Mirobod tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (536-son)
10.11.2014
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 190-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil, 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil, 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 333-modda, 2010-yil, 13-son, 96-modda, 2011-yil, 1-2-son, 4-modda, 2012-yil, 44-son 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2014-yil 25-sentabrdagi yigʻilish bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Mirobod tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 92 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 2877 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
Odam savdosidan jabr koʻrgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlar.
2. Mirobod tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Shermatov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Mirobod tuman hokimining 2013-yil 30-sentabrdagi “Mirobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarini 2014-yil band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 423-sonli qarori 2014-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Mirobod tuman hokimining oʻrinbosari O. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hokim Sh. KADIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-noyabr,
536-son
Tuman hokimining 2014-yil 10-noyabrdagi 536-sonli qaroriga ILOVA
Mirobod tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
roʻyxati
T/r Korxona nomi Umumiy shtat soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarining band qilingan soni (jami) Nogironlar uchun yaratiladigan ish joyi Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun maxsus ish oʻrinlari 1. “Transgazinjiniring” unitar korxonasi 104 7 3 1 1 1 1 0 0 2. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 2218 155 66 39 10 10 15 5 10 3. Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloka bank” 333 23 9 6 2 2 2 0 2 4. Oʻzbekiston Respublikasi ta�qi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Bosh amaliyot boʻlimi 208 14 6 3 2 1 1 0 1 5. Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish Bank” Toshkent shahar filiali 296 20 8 5 2 2 2 0 1 6. “Oʻzelektroapparat-Elektroshit” ochiq aksiyadorlik jamiyati QK 1310 91 39 22 10 3 10 2 5 7. “Issiqlikelektrloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati 209 14 6 3 1 2 2 0 0 8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi binolar va inshootlarga xizmat koʻrsatish direksiyasi 352 24 10 8 2 1 3 0 0 9. “Toshkent suv taʼminoti” shoʻba korxonasi 918 64 27 15 7 4 7 4 0 10. “Oʻzbekenergo” DAKning “Energosotish” filiali 166 11 4 2 1 1 1 1 1 11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Temir yoʻl masofasi 665 46 19 13 2 2 7 1 2 12. Toshkent shahar “Statistika” boshqarmasi 155 10 4 2 1 1 1 0 1 13. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti 65 4 1 1 1 1 0 0 0 14. “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” 238 16 7 4 1 1 2 0 1 15. “Oʻzlitineftgaz” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 469 32 14 8 2 1 4 1 2 16. “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining “Axborot hisoblash markazi” 230 16 7 5 1 1 1 0 1 17. “FOTON” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 586 41 17 10 5 3 4 1 1 18. “Boshtransloyiha” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 239 16 7 4 2 1 2 0 0 19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining avtoxoʻjaligi 144 10 4 4 0 0 1 0 1 20. “NUAWEI TECN INVESTMENT TASNKENT” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi 255 17 7 5 1 2 1 0 1 21. “Kapitalbank” Ochiq aksiyadorlik tijorat banki 140 9 4 2 1 0 2 0 0 22. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” Davlat Aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Toshkent shahar Davlat temir yoʻl muhandislar instituti 1017 71 30 15 5 7 8 2 4 23. Shahar 4-son tugʻruq kompleksi 199 13 5 4 1 1 1 1 0 24. “Toshkent shahar yoʻl qurilish va taʼmirlash tresti” ochiq aksiyadorlik jamiyati 502 35 15 7 4 3 4 1 1 25. Oʻzbekiston Pochtasi ochiq aksiyadorlik jamiyati “Xalqaro pochtamt” filiali 302 21 9 5 1 2 1 1 2 26. “Ipoteka-bank” ATIB Mirobod filiali 133 9 4 3 1 0 1 0 0 27. “Mirobod dehqon bozori” OAO 70 4 2 1 0 0 1 0 0 28. “Asaka bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki 463 32 14 9 2 2 3 0 2 29. Toshkent shahar politexnika kolleji 90 6 2 2 0 1 0 0 1 30. “Savdogarbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Markaziy devoni va amaliyot boʻlimi 183 12 5 2 1 1 1 0 2 31. