Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (829-son)
22.12.2014
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil, 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 333-modda, 2010-yil, 13-son, 96-modda, 2011-yil, 1-2-son, 4-modda, 2012-yil, 44-son, 507-modda) , ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2014-yil 21-noyabrdagi yigʻilish bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 159 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 1452 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlanganlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarlik hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
2. Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etsinlar;
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. A. Axundjanov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Ushbu qaror 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Eltoyev zimmasiga yuklansin.
Hokim A. DOSMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-dekabr,
829-son
Tuman hokimining 2014-yil 22-dekabrdagi 829-sonli qaroriga ILOVA
Uchtepa tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
roʻyxati
T/r Uchtepa tumanidagi tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarning band qilingan soni (7 foiz hisobida) Shundan Nogironlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. Toshkent tramvayi Unitar korxonasi 881 61,5 2 10 23 3 22,5 1 2. Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi 64 4 1 3 3. Uchtepa Maxsustrans davlat unitar korxonasi 189 13 1 3 5 4 4. 18 Avtobus saroyi 544 38 1 8 20 1 8 5. OʻzMTRK “Maxsus avtokorxonasi” Davlat unitar korxonasi 209 14,5 3 4 4 3,5 6. Sogʻliqni Saqlash Bosh Boshqarmasi Maxsus avtokorxonasi 1258 88 5 10 59 5 1 4 4 7. Davlat Aksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi “Uzagrosugʻurta” 75 5 1 1 1 2 8. Budjetdan tashqari Pensiya Jamgʻarmasi 35 2 1 1 9. Uchtepa tuman Davlat soliq inspeksiyasi 160 11 11 10. Vatanparvar �KT Uchtepa tuman kengashi 56 3,5 2 1.5 11. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 43 3 1 1 1 12. Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi 33 2 1 1 13. “Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik” MChJ Xorijiy korxonasi 171 11,5 1 3 7,5 14. “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” Davlat korxonasi 74 5 1 1 1 1 1 15. Kollektor va drenaj taʼmir va ishlatish boshqarmasi 210 14,5 1 4 6 3,5 16. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 747 52 1 10 10 28 3 17. Oʻzavtoyoʻl DAK “BPIMB” 76 5 2 1 2 18. Maxsusgidroenergomontaj ShK 193 13,5 1 1 10,5 1 19. “Suvloyiha” birlashmasi 38 2,5 1 1,5 20. TIF Milliy bank Uchtepa filiali 115 8 1 1 6 21. AT “Ipoteka-banki”Toshkent viloyat filiali 120 8 1 1 6 22. Davlat tijorat Xalq banki Uchtepa filiali 66 4,5 1 3,5 23. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki “Oʻzsanoatqurilishbank” Uchtepa filiali 106 7 1 6 24. