Ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va mol-mulkka solinadigan soliqlarni toʻlashdan bosh tortish holatlari oldini olish toʻgʻrisida
22.12.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda mazkur Bitim maqsadlarida “Ahdlashayotgan Davlatlar” deb ataladi, ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromadga va mol-mulkka solinadigan soliqlarni toʻlashdan bosh tortish holatlari oldini olish toʻgʻrisida Bitim tuzishni istab, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda Bitim qoʻllaniladigan shaxslar
Mazkur Bitim bir yoki ikkala Ahdlashayotgan Davlatlar rezidentlari boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
2-modda Bitim tatbiq qilinadigan soliqlar
1. Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlar nomidan undiriladigan daromad (foyda)dan va mol-mulkdan olinadigan soliqlarga, ularni undirish usulidan qatʼi nazar, qoʻllanadi.
2. Daromad (foyda) larning umumiy summasidan yoki mol-mulkdan yoki daromad (foyda) yoxud mol-mulk elementidan undiriladigan barcha soliqlar, mol-mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromad (foyda)dan, ish haqi yoki taqdirlash pullari umumiy summasidan olinadigan soliqlarni ham qoʻshib, daromad (foyda)dan va mol-mulkdan olinadigan soliqlar hisoblanadi.
3. Mazkur Bitim quyidagi soliqlarga tatbiq etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasida:
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadlarga solinadigan soliq;
Oʻzbekiston fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
korxonalar mol-mulkidan olinadigan soliq;
jismoniy shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston soligʻi” deb nomlanadi).
b) Belarus Respublikasida:
yuridik shaxslar daromadlari va foydasiga solinadigan soliq;
fuqarolardan olinadigan daromad soligʻi;
koʻchmas mulkka solinadigan soliq (keyingi oʻrinlarda “Belarus soligʻi” deb nomlanadi);
4. Mazkur Bitim u imzolangan kundan keyin 3-bandda eslatib oʻtilgan soliqlarga qoʻshimcha tarzda undiriladigan har qanday oʻxshash yoki mohiyatiga koʻra oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining soliq qonunchiliklarida sodir boʻlgan har qanday muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3-modda Umumiy taʼriflar
1. Mazkur Bitimda, agarda Bitim mazmunidan boshqacha maʼno kelib chiqmasa:
a) “bir Ahdlashayotgan Davlat” va “boshqa Ahdlashayotgan Davlat” atamalari mazmuniga koʻra Belarus Respublikasi yoki Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi;
b) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini va geografik maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi suveren huquq va yurisdiksiyani amalga oshirish mumkin boʻlgan, xalqaro huquq normalariga muvofiq yer osti va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini ham qoʻshib hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi amalda boʻlgan hududini, ichki suvlarini, ular ustidagi havo boʻshligʻini anglatadi;
v) “Belarus” atamasi Belarus Respublikasini va geografik maʼnoda ishlatilganda Belarus qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq Belarus Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlgan Belarus Respublikasi suvereniteti ostidagi hududni anglatadi;
g) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniyani va shaxslarning istalgan boshqa birlashmasini anglatadi;
d) “kompaniya” atamasi soliq solish maqsadlarida alohida tashkilot deb qaraladigan istalgan yuridik shaxs yoki istalgan tashkilotni anglatadi;
e) “bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashayotgan Davlat korxonasi” atamasi shunga koʻra bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan korxonani va boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan korxonani anglatadi;
yo) “xalqaro tashishlar” atamasi bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan korxona tomonidan dengiz yoki havo kemasi, temir yoʻl yoki avtotransport vositasida amalga oshirilayotgan har qanday tashishlarni anglatadi, bundan boshqa Ahdlashayotgan Davlatdagi punktlar oʻrtasidagina amalga oshiriladigan tashishlar istisnodir.
j) “fuqaro” atamasi:
Ahdlashayotgan Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi;
i) “vakolatli organ” atamasi:
Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Belarus Respublikasiga nisbatan — Belarus Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat bosh soliq inspeksiyasini yoki uning vakolatli vakilini;
j) “doimiy baza” atamasi bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatishi uchun qulay boʻlgan har qanday doimiy joyni anglatadi.
2. Ahdlashayotgan Davlat tomonidan mazkur Bitimni qoʻllashga kelganda unda taʼrifi berilmagan har qanday atama, agarda mazmundan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, mazkur Bitim joriy etiladigan soliqlarga nisbatan shu Davlat qonunchiligida ega boʻlgan maʼnoni anglatadi.
4-modda Rezident
1. Mazkur Bitimni qoʻllashda “bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunchiligiga muvofiq turar joyi, roʻyxatga olish oʻrni yoki har qanday shunga oʻxshash belgisiga koʻra soliq solinishi lozim boʻlgan shaxsni anglatadi, ammo bu atama shu Ahdlashayotgan Davlatda faqat shu Ahdlashayotgan Davlatdagi manbalardan oladigan daromadlari yoki unda joylashgan mol-mulki munosabatida soliq solinadigan shaxslarni oʻz ichiga olmaydi.
