Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (160-son)
25.04.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 15-fevralda Olmaota shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida soliq qonunlarini buzishlarga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik va axborot bilan almashib turish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 25-aprel,
160-son