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki “Oʻzsanoatqurilishbank” Al-Xorazmiy filiali 108 7,5 7,5 25. Ochiq Aksiyadorlik Innovatsiya Tijorat Banki “Ipak yoʻli” Oʻrikzor filiali 123 8,5 2 6,5 26. Shahar “2-ZARGARLIK KORXONASI” Davlat korxonasi 25 1,5 1 0,5 27. Qoʻshma korxona “Baypak textile” 200 14 2 12 28. Farhod dehqon bozori 57 3,5 1.5 1 1 29. “Oʻrikzor Savdo kompleksi” 440 30 2 7 14 7 30. Milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji 69 4,5 0.5 1 1 1 1 31. Toshkent soliq kolleji 146 10 1 2 5 2 32. Toshkent Iqtisodiyot va servis kolleji 149 10 1 1 6 1 1 33. Toshkent Qurilish kommunal kasb-hunar kolleji 180 12,5 1 3 4,5 1 3 34. Toshkent yuridik kolleji 157 10,5 1 4.5 3 2 35. Respublika Dizayn kolleji 188 13 2 4 5 2 36. Toshkent Avtomobil yoʻllari instituti qoshidagi akademik litsey 50 3,5 1 1 0,5 1 37. Oʻzbek Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 119 8 1 1 3 3 38. Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti 1270 88,5 6 2 77.5 3 39. Respublika Soliq akademiyasi 157 10,5 1 1 6.5 1 1 40. Uchtepa tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman boʻlimi 40 2,5 1 0,5 1 41. 4-maktab 55 3,5 0.5 1 1 1 42. 14-maktab 48 3 1 1 1 43. 38-maktab 118 8 1 3 2 2 44. 44-maktab 94 6,5 1 2 2.5 1 45. 62-maktab 91 6 1 2 2 1 46. 74-maktab 78 5 1 1 2 1 47. 75-maktab 106 7 1 2 2 2 48. 78-maktab 69 4.5 1 1 1.5 1 49. 81-maktab 88 6 1 2 2 1 50. 106-maktab 81 5,5 1 1 1,5 2 51. 107-maktab 113 7,5 1 2 2 2,5 52. 109-maktab 59 4 1 1 1 1 53. 116-maktab 141 10 1 3 4 2 54. 123-maktab 99 6,5 1 1 2.5 2 55. 129-maktab 70 4,5 1 1 1.5 1 56. 193-maktab 112 7,5 1 2 2.5 2 57. 194-maktab 47 3 1 1 1 58. 197-maktab 105 7 1 1 3 1 1 59. 199-maktab 78 5 1 2 1 1 60. 203-maktab 135 9 1 2 3 3 61. 228-maktab 89 6 1 1 2 2 62. 229-maktab 72 5 1 2 1 1 63. 236-maktab 71 4.5 1 1.5 1 1 64. 238-maktab 90 6 1 2 2 1 65. 245-maktab 64 4,5 1 1 1,5 1 66. 251-maktab 52 3,5 1 1,5 1 67. 283-maktab 85 6 1 2 1 2 68. 287-maktab 96 6,5 1 2 1,5 2 69. 295-maktab 63 4 1 1 1 1 70. 296-maktab 103 7 1 2 2 2 71. 297-maktab 104 7 1 2 2 2 72. 312-maktab 60 4 1 1 1 1 73. 5-maktabgacha taʼlim muassasasi 190 13 1 3 7 2 74. 17-maktabgacha taʼlim muassasasi 39 2,5 1 1 0,5 75. 19-maktabgacha taʼlim muassasasi 68 4,5 3,5 1 76. 20-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 77. 178-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 1 1 78. 186-maktabgacha taʼlim muassasasi 64 4 1 1 1 1 79. 207-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 80. 217-maktabgacha taʼlim muassasasi 52 3,5 1 1 0,5 1 81. 244-maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3 1 1 1 82. 251-maktabgacha taʼlim muassasasi 48 3 1 1 1 83. 252-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 3,5 1 1 0.5 1 84. 328-maktabgacha taʼlim muassasasi 74 5 1 1 1 2 85. 334-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 4 1 1 1 1 86. 338-maktabgacha taʼlim muassasasi 31 2 1 1 87. 340-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 88. 341-maktabgacha taʼlim muassasasi 46 3 1 1 1 89. 346-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 1 2 90. 360-maktabgacha taʼlim muassasasi 50 3 1 1 1 91. 361-maktabgacha taʼlim muassasasi 48 3 1 1 1 92. 365-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 3,5 1 1 1 0,5 93. 386-maktabgacha taʼlim muassasasi 96 6,5 1 2 2 1,5 94. 387-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 2,5 1 1,5 95. 388-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 4 4 96. 393-maktabgacha taʼlim muassasasi 73 5 1 1 2 1 97. 396-maktabgacha taʼlim muassasasi 31 2 1 1 98. 397-maktabgacha taʼlim muassasasi 32 2 1 1 99. 399-maktabgacha taʼlim muassasasi 45 3 3 100. 401-maktabgacha taʼlim muassasasi 55 4 1 1 1 1 101. 404-maktabgacha taʼlim muassasasi 81 5,5 1 1 2,5 1 102. 