2. Agarda jismoniy shaxs 1-band qoidalariga muvofiq ikkala Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlsa, uning holati quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) u doimiy turar joyiga ega boʻlgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadi; agarda u har ikkala Ahdlashayotgan Davlatda doimiy turar joyga ega boʻlsa, u yaqinroq shaxsiy va iqtisodiy aloqalarga ega boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) oʻsha Davlat rezidenti hisoblanadi;
b) agarda uning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Ahdlashayotgan Davlatni aniqlash mumkin boʻlmasa yoki Ahdlashayotgan Davlatlarning birortasida ham doimiy turar joyga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan oʻsha Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadi;
v) agarda u odatda ikkala Ahdlashayotgan Davlatlarda yashasa yoki u agarda ularning birortasida ham yashamasa, u oʻzi fuqarosi boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
g) agarda u Ahdlashayotgan Davlatlardan birortasining ham fuqarosi boʻlmasa, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari masalani oʻzaro kelishuvga koʻra hal qiladilar.
3. Agarda 1-band qoidalari sababli jismoniy shaxs hisoblanmaydigan shaxs ikkala Ahdlashayotgan Davlatlar rezidenti hisoblansa, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari masalani oʻzaro kelishuvga koʻra hal qiladilar.
5-modda Doimiy vakolatxona (muassasa)
1. Mazkur Bitim maqsadida “doimiy vakolatxona (muassasa)” atamasi korxonaning tadbirkorlik (tijorat) faoliyati toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan faoliyatning har qanday doimiy oʻrnini anglatadi.
2. “Doimiy vakolatxona (muassasa)” atamasi, jumladan:
a) boshqarish joyi;
b) boʻlinma;
v) idora;
g) fabrika;
d) ustaxona;
e) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, kon yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan istalgan boshqa joy;
yo) tovar yoki mahsulotlarni sotishda foydalaniladigan joyni oʻz ichiga oladi.
3. Qurilish maydonchasi yoki qurilish, montaj yoki yigʻuv obyekti, yoki ularga aloqador nazorat faoliyati, agarda ular 12 oydan ortiq mavjud boʻlsalar, doimiy vakolatxona (muassasa) hisoblanadilar.
4. Mazkur moddaning oldingi qoidalaridan qatʼi nazar, “doimiy vakolatxona (muassasa)” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi hisoblanmaydi:
a) inshootlardan korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
b) korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadidagina asrash;
v) korxonaga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat boshqa korxona qayta ishlashi uchun saqlash;
g) doimiy faoliyat oʻrnini faqat korxona uchun tovarlar yoki buyumlar xarid qilish yoki axborot toʻplash maqsadida saqlash;
d) doimiy faoliyat oʻrnini korxona uchun tayyorlov yoki yordamchi tusda boʻlgan istalgan boshqa faoliyat turini amalga oshirish maqsadi uchungina saqlash;
e) doimiy faoliyat oʻrnini a — e kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday birikmasini amalga oshirish uchungina, agarda bunday biriktirish asosida yuzaga kelgan doimiy faoliyat oʻrnining qoʻshma faoliyati tayyorlov yoki yordamchi tusda boʻlsa, asrash.
5. 1 va 2-bandlar qoidalaridan qatʼi nazar, agarda mazkur modda 6-bandining qoidalari qoʻllanadigan shaxs, mustaqil maqomga ega boʻlgan vakildan boshqa, korxona nomidan ish yuritib Ahdlashayotgan Davlatda korxona nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda undan foydalansa, bunday korxona, bu shaxs korxona uchun amalga oshiradigan har qanday faoliyat munosabatida, agarda bu shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilgan faoliyat bilan cheklanmasa, u, agarda doimiy faoliyat oʻrni orqali amalga oshirilsa-da, bu doimiy faoliyat oʻrnini mazkur band qoidalariga muvofiq doimiy vakolatxona (muassasa)ga aylantirmasa, mazkur Davlatda doimiy vakolatxona (muassasa)ga ega deb qaraladi.
6. Korxona Ahdlashayotgan Davlatda tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini broker komissiyalar yoki mustaqil maqomga ega boʻlgan istalgan boshqa vakil orqali amalga oshirsa, bu shaxslar oʻz odatdagi kasb faoliyatlari doirasida faoliyat koʻrsatadigan boʻlsalar, bu Davlatda doimiy vakolatxona (muassasa)ga ega emas deb qarashga asos boʻladi.
7. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadigan kompaniyaning nazorat qilish yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadigan yoki shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini (doimiy vakolatxona (muassasa) orqali yoki boshqacha usulda) amalga oshiruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinish holati shu kompaniyalardan birini oʻzidan oʻzi boshqa kompaniyaning doimiy vakolatxonasi (muassasasi)ga aylantirib qoʻymaydi.
6-modda Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar (foyda)
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda boʻlgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (foydasi)ga (qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad (foyda)ni ham qoʻshib) shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. “Koʻchmas mulk” atamasi mazkur mulk bor boʻlgan Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligida qanday maʼnoga ega boʻlsa, shu maʼnoni anglatadi. Mazkur Bitim maqsadi uchun havo va dengiz kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalari, konteynyerlar va konteynyerlarni tashishga moʻljallangan asbob-uskunalarga koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan bevosita foydalanishdan olinadigan daromadlar (foyda)ga, shuningdek, qarzga yoki foydalanishga berishdan olinadigan daromadlar (foyda)ga nisbatan qoʻllanadi.
