Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2315-1-son)
08.01.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2315-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-dekabrdagi 37/10-son qarori (roʻyxat raqami 2315, 2012-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisidan “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-dekabr,
46/3-son
