Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (379-son)
31.10.2014
Toshkent shahar Bektemir tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil, 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil, 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son 333-modda, 2010-yil, 13-son, 96-modda, 2011-yil, 1-2-son, 4-modda, 2012-yil, 44-son, 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2014-yil 2-oktabrdagi yigʻilish bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 77 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 553 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
2. Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Oʻ. Oʻrinboyev):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Bektemir tuman hokimining 2013-yil 25-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2014-yilga moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 254-son qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari v.v.b. M. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. MAXAMETOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-oktabr,
379-son
Tuman hokimining 2014-yil 31-oktabrdagi 379-sonli qaroriga ILOVA
Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
roʻyxati
T/r Bektemir tumanidagi tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarning band qilingan soni (jami) Shundan Nogironlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun maxsus ish oʻrinlari 1. “TASNELEKTROSNIT” OAJ 97 7 1 2 2 1 1 1 2. TOSNKENT O'RMON XO'JALIGI 112 8 1 4 1 1 1 3. “SUVMASN” OAJ 313 22 1 6 3 5 3 3 3 4. ODSP-19 24 2 1 1 5. “75-MAXSUS BOSNQARMASI” MChJ 157 11 1 5 1 2 1 1 6. “SUVMAXSUSTA'MIR” MCNJ 35 2 1 1 7. “BEKTEMIR TUMANI OBODONLASNTIRISN BOSNQARMASI” DUK 237 17 1 4 2 2 3 5 8. “FULONG INDUSTRIAL” QK 38 3 1 1 1 9. MCNJ “TOSNKENT NERUDNIK” 100 7 4 1 2 10. 18-SON QKBD 28 2 1 1 11. “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” SNK 1355 95 5 36 12 19 12 9 12. “FERROBETON” MChJ 60 4 1 1 1 1 13. “ISTAL” MChJ 100 7 1 2 1 2 1 2 14. TOSNKENT KXSITFK 105 7 1 3 1 1 1 2 15. “RESP.TELE VA RADIO KOLLEJI” 52 4 1 2 1 16. “COCA-COLA ISNIMLIGI UZBEKISTON, LTD” MCNJ 817 57 1 26 8 11 5 4 17. MChJ “DINUS NON” QK 99 7 1 2 1 1 2 1 18. MCNJ “MARMAKS” QK 181 13 1 5 1 2 2 1 1 19. SP “ILDS” 150 11 1 5 1 1 2 1 20. DT Xalq banki Bektemir filiali 88 6 1 4 1 21. MCNJ “UZCASEMASN” QK 46 3 1 1 1 22. MCNJ “DAEWOO PACK” XK 75 5 3 1 1 23. “BINOKOR QURILISN KONSTRUKSIYA” MChJ 41 3 1 1 1 24. TIF MB Bektemir filiali 70 5 3 1 1 25. MCNJ “ASKLEPIY-SVIFT” QK 94 7 1 3 1 1 1 26. “TOSNKENT QISNLOQ XO'JALIK MANSULOTLARI ULGURJI BOZORI” 115 8 1 4 1 1 1 27. BEKTIMIR TUMAN SANITARIYA EPIDEMINOLOGIYA NAZORATI MARKAZI 50 4 2 1 1 28. “QO'YLIQ DENQON BOZORI” OAJ 127 9 1 3 2 1 2 29. 290-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab 61 4 1 1 1 1 30. 293-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab 90 6 1 3 1 1 31. 291-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 72 5 1 1 1 1 1 32. 292-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 66 5 1 1 1 1 1 33. 289-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 96 7 1 3 1 1 1 34. “FULONG QAND SANOATI MANSULOTLARI” 45 3 1 1 1 35. MCNJ “SUPER NOUS ROOF” QK 53 4 1 1 1 1 36. MCNJ “ARKTIKA BOTTLERS” QK 98 7 1 4 1 1 1 37. “RWS OPTIMUM” SNK 468 33 15 7 4 7 1 38. “BEKTEMIR SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI” 197 14 1 6 2 3 1 1 39. MCNJ “BANER PRINT” QK 45 3 1 1 1 40. “KOMMET PRO” MCNJ 30 2 1 1 41. “KERAMIK MODERN” MCNJ 30 2 1 1 42. “NISO TEKSTIL SERVIS” MCNJ 40 3 1 1 1 43. I.M.GUBKINNOMLI AKADEMIK LITSEY 100 7 1 3 1 2 44. 571-maktabgacha taʼlim muassasasi 28 2 1 1 45. 573-maktabgacha taʼlim muassasasi 28 2 1 1 46. 574-maktabgacha taʼlim muassasasi 67 5 1 2 1 1 47. 575-maktabgacha taʼlim muassasasi 46 3 1 1 1 48. 577-maktabgacha taʼlim muassasasi 46 3 1 1 1 49. 578-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 2 1 50. 579-maktabgacha taʼlim muassasasi 47 3 1 1 1 51. 580-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 1 1 1 52. 581-maktabgacha taʼlim muassasasi 28 2 1 1 53. 582-maktabgacha taʼlim muassasasi 26 2 1 1 54. 584-maktabgacha taʼlim muassasasi 29 2 1 1 55. 24-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 40 3 1 1 1 56. 25-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 29 2 1 1 57. “DO'STLIK-SERVIS” MCNJ 55 4 1 2 1 58. MChJ “MARMARA PLASTIK” XK 25 2 1 1 59. 36-BUSM 25 2 1 1 60. “CNILON LUBRICANTS” MCNJ 30 2 2 61. “BUILDER CONTRACTOR” MCNJ 30 2 1 1 62. OOO “Turon” 30 2 1 1 63. CNEN-CNUN Xususiy firmasi 24 2 1 1 64. DAVRU DAVRON AVTO MCNJ 30 2 1 1 65. “AZIZ DIYOR TRANS SERVIS” MCNJ 24 2 1 1 66. “MEGA STROY KOMPLEKT” MCNJ 40 3 1 1 1 67. BEKTEMIR USTO O'RGATUVCNI SNK 25 2 1 68. “O'RAZBAY-SAPAR SAVDO” MCNJ 30 2 1 1 69. “VIKI-STYLE” MCNJ 25 2 1 1 70. “AURORA PNARMA” MCNJ 30 2 1 1 71. “TASN BEVERAGES” SNK 25 2 2 72. “MAXSUS QURILISN BEKTEMIR BO'LIMI” MCNJ 35 2 1 1 73. “DIAXIM INVEST” MCNJ 25 2 1 1 74. “TURON TRANSIT LOGISTICS” MCNJ 25 2 1 1 75. “BB PLUS CONTRACTING” MCNJ 30 2 1 1 76. “IRK BEKTASN” Xususiy korxonasi 30 2 1 1 77. Tuman Tibbiyot birlashmasi 267 19 3 11 2 1 2 JAMI: 7653 553 52 219 55 85 71 50 13