4. 1 va 3-bandlar qoidalari korxonalarning koʻchmas mulkidan olinadigan daromadlar (foyda)ga, shuningdek, mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar (foyda)ga nisbatan qoʻllanadi.
7-modda Tadbirkorlik (tijorat) faoliyatidan olinadigan daromad (foyda)
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasining daromadi (foydasi)ga, agarda bu korxona tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini boshqa Ahdlashayotgan Davlatda oʻsha yerda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirmasa faqat shu Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi. Agarda korxona tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini yuqorida koʻrsatilganidek amalga oshirsa, bu korxonaning daromadi (foydasi)ga boshqa Ahdlashayotgan Davlatda, faqat shu doimiy vakolatxona (muassasa)ga tegishli qismiga soliq solinishi mumkin.
2. Mazkur modda 3-bandi qoidalarini hisobga olib, agarda bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini boshqa Ahdlashayotgan Davlatda oʻsha yerda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirsa, unda har bir Ahdlashayotgan Davlatda bu doimiy vakolatxona (muassasa)ga, u korxonadan mutlaqo mustaqil tarzda ish yuritadigan, xuddi shunday yoki oʻxshagan faoliyatni aynan shunday yoki oʻxshash sharoitlarda amalga oshiradigan alohida va mustaqil korxona boʻlgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan daromad (foyda) hisoblanadi.
3. Doimiy vakolatxona (muassasa) daromadlari (foydasin aniqlashda doimiy vakolatxona (muassasa) joylashgan Ahdlashayotgan Davlatda ham, uning hududidan tashqarida ham bunday doimiy vakolatxona (muassasa) maqsadlari uchun qilingan xarajatlarni, boshqaruvchilik va umummaʼmuriy xarajatlarni xam chegirishga yoʻl qoʻyiladi.
4. Ahdlashayotgan Davlatda umumiy vakolatxona (muassasa)ga tegishli daromad (foyda)ni korxona umumiy daromadi (foydasi) summasini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatiy amaliyot boʻlganligi uchun 2-banddagi hech narsa Ahdlashayotgan Davlatga soliq solinadigan daromad (foyda)ni amaliyot taqozo etganidek shunday taqsimlash vositasida aniqlashiga toʻsqinlik qilmaydi; taqsimlashning tanlangan metodlari mazkur moddada bor boʻlgan prinsiplarga muvofiq keluvchi natijalarni beradi.
5. Hech qanday daromad (foyda) doimiy vakolatxona (muassasa) hisobiga korxona uchun buyumlar yoki tovarlarni doimiy vakolatxona (muassasa) tomonidan oddiy xarid qilinishi asosida oʻtkazilmaydi.
6. Oldingi bandlar maqsadlarida doimiy vakolatxona (muassasa)ga tegishli boʻlgan daromad (foyda) har yili ayni bir metodda, agarda uni oʻzgartirish uchun yetarli va jiddiy sabab boʻlmasa, aniqlanadi.
7. Agarda daromad (foyda) mazkur Bitimning boshqa moddalarida alohida koʻrib chiqiladigan daromad turlarini oʻz ichiga olsa, bu moddalar qoidalariga mazkur modda qoidalari bilan daxl qilinmaydi.
8-modda Xalqaro transport
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalaridan foydalanib oladigan daromadi (foydasi)ga faqat shu Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi.
2. Mazkur Bitim maqsadlarida xalqaro tashishlarda dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalaridan foydalanib olinadigan daromad (foyda)lar dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalari, konteynyerlar va konteynyerlarni tashish asbob-uskunalaridan bevosita foydalanib, ijaraga berib yoki istalgan boshqa shaklda foydalanib olinadigan daromad (foyda)ni oʻz ichiga oladi.
3. 1 va 2-bandlar qoidalari qoʻshma faoliyat, pul yoki xalqaro transport tashkilotida qatnashishdan olinadigan daromad (foyda)ga ham qoʻllanadi.
9-modda Uyushgan korxonalar
1. Kuyidagi hollarda, yaʼni:
a) Ahdlashayotgan Davlat korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
b) ayni bir shaxslar bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashayotgan Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsalar va har bir holatda ikkala korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy oʻzaro aloqalarida, ikki mustaqil korxona oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlganlardan farq qiluvchi sharoitlar yaratilsa yoki belgilansa, ulardan bittasiga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan, ammo mazkur sharoitlarning borligi tufayli unga oʻtkazilmagan har qanday daromad (foyda) shu korxona daromadi (foydasi)ga qoʻshilishi va shunga muvofiq soliq solinishi mumkin.
