qamoqda saqlaydi va uni soʻragan Ahdlashuvchi Tomonga sud muhokamasi tugagandan soʻng qaytaradi, bunda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan muddatlarni yoki bundan buyon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlishining zarurati yoʻqligini hisobga olib uni berish toʻgʻrisida iltimosnoma berilishi kerak.
88-modda Berilishi talab etilayotgan shaxsni vaqtincha berish muddatlari
1. Mazkur Shartnomaning 68-moddasiga muvofiq berilishi talab etilayotgan shaxsni berish muddati Ahdlashuvchi Tomon bilan birga, odil sudlovni amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib va Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligi bilan ruxsat etilgan qamoqda saqlash muddatlarini hisobga olgan holda, belgilanadi.
2. Mazkur Shartnomaning 68-moddasida va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda vaqtincha beriladigan shaxsni qamoqda saqlash muddatlari soʻrayotgan va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli qonunchiligiga koʻra har bir jinoiy ish boʻyicha alohida hisobga olinishi kerak.
89-modda Tintish va olib qoʻyish
Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunchiligi yoʻl qoʻyadigan doiralarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning mazkur Shartnomaning 72-modasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda jinoiy ish boʻyicha isbot sifatida foydalanish uchun buyumlar va hujjatlarni tintish, olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi iltimosini bajaradi.
90-modda Huquqni buzishdan olinadigan daromadlar
Ahdlashuvchi Tomonlar huquqni buzishdan olingan daromadlarni aniqlashda, olib qoʻyishda va musodara qilishda bir-birlariga yordam koʻrsatadilar. Mazkur Shartnomaning maqsadlari uchun “huquqni buzishdan olingan daromadlar” tushunchasi huquqni buzish oqibatida toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita olingan yoki sotilgan istalgan shubha qilingan yoki sud tomonidan aniqlangan mulkni yoki oʻzida mulk qiymatini ifodalovchi mulkni, yoxud huquqni buzish natijasida olingan boshqa foydani ifodalaydi.
91-modda Huquqni buzishdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordamni koʻrsatish
1. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga huquqni buzishdan olingan daromadlarga tegishli boʻlgan yordam toʻgʻrisidagi iltimosni yuborar ekan, oʻzi bunday daromadlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan sabablar toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-moddasiga muvofiq yoʻllangan iltimosni olib, huquqni buzishdan olingan biron-bir daromad uning yurisdiksiyasi doirasida bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun zarur choralar koʻradi hamda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tekshirish natijalaridan xabardor qiladi.
3. Agar huquqni buzishdan olingan biron-bir daromad soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning yurisdiksiyasi doirasida boʻlsa, u aktivlarni aniqlash, moliyaviy operatsiyalarni tekshirish va huquqni buzishdan olingan daromadlarni olib qoʻyishni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa axborot yoki dalillarni olish uchun zarur choralar koʻradi.
4. Huquqni buzishdan olingan moʻljallanayotgan daromadlar aniqlangan taqdirda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon, tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu daromadlarga nisbatan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon sudi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinayotgan huquqni buzishdan olingan ushbu daromadlar bilan biron-bir operatsiyalar oʻtkazishga, ularni berishga yoki ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻzining qonunchiligi bilan ruxsat berilgan choralarni koʻradi.
5. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligida belgilangan darajada, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning huquqni buzishdan olingan daromadlarni olib qoʻyish yoki musodara qilish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorini ijro etadi yoki ijro etishga sanksiya beradi, yoki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga muvofiq ushbu daromadlarni olish uchun boshqa zarur choralar koʻradi.
6. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddani qoʻllashda halol uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydilar, huquqni buzishdan olingan daromadlarni berish esa mazkur Shartnomaning 72-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
92-modda Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maqbul kelishuvlar, shu jumladan istalgan uchinchi tomon bilan tuzilgan kelishuvlar va ahdlashuvlar asosida muomalada taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning noqonuniy aylanishida qatnashuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib qilish maqsadida aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarni nazoratli yetkazib berish usulidan yetarli darajada foydalanishni nazarda tutuvchi zarur chora-tadbirlarni oʻz qonunchiligi doirasida va oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib koʻradilar. Nazoratli yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har bir alohida holatda odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhit uchun xavfliligi darajasini, huquqlarni va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarni zarur darajada hisobga olgan holda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi va, zarurat boʻlganda Tomonlar erishgan yurisdiksiyaga nisbatan moliyaviy ahdlashuvlar va oʻzaro tushunishlarni hisobga olishi mumkin. Nazoratli yetkazib berishlar erishilgan ahdlashuvlarga, shu jumladan istalgan uchinchi tomon ishtirokidagi ahdlashuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan aylanishi taqiqlangan buyumlar, vositalar yoki moddalarning gʻayriqonuniy partiyalari saqlangan yoki olib qoʻyilgan holda bundan buyonga tashish, yoxud bunday buyumlar, vositalar yoki moddalarning odamlar hayoti va sogʻligi hamda atrof muhit uchun ehtimol tutilgan xavfliligi darajasini hisobga olgan holda ularni toʻliq yoki qisman almashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
93-modda Soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga tegishli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Ular toʻgʻrisidagi ishlar soʻralayotgan va soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlariga tegishli boʻlgan shaxslar yoki shaxslar guruhi bir qancha qonun buzishlarni sodir etishda ayblanganda bunday ishlar uning hududida dastlabki tekshirish tugallangan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudida koʻrib chiqiladi. Bunday holda ish ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sud ishlarini olib borish qoidalariga koʻra koʻrib chiqiladi.
