Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2656-son)
17.02.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2656]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
3-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-yanvar,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 26-yanvardagi 3-mh va 22-son qaroriga ILOVA
Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar
ROʻYXATI
T/r Kasallik shifri Kasallikning nomi 1. A01 Tif (terlama) va paratif 2. A05.01 Botulizm 3. A15-19 Sil kasalligi (oʻpkada va boshqa aʼzolarda tez rivojlanib boruvchi) 4. A23 Brutsellyoz 5. A39 Meningokokli infeksiya 6. A80 Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda) 7. A87 G00.8 Markaziy nerv sistemasining yalligʻlanish kasalliklari (virusli meningit) 8. V15, V17.2 Oʻtkir gepatit A, E 9. V16, V17.0, V17.1 Oʻtkir gepatit V, S, D 10. V18 Surunkali virusli gepatitlar (ogʻir turlari) 11. V20-V24 Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi) 12. S00-S97 Xavfli oʻsmalar 13. D50-D69 Kamqonlik Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari: gemofiliya (oʻrtacha va ogʻir shakli); turlicha boʻlgan anemiyalarning ogʻir shakli; orttirilgan kamqonliklar; kapillyarotoksikoz; idiopatik trombotsitopenik purpura; trombotsitopatiya (ogʻir turlari); Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar; oʻtkir va surunkali leykozlarning hamma turlari; nasliy gemolitik kamqonliklarning hamma turlari 14. E10-E14 Qandli diabet 15. E23.2 Qandsiz diabet 16. E05 Tireotoksikoz (oʻrtacha va ogʻir darajasi) 17. E00-E03.9 Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (ogʻir darajasi) 18. E21 Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (ogʻir darajasi) 19. F00-F09 Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar 20. F20-F39 Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha boʻlgan oʻtkir ruhiy kasalliklar 21. F40-F48.9 Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevrozsifat holatlar, reaktiv holatlarning oʻtkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish 22. G93 Bosh miyaning shikastlanishlari 23. G40-G41 Epilepsiya. Epileptik status 24. G90 Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa ogʻir koʻrinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari 25. N52 Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Koʻz tubida distrofik oʻzgarishlar yuz berishi bilan tez rivojlanib boruvchi koʻrish ojizligi 26. N30-N36 Toʻr (tomirli) parda kasalliklari 27. N46-N48 Koʻrish nervi va koʻrish yoʻllari kasalliklari 28. N40-N42 Glaukoma 29. I00-I02 Oʻtkir revmatoid isitma 30. I10-I15 Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar 31. I05-I09 Yurak surunkali revmatik kasalliklari 32. Q20-25 Qon aylanish sistemasi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari) 33. J44 Boshqa surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari 34. J45 Astma 35. J47 Bronxoektatik kasallik 36. K25-K26 Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi 37. K35 Koʻrichak (operatsiyadan soʻng) 38. K40-K46 Churra (operatsiyadan soʻng) 39. K56 Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi 40. K50 Kron kasalligi 41. № 00, № 01 Oʻtkir diffuzli glomerulonefrit 42. № 03 Surunkali nefritlar 43. № 11 Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi) 44. № 11 Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi) 45. L20, L23, L25-L27 Ekzema (yoyilib ketganda) va neyrodermatit (yaqqol koʻrinib turganda) 46. Q80 Tugʻma ixtioz 47. L53 Boshqa eritematoz holatlar 48. M30-M36 Biriktiruvchi toʻqima sistema shikastlanishlari 49. M05-M14 Yalligʻlanish poliartropatiyalari 50. S50-S59 Tirsak va bilak-kaft usti jarohatlari 51. S60-S69 Bilak-kaft usti va qoʻl panjasi jarohatlari 52. S80-S89 Tizza va boldir jarohatlari 53. S90-S99 Oshiq-boldir boʻgʻimi va oyoq kafti sohasi jarohatlari 54. S00-S05, S12, S22, S32-S33 Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi 55. A36-38, B01, V05, V06, V26, V27 Bolalarning yuqumli kasalliklari