2. Bir Ahdlashayotgan Davlat shu Davlat korxonasi daromadlari (foydasi)ga shu boshqa Davlatda boshqa Ahdlashayotgan Davlat korxonasiga soliq solinadigan daromadni kiritsa va shunga koʻra soliq solsa va shu yoʻsinda qoʻshilgan daromad (foyda) ikkala korxona oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shart-sharoitlari mustaqil korxonalar oʻrtasida mavjud boʻlgan shart-sharoitlar boʻlgan taqdirda birinchi Ahdlashayotgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan daromad (foyda) boʻlsa, unda, shu boshqa Davlat shu daromad (foyda)dan undiriladigan soliq summasida tegishlicha yon bosadi. Bunday tuzatishni aniqlashda mazkur Bitimning boshqa qoidalari koʻrib chiqilishi, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari esa zarur hollarda bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
10-modda Dividendlar
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Ammo bunday dividendlarga dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan shu Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga koʻra oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda ham soliq solinishi mumkin, lekin oluvchi dividendlarning haqiqiy egasi boʻlsa, undirilayotgan soliq dividendlar yalpi summasining 15 foizidan oshmasligi lozim.
Bu band dividend toʻlanadigan daromad (foyda)dan olinadigan soliqqa daxl qilmaydi.
3. “Dividend” atamasi mazkur moddada ishlatilganda qarz talabnomalari hisoblanmaydigan, daromadda qatnashish huquqini beradigan aksiyalar yoki boshqa huquqlardan olinadigan daromadlarni, shuningdek, daromadlarni taqsimlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga koʻra aksiyalardan olinadigan daromadlar singari shunday soliq rejasiga kiritiladigan boshqa huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
4. Agarda dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlaturib, tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti hisoblanadigan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda unda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirsa yoki shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni oʻsha yerdagi doimiy bazadan amalga oshirsa hamda dividend toʻlanadigan xolding haqiqatdan ham shunday doimiy vakolatxona (muassasa)ga yoki doimiy bazaga tegishli boʻlsa, 1 va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda vaziyatga koʻra 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllaniladi.
5. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashayotgan Davlatdan daromad olgan holda, shu boshqa Davlat shu kompaniya toʻlaydigan dividendlarni soliqlardan toʻliq ozod qilishi mumkin, bundan, mazkur dividendlar shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividend toʻlanadigan xolding haqiqatdan ham shu boshqa Davlatdagi doimiy vakolatxona (muassasa)ga yoki doimiy bazaga tegishli boʻlgan va kompaniyaning taqsimlanmagan daromadi (foydasi)dan taqsimlanmagan daromad (foyda) soligʻi undirilmaydigan holatlar, hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan daromad (foyda) toʻliq yoki qisman shu boshqa Davlatda hosil boʻladigan daromad (foyda)dan tarkib topsa ham, istisnodir.
11-modda Foizlar
1. Bir Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga keladigan va boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlarga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Ammo bunday foizlarga ular yuzaga kelayotgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda ham shu Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinishi mumkin, ammo oluvchi foizlarning haqiqiy egasi boʻlsa, undirilayotgan soliq foizlar yalpi summasining 10 foizidan ortiq boʻlmaydi. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari bu cheklashlarni qoʻllash usulini oʻzaro kelishuvga koʻra belgilaydilar.
3. 2-band qoidalariga qaramay, bir Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga kelgan foizlar shu Ahdlashayotgan Davlatda, agarda foizlarning haqiqiy oluvchisi boshqa Ahdlashayotgan Davlat Hukumati, Belarus Respublikasi Milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadigan istalgan shaxs, agarda pirovardida qarz talabnomasi yuzaga keladigan bitishuv birinchi eslatib oʻtilgan Davlat Hukumati tomonidan maʼqullangan boʻlsa, soliq solishdan ozod etiladi.
4. Mazkur moddada foydalanilganda “foizlar” atamasi ipoteka taʼminoti va qarzdor daromadlari (foydasi)da ishtirok etish huquqiga egaligi, jumladan, hukumat qiymatli qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlaridan, shu qiymatli qogʻozlar, obligatsiyalar yoki qarz majburiyatlari boʻyicha mukofot va taqdirlashlarni ham qoʻshib olinadigan daromadlarni anglatadi.
5. 1 va 2-bandlar qoidalari, agarda foizlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlaturib, tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini foizlar yuzaga keladigan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda unda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirsa yoki shu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni oʻsha yerda joylashgan doimiy bazadan amalga oshirsa hamda foizlar toʻlashda asos qilib olinadigan qarz talabnomasi haqiqatdan ham mana shunday doimiy vakolatxona (muassasa)ga yoki doimiy bazaga tegishli boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bu holatda 7-modda yoki 14-modda qoidalari vaziyatga koʻra qoʻllaniladi.
6. Ahdlashayotgan Davlatda, agarda toʻlovchi shu Ahdlashayotgan Davlatning oʻzi yoki shu Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlsa, foizlar yuzaga keladi deb hisoblanadi.
Agarda foizlarni toʻlayotgan shaxs, u Ahdlashayotgan Davlat rezidenti yoki rezidenti emasligidan qatʼi nazar, Ahdlashayotgan Davlatda foizlar toʻlashga asos boʻlgan qarz yuzaga kelgan doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va shu foizlarni toʻlash xarajatlarini shu doimiy vakolatxona (muassasa) yoki do baza qiladigan boʻlsa, bunday foizlar doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga keladi deb hisoblanadi.