94-modda Ayblov hukmlari va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida maʼlum qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolariga nisbatan ularning sudlari tomonidan chiqarilgan ayblov hukmlari qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qiladilar, ayni vaqtda hukm qilinganlarning mavjud fotosuratlari va barmoq izlarini yuboradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar, agar ushbu shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilsalar, ilgari ularning sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni iltimosga koʻra bir-birlariga maʼlum qiladilar.
95-modda Maxfiylikka rioya qilish
Tegishli iltimos mavjud boʻlgan taqdirda:
a) soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos, iltimosning mazmuni va tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek bunday yordam koʻrsatganlik sir saqlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradi. Agar ushbu iltimosni maxfiylikni buzmagan holda qondirishning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u keyinchalik shunga qaramay ushbu iltimosni qondirish toʻgʻrisida iltimos qilish kerakligi yoki yoʻqligini aniqlaydi;
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga berilgan dalillar va axborotlarni sir saqlaydi, ushbu dalillar va axborotlar iltimosda koʻrsatilgan tergovni va sud tekshirishini oʻtkazish uchun talab qilingan hollar bundan mustasnodir.
96-modda Foydalanishga oid cheklash
Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan berilgan axborot yoki dalillarni biron-bir tergov yoki tekshirish uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz foydalanmaydi yoki bermaydi, yordam toʻgʻrisidagi iltimosda koʻrsatilganlar bundan mustasnodir. Biroq ayblov oʻzgargan taqdirda taqdim etilgan materialdan qoʻyilgan aybga muvofiq huquqni buzish unga nisbatan mazkur Shartnomaga muvofiq oʻzaro yordam koʻrsatilishi mumkin boʻlgan huquqni buzishni ifodalasa, oʻsha darajada foydalanish mumkin.
97-modda Guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish
Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda ular birgalikda tergov oʻtkazayotgan ishlar boʻyicha huquqni buzishlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish manfaatlari talab qilgan hollarda bunday ishlarni sudda koʻrib chiqishda guvohlar, jabrlanganlar va jinoiy jarayonning boshqa qatnashchilarini himoya qilish yuzasidan oʻzlarining qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻradilar.
98-modda Tashish bilan bogʻliq xarajatlar
Hibsdagi shaxslarni mazkur Shartnomaning 88-moddasida nazarda tutilgan koʻrsatma berish yoki tergovni oʻtkazish uchun yordam berish uchun vaqtincha berish chogʻida olib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar, ushbu shaxslarni uchinchi davlatlarning hududlari orqali tranzit olib oʻtish xarajatlari ham shu jumlaga kiradi, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tomonidan qoplanadi.
99-modda Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosga koʻra, bunday shaxslar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududida boʻlishi mumkin deb hisoblash uchun asos mavjud boʻlgan taqdirda, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar.
2. Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisidagi iltimos mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda qidirilayotgan shaxs boʻlgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday axborot bilan birgalikda qidirilayotgan shaxsning imkoni boricha toʻliqroq tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
3. Bedarak yoʻqolgan shaxsni qidirish toʻgʻrisidagi iltimosga qidirilayotgan shaxsning, ular mavjud boʻlganda, fotosurati yoki boshqa grafik tasviri, tish kartasi, qoʻl barmoqlari izi, shuningdek talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova qilinadi.
100-modda Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Ahdlashuvchi Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining vakillari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan mazkur Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari tomonidan jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosini bajarishda qatnashishlari mumkin.
