Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (879-XII-son)
07.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining quyidagi qarorlari, chunonchi:
1993-yil 12-yanvarda “Buxoro viloyati tarkibida Qorovulbozor tumanini tuzish toʻgʻrisida”;
1993-yil 11-martda “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining Qoidalari va Ijroiya qoʻmitasi toʻgʻrisida” qabul qilingan qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
879-XII-son
