Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1842-3-son)
09.01.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1842-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 26-iyundagi 13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
91-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2014-38-son
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
01/19-26/29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 91, 2014-38, 01/19-26/29-son qaroriga ILOVA
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalovchi tomonidan bitta bogʻliq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 15 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shuʼba xoʻjalik jamiyatlari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
sugʻurtalovchi tomonidan barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 100 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shuʼba xoʻjalik jamiyatlari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);”.
2. 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalovchining har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shuʼba xoʻjalik jamiyatlari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);”.