101-modda Vaqtincha topshirilgan yoki berilgan shaxslarni qurolli kuzatib borish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar vaqtincha topshirish yoki berish ruxsat berilgan shaxslarni, va tergovni oʻtkazishga yordam berish uchun berilayotgan shaxslarni ularning hududidan chiqarishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bunday shaxslar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalarining qurolli vakillari kuzatuvi ostida boʻlishiga kelishdilar. Bu haqda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonni ikkinchi Tomon oldindan xabardor qiladi.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalari vakillariga ular oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi joriy etiladi.Shunga muvofiq ravishda ular oʻzlari boʻlgan davlat va oʻz davlatlarining huquqiy himoyasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, hisobda turadigan oʻq otar qurolni va maxsus vositalarni saqlash, olib yurish va qoʻllash huquqiga ega boʻladilar hamda oʻz funksiyalarini oʻzlari boʻlgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
3. Mazkur moddaning 2-bandida eslatib oʻtilgan adliya muassasalari vakillari tomonidan sodir etilgan huquqni buzishlar toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur yordam va koʻmak beradi. Bunday hollarda huquqni buzuvchilarni jinoiy taʼqib qilish iltimos boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va mazkur Shartnoma qoidalariga binoan ular fuqarosi hisoblangan Tomonga berilishi mumkin.
4. Adliya muassasalari vakillarining hisobda turadigan oʻq otar quroli, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibda himoyalanish vositalari mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning hududiga maxsus roʻyxatlar (ruxsatnomalar) boʻyicha qoʻyiladi, ularning shakli va mazmuni har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tomonidan kelishilishi kerak va albatta yana olib chiqib ketilishi kerak. Qurol-yarogʻ, oʻq-dori, maxsus vositalar va yakka tartibda himoyalanish vositalarini olib chiqish eslatib oʻtilgan roʻyxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi hamda adliya muassasalari vakillari soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Mazkur modda qoidalari Tomonlarga uchinchi davlatlar tomonidan berilgan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib oʻtish hollariga ham joriy etiladi. Mazkur shartnomaning 73-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlarning olib oʻtilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibda himoyalanish vositalari mavjud ekanligi toʻgʻrisida mazkur shartnomaning 73-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosda maʼlum qilinadi. Bunday iltimos olingunga qadar qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibda himoyalanish vositalari saqlash uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalariga topshirilishi kerak.
102-modda Jinoiy ishlar boʻyicha yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha aloqa qilish tartibi
Topshirish, jinoiy taʼqib qilish masalalari, shuningdek prokurorning sanksiyasini talab qiluvchi protsessual harakatlar boʻyicha aloqalar Ahdlashuvchi Tomonlarning Bosh prokurorlari tomonidan amalga oshiriladi.
V boʻlim. Yakunlovchi qoidalar
103-modda Mazkur Shartnomani qoʻllash masalalari
1. Mazkur Shartnomani qoʻllashda paydo boʻladigan masalalar oʻzaro kelishuvga koʻra vakolatli adliya muassasalari tomonidan hal etiladi. Zaruriyat boʻlganda kelib chiqqan tafovutlarni tartibga solish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli davlat organlari vakillaridan iborat boʻlgan qoʻshma Komissiya tuzilishi mumkin.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar adliya muassasalarining markaziy organlari tomonidan mazkur Shartnoma qoidalarini amalda qoʻllash masalalari boʻyicha idoralararo shartnomalar (bitimlar) tuzilishi mumkin.
104-modda Boshqa xalqaro Shartnomalarga munosabat
Mazkur Shartnoma qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning mazkur Shartnoma kuchga kirgunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlariga daxl qilmaydi.
105-modda Qoʻshimchalar kirgizish
Mazkur Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha mazkur Shartnomaning 107-moddasida nazarda tutilgan shartlarga binoan kuchga kiradigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
106-modda Kuchga kiritish
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va ratifikatsiya yorliqlari ayirboshlangan sanadan soʻng oʻttiz kundan keyin kuchga kiradi.
107-modda Amal qilish muddati
1. Mazkur Shartnoma kuchga kirish sanasidan boshlab besh yil davomida amal qiladi hamda uning amal qilish muddati, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uning amal qilishini toʻxtatish istagini bildirmasalar, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri navbatdagi besh yillik davr tamom boʻlishidan olti oy oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilib, mazkur Shartnomani rad etishi mumkin. Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan keyin olti oy oʻtganidan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
108-modda Vaqtga koʻra amal qilish
Mazkur Shartnomaning amal qilishi u kuchga kirgunga qadar paydo boʻlgan huquqiy munosabatlarga ham joriy etiladi.
1996-yil 27-noyabrda Toshkent shahrida har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Mazkur Shartnomani talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
