Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida daromadlar va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimini ratifikatsiya qilish haqida (285-I-son)
30.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida daromadlar va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
285-I-son