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllari Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Sogʻliqni saqlash xizmatining “Temir yoʻl bolalar shifoxonasi” 206 14 6 4 1 2 1 0 0 32. Oʻzbekiston Temir yoʻllari Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi “Toshkent elektr taʼminoti distansiyasi” 419 29 12 7 3 2 3 1 1 33. Toshkent temir yoʻl transport kolleji 228,5 16 7 3 1 1 0 2 2 34. Shahar 5-son tugʻruq kompleksi 227 15 6 4 1 1 1 1 1 35. “2-sonli Oilaviy poliklinikasi” 206,2 14 6 2 1 2 2 0 1 36. “Oʻzbekiston Temir �oʻllari Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi Markaziy sanitariya Epidemiologiya stansiyasi” 81 5 2 2 0 0 1 0 0 37. “ORIENT FINANS bank” XYoATB 220 15 6 4 1 2 2 0 0 38. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasi 1306 91 39 34 7 5 4 0 2 39. Toshkent shahar Mirobod tuman hokimligi “Tuman obodonlashtirish boshqarmasi” 734 51 22 4 5 3 4 11 2 40. “Oʻzagrosanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati 82 5 2 1 1 1 0 0 0 41. “UNITEL” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1216 85 36 20 7 6 10 1 5 42. “BUZTON” Qoʻshma korxonasi 152 10 4 3 1 1 1 0 0 43. Toshkent “Farmatseftika instituti” 498 34 14 8 3 4 3 2 0 44. Oʻzbekiston Temir yoʻllari Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining “Toshkent aloqa va signalizatsiya distansiyasi” 324 22 9 6 2 2 2 1 0 45. 14-sonli rels payvandlash poyezdi unitar korxonasi 150 10 4 3 1 1 1 0 0 46. “Oʻztemiryoʻlkonteyner” ochiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent filiali 512 35 15 11 3 2 4 0 0 47. “Gosgeolinformsentr” DK 127 8 3 2 1 0 1 1 0 48. 7-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasi 104 7 3 2 1 0 1 0 0 49. 406-Ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi 194 13 5 4 2 1 1 0 0 50. “UNIVERSAL SUG'URTA” 98 6 2 2 1 0 1 0 0 51. “Salar temir yoʻl masofasi” 421 29 12 10 2 2 2 1 0 52. Toshkent shahar “Ruhiy asab kasalliklar shifoxonasi” 1061,5 74 31 21 8 4 7 3 0 53. 1-sonli oilaviy poliklinika 177,75 12 5 2 2 1 1 1 0 54. “Lokamativ” Futbol kompleksi 141 9 4 3 1 0 1 0 0 55. “Toshkent univermagi” ochiq aksiyadorlik savdo ishlab chiqarish jamiyati 197,5 13 5 3 2 1 1 1 0 56. “Sharq Ziyokori” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 84 5 2 1 1 1 0 0 0 57. Mirobod “Maxsustrans” avtokorxonasi 139 9 4 1 1 1 1 1 0 58. “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” filiali 2914 203 87 66 15 15 15 5 0 59. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” Toshkent viloyat boʻlimi 132 9 3 3 1 1 1 0 0 60. DATK “UTY” Markaziy poliklinikasi 643 45 19 15 4 3 4 0 0 61. “1-sonli Respublika shifoxonasi” 518,75 36 15 10 4 3 3 1 0 62. “Davgeolaxborotmarkazi” 142 9 4 2 1 1 1 0 0 63. Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi “Mineral resurslar instituti” (MRI) 353 24 10 6 3 2 2 1 0 64. IPAK “Sharq” nashriyoti 784 54 23 14 5 5 5 2 0 65. Mirobod tumani “DSENM” 176 12 5 2 2 1 1 1 0 66. Maxsus mexanizatsiyalashgan yoʻl stansiyasi 1919 134 57 35 15 10 10 2 5 67. “Sharqtexenergotaʼmir” qoʻshma korxonasi 231 16 6 4 3 1 1 1 0 68. Toshkent davlat “Sharqshunoslik instituti” 491 34 14 8 4 3 3 2 0 69. “Oʻztemiryoʻlhisob” markazi 314 21 9 5 2 2 2 1 0 70. “Toshtemiryoʻlloyiha” 148 10 4 3 1 1 1 0 0 71. “Avtogaztaʼminoti” Toshkent shahar korxonasi 174 12 5 3 1 1 1 1 0 72. Toshkent shahar “Suvsoz tresti” 3731 261 111 56 49 15 10 10 10 73. “TEGEN PRODUKT EKSKLUZIV” masʼuliyati cheklangan jamiyati 96 6 2 1 1 0 1 1 0 74. “Markazsharobsavdo” unitar korxonasi 158 11 4 2 2 1 1 1 0 75. “203-tajriba Yoʻl mashina stansiyasi” 773 54 23 11 7 4 6 3 0 76. Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati “Choʻtka ishlab chiqarish korxonasi” 87 6 2 1 1 1 1 0 0 77. Sogʻliqni saqlash Boshqarmasi tasarrufidagi, “Tibbiy koʻrik boʻlimi” 169 11 5 2 1 1 1 1 0 78. 3-sonli oilaviy poliklinika 121,25 8 3 2 1 1 1 0 0 79. “1-sonli Energomontaj poyezdi” 364 25 10 5 4 3 2 1 0 80. “Super IMAX” masʼuliyati cheklangan jamiyati 152 10 4 2 2 1 1 0 0 81. “Toshkent shahar yuk vagon deposi” 996 69 29 20 8 5 7 0 0 82. “MK-5” korxonasi 112 7 3 1 1 1 1 0 0 83. Maxsus mexanizatsiyalashgan yoʻl stansiyasi 392 27 11 6 4 3 2 1 0 84. Toshkent davlat “Avtomobil-yoʻllari instituti” 662,5 46 19 10 6 5 4 2 0 85. Mirobod tumani sanoat kasb-hunar kolleji 133 9 3 2 1 1 1 1 0 86. “Shahar Bolalar ruhiy asab kasalliklar shifoxonasi” 245 17 7 6 1 1 1 1 87. Oʻztemiryoʻlovchi Toshkent yoʻlovchilar tashishni tashkil etish filiali 492 34 14 11 4 2 3 0 0 88. “Ist Telekom” masʼuliyati cheklangan jamiyat 314 21 9 7 2 1 1 1 0 89. S.Q.Islombekov nomidagi Oʻzkimyofarm ochiq aksiyadorlik jamiyati 200 14 6 4 1 1 1 1 0 90. Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli 1468 102 44 32 10 6 8 2 0 91. Mirobod tumani Tibbiyot birlashmasi markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi 359 25 10 10 2 1 1 1 0 92. “Sharqenergotaʼmir” qoʻshma korxonasi 238 16 7 3 2 2 1 1 0 JAMI: 41768 2877 1208 747 301 208 250 92 71