409-maktabgacha taʼlim muassasasi 57 4 1 1 1 1 103. 411-maktabgacha taʼlim muassasasi 44 3 1 1 1 104. 431-maktabgacha taʼlim muassasasi 61 4 1 1 1 1 105. 436-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 106. 450-maktabgacha taʼlim muassasasi 65 4,5 1 1 1,5 1 107. 453-maktabgacha taʼlim muassasasi 65 4,5 1 1 1,5 1 108. 455-maktabgacha taʼlim muassasasi 66 4,5 1 1 1,5 1 109. 465-maktabgacha taʼlim muassasasi 51 4 1 1 1 1 110. 469-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 4 111. 490-maktabgacha taʼlim muassasasi 36 2,5 1 1,5 112. 492-maktabgacha taʼlim muassasasi 30 2 2 113. 505-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 3,5 1 1 1 0,5 114. 540-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 1 1 1 115. 550-maktabgacha taʼlim muassasasi 60 4 1 3 116. 591-maktabgacha taʼlim muassasasi 33 2 1 1 117. 592-maktabgacha taʼlim muassasasi 112 7,5 1 3.5 3 118. 601-maktabgacha taʼlim muassasasi 65 4,5 1 3,5 119. 603-maktabgacha taʼlim muassasasi 32 2 1 1 120. 604-maktabgacha taʼlim muassasasi 81 5,5 1 2 1,5 1 121. 608-maktabgacha taʼlim muassasasi 32 2 1 1 122. 9-sonli madaniyat va aholi dam olish markazi 21 1 1 123. Ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi 80 5,5 2 3,5 124. Barkamol avlod bolalar mar�azi 38 2,5 1,5 1 125. 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 30 2 1 1 126. 3-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 38 2,5 1,5 1 127. 26-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 34 2 2 128. 27-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 24 1,5 1,5 129. 40-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi 27 1,5 1 0,5 130. 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 39 2,5 1 1 0,5 131. 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 22 1,5 1 0,5 132. 28-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 47 3 1 1 1 133. Tuman tibbiyot birlashmasi markaziy Koʻp tarmoqli poliklinikasi 738 51 1 11 27 12 134. 22-oilaviy poliklinika 195 13,5 1 2 5,5 5 135. 23-oilaviy poliklinika 128 8,5 1 2 3.5 2 136. 24-Oilaviy poliklinika 111 7,5 3,5 4 137. 25 oilaviy poliklinika 112 7,5 1 2 4,5 138. 26-oilaviy poliklinika 117 8 1 2 5 139. 3-stomatologiya poliklinikasi 160 11 1 3 4 3 140. Shahar 9-tugʻruq kompleksi 350 24,5 9 5 10,5 141. Shahar 3-bolalar klinik shifoxonasi 470 32,5 1 9 14 8,5 142. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi 707 49,5 4 10 25,5 10 143. Epidemiologik-mikrobiologik yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti 366 25,5 1 7 10,5 7 144. Respublika Kuz mikroxirurgiya markazi 175 12 1 3 6 2 145. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi 161 11 1 3 5 2 146. Potologoanotomik byuro 79 5,5 2 2 1,5 147. Shahar bolalar Sil kasalligi sihatgohi 141 10 2 6 2 148. Shayxontohur tekstil Qoʻshma korxonasi 407 28 2 23 3 149. MChJ Kichik korxona “Green line profi”l 82 5,5 1 2,5 2 150. MChJ “Vortex Line” 277 19 2 12 5 151. MChJ “Toshkent Sifat Sut” 98 6,5 1 1 4,5 152. MChJ “Bogʻiston non” Xususiy korxonasi 92 6 1 3 2 153. MChJ Sotex tekstile 97 6,5 1 2 3,5 154. OOO Sp “Annur Tek” 95 6,5 1 4,5 1 155. MChJ Murot Shokolad 170 11,5 1 4 3,5 2 1 156. MChJ “KOMBEK” 64 4 1 1 2 157. MChJ Elektroizolit Qoʻshma korxonasi 897 62,5 5 5 37,5 5 5 5 158. Verxolaz MChJ 107 7 1 1 4 1 159. MChJ “Jacksoft MDS” 45 3 1 2 Jami 21286 1452 139,5 269,5 690 35,5 267,5 43 7
