Oʻzbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar (84-TK-son)
07.09.2010
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “Oʻzstandart”
1. Qoʻllanish sohasi
Ushbu standart Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi (keyinchalik — Tizim) ishini tashkillashtirishning tuzilmasi, vazifalari va asosiy prinsiplarini belgilaydi.
Ushbu standart mahsulotni ishlab chiqaruvchisi, yetkazib beruvchisi, sotuvchi va isteʼmolchilari boʻlgan, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, Davlat ekologik sertifikatlashtirish idoralari, ekoanalitik sinov boʻlinmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy foydalanish uchun moʻljallangan.
2. Meʼyoriy hujjatlarga havolalar
3. Atamalar va taʼriflar
4. Umumiy qoidalar
4.1 Ekologik talablar boʻyicha sertifikatlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasining atrof-muhit muhofazasi va Oʻzbekiston tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish qismi amaldagi huquqiy mexanizmning ajralmas qismi hisoblanadi.
4.2 Tizimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
ekologik xavfsiz, energiya saqlovchi texnologik jarayonlarni, jihozlarni va ishlab chiqarishni joriy etish yoʻli bilan tabiiy resurslardan ratsional foydalanishni taʼminlash;
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirish, qayta ishlash, trnsportda tashish, yoʻq qilish va koʻmish vaqtida atrof-muhitning ekologik xavfsizligini taʼminlash;
barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va foydalanish vaqtida atrof-muhit obyektlarini ifloslanish va chiqindilar bilan toʻlishini oldini olish.
4.3 Tizim faoliyati quyidagi asosiy tamoyillardan tarkib topgan:
Ochiqlik;
Majburiylik;
Omilkorlik;
Obyektivlik;
Mustaqillik;
Xolislik.
4.3.1 Ochiqlik — mahsulotning transportda tashish va ishlab chiqarishda hayotiy davrining barcha pogʻonalarida atrof-muhit uchun xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning ishtiroki uchun Tizim ochiq boʻlishi kerak.
4.3.2 Majburiylik — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tartibi bilan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan obyektlar roʻyxati boʻyicha sertifikatlashtirish amalga oshirilishi kerak.
4.3.3 Omilkorlik — Tizim ishtirokchilari, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zaruriy malakaga, vositalar va vakolatga ega boʻlishlari kerak.
4.3.4 Obyektivlik — sertifikatlashtirish natijalari obyektning haqiqiy holatini aks ettirishi va tasvirlashi kerak, biron-bir korxona, tashkilot, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tahqirlash va ustunlik berish istisno etiladi.
4.3.5 Mustaqillik — obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish uchun arizachi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilarning bevosita taʼsiriga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
4.3.6 Xalqaro va milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan oʻzaro aloqa va hamkorlikni kengaytirishi, ushbu sohada hujjatlarni uygʻunlashtirishi, Tizimni xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga muvofiq birlashtirish imkoniyatini koʻrib chiqishi kerak.
4.3.7 Tizim — boshqa tizimlar bilan bitimlarga asosan ekologik sertifikatlar, attestatlar, ekoxavfsizlik belgilari, sinovlar va tahlillar natijalarini oʻzaro tan olinishi taʼminlashi kerak.
4.4 Tizim, tizimda foydalaniladigan ekologiya sohasidagi meʼyoriy-uslubiy bazani takomillashtirishni koʻzda tutadi.
4.5 Ekologik sertifikatlashtirish qonuniy tartibga solinuvchi doirada majburiy sertifikatlashtirish shaklida, hamda qonuniy tartibga solinmaydigan doirada — ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.
4.6 Tizim davlat boshqaruvi idoralari rahbarligida faoliyat yuritadigan boshqa tekshirish va sertifikatlashtirish tizimlari bilan bitimlar asosida oʻzaro hamkorlik yuritadi. Bitimlar, shu jumladan ushbu tizim amalga oshiradigan sertifikatlashtirish ishlarini tan olish qoida va tartiblarini oʻrnatadi. Oʻzaro tan olish obyektlari sinov bayonnomasi, sertifikatlar va muvofiqlik belgisi hisoblanadi.
4.7 Tizim ishtirokchilari oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy-huquqiy aktlariga amal qiladi.
4.8 Tizimning rasmiy tili deb, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Tizim ishtirokchisining murojaatiga koʻra ekologik sertifikatlar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar huquqiy qoida bilan oʻrnatilgan asl nusxaga mosligini tasdiqlovchi boshqa tilda rasmiylashtirilishi mumkin.
4.9 Tizimning axborot bazasi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan va tizimning axborot-maʼlumot fondiga kiritilgan hujjatlar tashkil etadi:
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiyalangan idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorati laboratoriyalari, ekspert — auditorlar reyestri;
Sertifikatlashtirishgan ekspert-auditorlar reyestri;
Ekologik sertifikatlashtirishdan oʻtgan obyektlar reyestri;
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha maʼlumot, hisobot va boshqa hujjatlar;
Berilgan ekologik sertifikatlar va ekologik xavfsizlik belgilari reyestri;
5. Tizimdagi tashkiliy tuzilma
5.1 Tizim doirasidagi ekologik sertifikatlashtirish faoliyatni muvofiqlashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi.
5.2 Tizimning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va meʼyorlashtirish maxsus vakolatli boshqarmasi (Boshdavekosertifikat).
Ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiyalangan davlat idoralari;
Ekoanalitik sinov laboratoriyalari (ANIDI);
Auditorlik guruhlari;
Tizimning konsultatsion markazlari.
5.3 Tashkiliy tuzilmaga, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga asosan, vakolatlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjali vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa idoralar ham kiradi.