7. Agarda toʻlovchi va foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasida yoki ularning ikkalasi va uchinchi shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida toʻlashda asos boʻladigan qarz talabnomasiga taalluqli toʻlanadigan foizlar summasi toʻlovchi va foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan summadan ortib ketsa, mazkur moddaning qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holatda toʻlovning ortiqcha qismiga har bir Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga koʻra mazkur Bitimning boshqa qoidalariga yetarlicha eʼtibor berib soliq solinaveradi.
12-modda Royalti
1. Bir Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga kelgan va boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan royaltiga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Ammo bunday royaltilarga ular yuzaga kelayotgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda ham shu Davlat qonunchiligiga muvofiq soliq solinishi mumkin, biroq oluvchi royaltining haqiqiy egasi boʻlsa, undirilayotgan soliq royalti yalpi summasining 15 foizidan ortiq boʻlmaydi.
3. Mazkur moddada foydalanilgan “royalti” atamasi adabiyot, sanʼat yoki ilm-fan sohasidagi asarlar, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarda foydalaniladigan kinofilmlar, filmlar, plyonkalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model sxema, kompyuter dasturi, maxfiy formula yoki jarayonni ham qoʻshgan holda foydalanganlik yoki mualliflik huquqlaridan foydalanish huquqini berganlik yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy asbob-uskunalarni yoki sanoat, tijorat yoxud ilmiy tajriba, “nou-xau” axborotidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun taqdirlash sifatida olingan toʻlovlarning har qanday turini anglatadi.
4. 1 va 2-bandlar qoidalari agarda royaltining haqiqiy egasi bir Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlaturib, tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini royalti yuzaga keladigan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda oʻsha yerda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirsa yoki shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsni xizmatlarni oʻsha yerdagi doimiy bazada bajarsa va royaltini toʻlash uchun asos boʻlgan huquq yoki mulk haqiqatdan ham shunday doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, qoʻllanmaydi. Mazkur holatda vaziyatdan kelib chiqib 7-modda yoki 14-modda qoidalari qoʻllanadi.
5. Agarda toʻlovchi Ahdlashayotgan Davlatning oʻzi yoki shu Davlat rezidenti boʻlsa, royalti Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga keladi deb hisoblanadi. Agarda royaltini toʻlayotgan shaxs Ahdlashayotgan Davlat rezidenti yoki rezidenti emasligidan qatʼi nazar, Ahdlashayotgan Davlatda royaltini toʻlash majburiyati yuzaga kelishida asos boʻlgan doimiy vakolatxona (muassasa)ga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bunday royaltilarni shu doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy baza toʻlasa, royalti doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga keladi deb hisoblanadi.
6. Agarda toʻlovchi va royaltining haqiqiy egasi oʻrtasida yoki ularning ikkalasi va qandaydir uchinchi shaxs oʻrtasida alohida munosabatlar oqibatida royaltini toʻlashda asos boʻladigan foydalanganlik, foydalanish huquqi yoki axborotga taalluqli royalti summasi bunday munosabat yoʻq hollarda toʻlovchi va royaltining haqiqiy egasi oʻrtasida kelishinilishi mumkin boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, mazkur moddaning qoidalari faqat oxirgi eslatilgan summaga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holatda toʻlovlarning ortiqcha qismiga mazkur Bitim qoidalariga eʼtibor berib, har bir Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga koʻra soliq solinaveradi.
13-modda Mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromad (foyda)
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti 6-moddada aytib oʻtilgan, boshqa Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari (foydasi)ga shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy vakolatxona (muassasa) tijorat mulkini tashkil etuvchi mulkning qismini, bir Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatishi uchun qulay boʻlgan doimiy bazaga tegishli mulkning qismini begonalashtirishdan olinadigan daromadlarga, bunday doimiy vakolatxona (muassasa)ni (alohida yoki korxona bilan birga) yoki bunday doimiy bazani begonalashtirishdan olinadigan daromadlarni ham qoʻshgan holda shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan korxonaning xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari, temir yoʻl yoki avtotransport vositalari, konteynyerlar va konteynyerlarni tashishga moʻljallangan asbob-uskunalarni yoki shu transport vositalaridan foydalanishga aloqador mulkni sotishdan oladigan daromadlari (foydasi)ga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
4. 1, 2 va 3-bandlarda aytib oʻtilganlardan tashqari har qanday mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar (foyda)ga mulkni begonalashtirayotgan shaxs rezidenti boʻlgan faqat oʻsha Davlatdagina soliq solinadi.
14-modda Mustaqil shaxsiy xizmatlar
1. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti oʻz kasb xizmatlari yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatidan oladigan daromadlariga faqat shu Davlatda soliq solinishi mumkin. Ammo bunday daromadga boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ham, agarda:
a) agarda jismoniy shaxs oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida boshqa Ahdlashayotgan Davlatda doimiy bazaga ega boʻlsa, yoki
b) jismoniy shaxs boshqa Ahdlashayotgan Davlatda 12 oyni tashkil etuvchi istalgan davr mobaynida umuman olganda 183 kunlik davr yoki undan ortiq davr mobaynida yashasa, boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ham faqat shu boshqa Davlatda koʻrsatilgan xizmatlarga taalluqli qismiga soliq solinishi mumkin.
