Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxatining 2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (2429-2-son)
26.01.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2429-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining havo fazosida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevraldagi 2 va 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2429, 2013-yil 20-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxatining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
2015/17-1-son
Davlat bojxona qoʻmita raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-yanvar,
01-02/12-03-son
