Huquqiy axborotlar almashish toʻgʻrisida
27.11.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida 1996-yil 16-yanvarda Chardjoʻy shahrida imzolangan doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnomaga tayanib;
oʻzaro aloqalarni doimiy ravishda toʻgʻridan toʻgʻri kengaytirish istagidan kelib chiqib, Oʻzbekiston va Turkmaniston davlat mustaqilligi va suverenitetini huquqiy taʼminlashga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida ahamiyat berib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Tematik roʻyxatda nazarda tutilgan davlat ayirboshlovidagi nashr uchun ochiq boʻlgan meʼyoriy huquqiy axborotlar bilan ikki tomonlama ayirboshlash zarurligini tan oladilar (ilova qilinadi).
Tomonlar oʻrtasida huquqiy axborotlar ayirboshlashni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Turkmaniston Adliya vazirligi amalga oshiradi.
2-modda
Har bir Tomon soʻralayotgan huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa Tomonga yetkazib berishga majburiyat oladilar.
Hamkorlik davomida axborotlarni olgan Tomonlardan biri mazkur axborotni faqat axborot bergan Tomonning roziligi asosida uchinchi tomonga berishi mumkin.
3-modda
Tomonlar, milliy axborot resurslaridan foydalangan holda, huquqiy axborotni ayirboshlash uchun oʻzlarining etalon maʼlumotlar bazasini tashkil qiladilar.
4-modda
Tomonlar, huquqiy axborotlar ayirboshlash tizimini yaratish boʻyicha kelishilgan choralarni amalga oshira borib, oʻz navbatida belgilaydilar:
subyektlar roʻyxati — axborotdan foydalanuvchilar,
axborotlarning huquqiy rejimi, oshkoralik darajasini belgilovchi, hujjatlashtirish tartibi, olish, saqlash, tarqatish va axborotlarni muhofaza qilishni belgilovchi meʼyoriy oʻrnatilgan qoidalar.
5-modda
Tomonlar, birgalikda foydalanish (etalon maʼlumotlar bazasi) uchun maʼlum huquqiy axborotlar milliy resurslariga ruxsat berishni taʼminlaydilar, ularning dolzarb (nazorat) ahvolida saqlaydilar va ularning toʻlaligiga, aniqligiga, oʻz vaqtida axborotlar manbasi va xizmat koʻrsatishni taʼminlashga javobgarlik oladilar.
6-modda
Huquqiy axborotlar bepul va qoidaga koʻra rus tilida yetkazib beriladi. Shoshilinch maʼlumotlar va materiallar ayirboshlash uchun elektron aloqa vositalaridan foydalanish mumkin.
7-modda
Tomonlar:
maʼlumotlar bazasi bilan ayirboshlashda bir-biriga Tomonlar klassifikatorlari va ularning institutlarini tanishtirishga;
harakatdagi axborot-kommunikatsiya tizimi resurslari, shuningdek yangidan tashkil qilinadigan konfidensial aloqa tizimlaridan foydalangan holda huquqiy axborot ayirboshlashni amalga oshirishga kelishdilar.
8-modda
Huquqiy axborotlar almashish Tomonlar qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
9-modda
Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
10-modda
Tomonlar ushbu Bitimga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga haqli. Hamma oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Protokol bilan rasmiylashtiriladi.
11-modda
Ushbu Bitim imzolangan muddatdan boshlab kuchga kiradi.
Tomonlar ushbu Bitimdan chiqib ketishga haqli.
Tomonlarning mazkur Bitimda qatnashishdan voz kechishi, Tomonning voz kechishi toʻgʻrisidagi yozma maʼlumotnoma bildirilgandan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 1996-yil 27-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda hamma matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimni talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Davlatlararo ayirboshlashga tegishli meʼyoriy huquqiy aktlar
TEMATIK ROʻYXATI