2. “Kasb xizmatlari” atamasi, jumladan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, taʼlimiy yoki oʻqituvchilik faoliyatini, shuningdek. shifokorlar, advokatlar, muhandislar, arxitektorlar, tish doktorlari va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini oʻz ichiga oladi.
15-modda Bogʻliq shaxsiy xizmatlar
1. Mazkur Bitimning 16, 18 va 19-bandlari qoidalarini hisobga olib, bir Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti yollanma ish munosabati bilan oladigan ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash pullariga, agarda yollash boʻyicha ish boshqa Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshirilmasa faqat shu Davlatda soliq solinadi. Agarda yollash boʻyicha ish shu yoʻsinda bajariladigan boʻlsa, shu munosabat bilan olingan taqdirlash pullariga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. 1-band qoidalaridan qatʼi nazar, Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshiriladigan yollanma ish munosabati bilan oladigan taqdirlash pullariga, agarda:
a) oluvchi boshqa Davlatda 12 oyni tashkil etuvchi davr mobaynida umumiy miqdori 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida yashayotgan boʻlsa;
b) taqdirlash puli boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi yoki yollovchi nomidan toʻlanayotgan boʻlsa, va
v) taqdirlash pullarini toʻlash boʻyicha xarajatlar yollovchi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy bazasi tomonidan qilinmasa, soliq faqat birinchi eslatilgan Davlatda solinadi.
3. Mazkur moddaning oldingi qoidalariga qaramay bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz yoki havo kemasi bortida, temir yoʻl yoki avtotransport vositasida amalga. oshiriladigan yollanma ish munosabati bilak olinadigan taqdirlash pullariga mana shu Davlatda soliq solinishi mumkin.
16-modda Direktorlar gonorarlari
Bir Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya direktorlari kengashining aʼzosi sifatida olinadigan direktorlar gonorarlari va shu kabi boshqa toʻlovlarga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
17-modda Sanʼat xodimlari va sportchilar
1. 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, bir Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachisi yoki sportchi tarzida boshqa Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshiradigan shunday faoliyatiga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi oʻzining shu sifatdagi shaxsiy faoliyati munosabati bilan oladigan daromadi sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga oʻtkazilgan holda, bu daromadga 7, 14, 15-moddalar qoidalariga qaramay sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyati amalga oshiriladigan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari sanʼat xodimlari yoki sportchilarning Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshiriladigan faoliyatdan oladigan daromadlariga, agarda bu faoliyat boshqa Ahdlashayotgan Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, tatbiq etilmaydi. Bu holatda daromadga mazkur sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan faqat oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi.
18-modda Pensiyalar va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlar
Oldingi yollash boʻyicha ish munosabati bilan boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan bir Ahdlashayotgan Davlatda yuzaga keladigan pensiyalar va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlarga shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
19-modda Davlat xizmati uchun taqdirlash
1. Ahdlashayotgan Davlat jismoniy shaxslarga shu Davlatga koʻrsatadigan xizmatlari uchun toʻlaydigan pensiya boʻlmagan taqdirlash pullariga faqat shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Ammo, agarda shu boshqa Davlatda koʻrsatilayotgan xizmatlar va jismoniy shaxs shu Davlat rezidenti boʻlsa, yaʼni:
shu Davlat fuqarosi boʻlsa, yoki
faqat xizmat koʻrsatish maqsadida shu Davlat rezidenti boʻlmagan boʻlsa, bunday taqdirlash pullariga faqat shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi.
20-modda Talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar
1. Bir Ahdlashayotgan Davlatga bevosita kelishlaridan oldin boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentlari hisoblanadigan yoki hisoblangan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat bilim olish yoki praktikadan oʻtish maqsadida yashab turgan talaba yoki praktikant oladigan toʻlovlar, birinchi eslatilgan Ahdlashayotgan Davlatda shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan ularni mablagʻ bilan taʼminlash, oʻqitish yoki praktika maqsadida olingan toʻlovlar borasida soliqlardan ozod etiladilar.
2. Ahdlashayotgan Davlatga bevosita kelishlaridan oldin boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblangan yoki rezidenti boʻlgan oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar birinchi eslatilgan Davlatda shu birinchi eslatilgan Ahdlashayotgan Davlat Hukumati tomonidan maʼqullangan universitet, kollej, maktab, oʻquv yoki ilmiy muassasada oʻqitish yoki tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida yashab turgan boʻlsalar, birinch eslatilgan Ahdlashayotgan Davlatda bunday oʻqitish yoki tadqiqot ishlari uchun oladigan taqdirlash pullariga nisbatan birinchi eslatilgan Ahdlashayotgan Davlatga dastlab kelgan vaqtlaridan boshlab ikki yil mobaynida soliq solinishidan ozod qilinadilar.
21-modda Boshqa daromadlar (foyda)
1. Ahdlashayotgan Davlat rezidenti daromadlari (foydasi) turlariga ularning mazkur Bitimning oldingi moddalarida eslatib oʻtilmagan paydo boʻlish joylaridan qatʼi nazar, faqat shu Davlatda soliq solinadi.
2. 1-band qoidalari 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar (foyda)dan boshqa daromadlarga, agarda bunday daromadlar (foyda)ni oluvchi bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlaturib tadbirkorlik (tijorat) faoliyatini boshqa Ahdlashayotgan Davlatda oʻsha yerda joylashgan doimiy vakolatxona (muassasa) orqali amalga oshirsa yoki shu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni oʻsha yerda joylashgan doimiy baza vositasida koʻrsatsa, daromad (foyda)ki toʻlashda asos boʻladigan huquq yoki mulk haqiqatdan ham shunday doimiy vakolatxona (muassasa) yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, qoʻllanmaydi. Bu holatda vaziyatga koʻra 7 yoki 14-modda qoidalari qoʻllanadi.
22-modda Mulkchilik
1. 6-moddada aytib oʻtilgan bir Ahdlashayotgan Davlat rezidentining xususiy mulki boʻlgan va boshqa Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan koʻchmas mulk tarzidagi mulkka shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
2. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy vakolatxona (muassasa) tijorat mulkining qismi boʻlgan mulkka yoki bir Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmat koʻrsatish maqsadida foydalanishi qulay boʻlgan doimiy baza bilan bogʻliq mulkka shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
3. Bir Ahdlashayotgan Davlat rezidentining xususiy mulki boʻlgan va xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz va havo kemalari temir yoʻl va avtotransport vositalari, konteynyerlar va konteynyerlarni tashishga moslashtirilgan asbob-uskunalar tarzidagi mulkka hamda bunday transport vositalarini ishlatishga aloqador mulkka shu Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi.
4. Ahdlashayotgan Davlat rezidenti mulkining qolgan barcha qismiga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
23-modda Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf qilish
Agar bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mazkur Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin boʻlgan daromad (foyda) olsa yoki mulkka ega boʻlsa shu daromad (foyda) yoki mulk uchun shu boshqa Davlatda undirilishi lozim boʻlgan soliq summasi bunday shaxsdan birinchi eslatilgan Davlatdagi daromadlari (foydasi) yoki mulki munosabati bilan undiriladigan soliq summasidan chegirilishi mumkin. Ammo bunday chegirish birinchi Ahdlashayotgan Davlatda soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblangan soliq summasidan ortiq boʻlmaydi.
24-modda Kamsitmaslik
1. Shaxs — bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda xuddi shunday holatlarda shu boshqa Davlat rezidenti toʻlash lozim boʻlgan yoki toʻlashi mumkin boʻlgan, jumladan, rezidentli munosabati bilan har qanday soliq solish yoki, unga aloqador talablardan boshqa yoki soliq solish yoki unga aloqador ogʻirroq talablarga duchor qilinmaydi. Bu qoida shuningdek, 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashayotgan Davlatlar rezidenti boʻlmaganlarga ham qoʻllanadi.
2. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasining boshqa Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan doimiy vakolatxonasi (muassasasi)ga solinadigan soliq shu boshqa Davlatda shu boshqa Davlatda shunday faoliyatni amalga oshirayotgan korxonasiga solinadigan soliqdan noqulayroq boʻlmasligi kerak. Bu qoida bir Ahdlashayotgan Davlatni boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentlariga soliq solishda oʻzining rezidentlariga ularning fuqarolik maqomlari yoki oilaviy sharoitlariga koʻra beradigan har qanday shaxsiy imtiyozlarni berishga, soliq solishda ozod qilish yoki chegirmalar qilishga majburlovchi tarzida talqin qilinmasligi kerak.
3. 9-modda 1-band, 11-modda 7-band yoki 12-modda 6-band qoidalari qoʻllaniladigan holatlarni istisno qilib, bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlar, royalti va boshqa toʻlovlar shunda korxonaning soliq solinadigan daromadini aniqlash maqsadida ula birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangandek bir xil shartlarda chegirilishi lozim. Bir Ahdlashayotgan Davlat korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga har qanday qarzlari shunday korxona soliq solinadigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga qarzlar bilan bir xil shartlarda chegirilishi lozim.
4. Bir Ahdlashayotgan Davlatning mol-mulki toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan korxonalari birinchi Ahdlashayotgan Davlatda birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalari toʻlaydigan yoki toʻlashlari mumkin boʻlgan soliq va unga aloqador talablardan boshqa ogʻirroq har qanday soliqlarga yoki unga aloqador har qanday talablarga duchor qilinmaydilar.
25-modda Oʻzaro kelishuv tartibi
1. Agarda shaxs bir yoki ikkala Ahdlashayotgan Davlatlar harakati unga mazkur Bitim qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib kelyapti yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u mazkur Ahdlashayotgan Davlatlar milliy qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz ishini koʻrib chiqish uchun oʻzi rezidenti boʻlgan Ahdlashayotgan Davlat vakolatli organiga yoki uning holati 24-modda 1-bandga muvofiq kelsa, oʻzi fuqarosi boʻlgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlat vakolatli organiga murojaat qilishi mumkin. Ariza mazkur Bitim qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keladigan harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor maʼlum qilingan sanadan boshlab uch yil mobaynida berilishi mumkin.
2. Vakolatli organ, agarda arizani asosli deb topsa va agarda uning oʻzi qoniqtiradigan yechimga kela olmasa, mazkur Bitimga nomuvofiq soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun masalani boshqa Ahdlashayotgan Davlat vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga intiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashayotgan Davlatlar milliy qonunchiliklarida bor boʻlgan qandaydir vaqtincha cheklashlardan qatʼi nazar, bajariladi.
3. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va gumonlarni oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladilar. Ular, shuningdek, mazkur Bitimda nazarda tutilmagan holatlarda ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun maslahatlashib olishlari ham mumkin.
4. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlarni tushunishda kelishuvga erishish uchun bir-birlari bilan bevosita aloqaga kirishishlari mumkin. Kelishuvga erishishda ogʻzaki fikr almashish maqbul deb topilsa, bunday fikr almashish Ahdlashayotgan Davlatlar vakolatli organlari vakillaridan iborat komissiyada boʻlib oʻtishi mumkin.
26-modda Axborot almashish
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli organlari mazkur Bitim qoidalarini yoki Ahdlashayotgan Davlatlarning mazkur Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga oid ichki qonunchiligini shu qonunchilikka koʻra soliq solish mazkur Bitimga zid boʻlmagan darajada bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni oʻzaro almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashayotgan Davlat olayotgan har qanday axborot maxfiy hisoblanadi va u mazkur Bitim tatbiq etiladigan soliqlarni aniqlash, undirish, majburan undirish yoki qarorlarni bajaruvchi yoki bunday soliqlarga oid arizalarni muhokama qiluvchi shaxslarga yoki organlargagina (sudlar va maʼmuriy organlarni ham qoʻshib) oshkor qilinadi. Bunday shaxslar yoki organlar mazkur axborotlardan koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlarni qabul qilishda oshkor qilishlari mumkin.
2. 1-bandning qoidalari har qanday holatda ham Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli organini:
a) shu yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid keluvchi maʼmuriy chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
b) shu yoki boshqa Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyot jarayonida olish mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etishga;
v) oshkor qilinishi davlat manfaatlariga zid boʻlgan savdo, sanoat, tijorat yoki kasbga oid sirni yoki savdo jarayoni yoki axborotini oshkor qiluvchi axborotni berishga majburlovchi tarzida talqin qilinmaydi.
27-modda Diplomatiya va konsullik faoliyati
Mazkur Bitimning birorta qoidasi diplomatik vakillar yoki konsullik xodimlariga xalqaro huquqning umumiy qoidalari yoki maxsus bitimlar qoidalariga muvofiq berilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
28-modda Bitimning kuchga kirishi
1. Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlar bir-birlarini davlat ichki tartiblarining barchasi bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilganlaridan soʻng kuchga kiradi.
2. Bitim 1-bandda aytib oʻtilgan oxirgi bildirishdan oʻn besh kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi va uning qoidalari:
a) Bitim kuchga kirgandan keyingi birinchi oy yoki birinchi oyning birinchi kunidan keyin olingan daromadlar (foyda)dan — manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) Bitim kuchga kirgandan keyingi birinchi oy yoki birinchi oyning birinchi kunidan keyin boshlanadigan soliq solish davrlarida mol-mulkdan olinadigan soliqqa nisbatan;
v) Bitim kuchga kirgandan keyingi birinchi oy yoki birinchi oyning birinchi kunidan keyin boshlanadigan soliq solish davrlarida mol-mulkdan olinadigan soliqqa nisbatan;
g) Bitim kuchga kirgan yildan keyingi kalendar yil birinchi yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanadigan soliq solinadigan davrlarda — boshqa soliqlarga nisbatan; va
29-modda Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish
Mazkur Bitim uning amalda boʻlishi Ahdlashayotgan Davlat tomonidan toʻxtatilmaguncha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashayotgan Davlat mazkur Bitimning amalda boʻlishiki mazkur Bitim kuchga kirgan sanadan besh yilgi davrdan keyingi istalgan kalendar yil tugashidan kamida 6 oy oldin Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma bildirish yoʻli bilan toʻxtatishi mumkin. Bu holatda Bitimning amalda boʻlishi:
a) bildirish topshirilgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yoki birinchi yanvaridan keyin olinadigan daromadlar (foyda)dan manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) bildirish topshirilgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yoki birinchi yanvaridan keyin boshlanadigan soliq davrlari uchun — boshqa soliqlarga nisbatan;
v) 26-modda maqsadlarida — bildirish topshirilgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab toʻxtatiladi.
Buni tasdiqlash uchun tegishli tarzda vakil qilinganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Bitim 1994-yil 22-dekabrda Toshkent shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, belarus va rus tillarida tuzildi.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda anglashilmovchiliklar paydo boʻlsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