6. Tizim ishtirokchilarining vazifalari va maqsadlari
6.1 Tizimning funksional boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
6.2 Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida standartlashtirish masalalarini echishda standartlashtirish boʻyicha bazaviy tashkilot (SBT) faoliyat yuritadi.
6.3 Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatli boshqaruvi quyidagilarni amalga oshiradi:
ekologik sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini yuritadi, ekologik sertifikatlashtirish ishlarini oʻtkazishda umumiy qoidalarni oʻrnatadi, ular toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni nashr etadi;
Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha dastur loyihalarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga asosan xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qoʻshilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ekologik sertifikatlashtirish natijalarini oʻzaro tan olish bitimlarini tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tizim faoliyati sohasidagi meʼyoriy-huquqiy aktlar loyihalarini kiritadi;
majburiy ekologik sertifikatlashtirish kerak boʻlgan obyektlar roʻyxatini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
ekologiya va tabiatdan foydalanish sohalaridagi qonuniy va meʼyoriy aktlar loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirishni tashkil etadi;
Tizimni xalqaro (hududiy) tizimlarda tanishtiradi;
Tizimning Davlat Reyestrini yuritishda nazoratni amalga oshiradi;
Amaldagi qonunga muvofiq Tizim doirasida amalda boʻlgan turli qarorlarni qabul qiladi.
6.4 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ekologik sertifikatlashtirish idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorat laboratoriyasi oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtishlari kerak.
6.5 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda auditorlik guruhlari va mustaqil ekspertlar oʻz faoliyat yoʻnalishida malakaga, ish stajiga hamda attestatlangan yoki sertifikatlangan kerak.
6.6 Barcha idoralar, laboratoriyalar va auditorlik guruhlari oʻzining faoliyatida tizimning rahbariy va meʼyoriy hujjatlariga amal qiladilar va oʻrnatilgan jarayonlar doirasida ishlarni amalga oshirish va shunga muvofiq xulosalarni qabul qilishda mustaqil hisoblanadi.
6.7 Zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qaroriga koʻra, meʼyoriy hujjatlar talablari va sertifikatlashtirish protseduralarning oʻziga xosligini eʼtiborga olib, tizimda bir turdagi obyektlarni sertifikatlashtirish tizimi va atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi tashkil etilishi mumkin.
6.8 Ekologik sertifikatlashtirish idoralari, oʻrnatilgan tartibda akkreditatlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining mustaqil hududiy qoʻmitalar boʻlinmalari bazasida tashkil etiladi.
6.9 Shuningdek, ekologik sertifikatlashtirish idoralari sifatida, oʻrnatilgan tartibda akkreditatlangan, muvofiq analitik laboratoriyalarga ega, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan bitimga ega, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat boshqaruv idoralarining maxsus boʻlinmalari ham boʻlishi mumkin. Shunday idoralar faoliyatiga jamoat tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin.
6.10 Konsultativ tashkilotlar Tizimning arizachilariga obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga tayyorlash bosqichida tashkiliy va uslubiy yordam koʻrsatishi, shuningdek ularning qiziqishlarini ekologik sertifikatlashtirishni tashkil etish va oʻtkazishda tanishtirishi mumkin.
6.11 Konsultativ tashkilotlar taqdim etiladigan xizmatlarning zarur sifatini taʼminlash maqsadida Tizimda attestatsiya protsedurasini oʻtishlari shart va Tizimning konsultativ tashkilotlar reyestriga kiritilishi kerak.
7. Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari
7.1 Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A va V roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-iyulidagi 318-sonli qaroriga, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mahsulot va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A roʻyxatiga muvofiq ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari;
O`z RN 84.11-5. O`zRN 84.11-14 ga muvofiq texnologik jarayonlar, xizmatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom va 14000 seriyadagi xalqaro standartlarga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish boshqaruv tizimi.
7.2 Tizimda majburiy ekologik sertifikatlashtirish quyidagilarga oʻtkaziladi:
a) majburiy tartibda sertifikatlashtirishga muvofiq mahsulot uchun, mahsulotning barcha hayotiy davri bosqichlarida ekologik xavfsizlikni tasdiqlash maqsadida, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan natijalarni hisobga olib, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ushbu mahsulot standartlariga kiritilgan ekologik talablarni tasdiqlaydi;
v) oʻrnatilgan tartibda nashr etiladigan muvofiq qonunchilik aktlari bilan aniqlanadigan ekologik jihatdan xavfli mahsulot va ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari uchun;
Boshqa hollarda koʻrsatilgan obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, chiqindilarni esa — ushbu standartning 8-boʻlimiga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
8. Tizimda ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazishga muvofiq meʼyoriy hujjatlar
8.1 Tizimning meʼyoriy hujjatlari majburiy ekologik sertifikatlashtirish oʻtkazishni tartibga soladi va mahsulotlar, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari, xizmatlar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish, atrof-muhitni boshqarish tizimlari, mahalliy, shuningdek importga ishlab chiqariladigan boshqa obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga taalluqli.
8.2 Ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan muvofiq meʼyoriy hujjatlar — texnik reglamentlar va standartlar, sanitar meʼyor va qoidalar, qurilish meʼyorlari va qoidalari va ishlatilishi majburiy boʻlgan ekologik xavfsizlik meʼyorlarini oʻrnatuvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar boʻlishi mumkin.
8.3 Ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun, ushbu hujjatlar jalb etilgan holda sudda munozarali masalalar koʻriladigan holatlarda, ekspert xulosasi olingan faqat oʻsha meʼyoriy hujjatlargina yaroqlidir.
8.4 Oʻlchashlar bajarilishining uslubiyatlari oʻlchashlar natijalari xatoligini baholashni oʻz ichiga olishi va oʻlchashlar oʻtkazishning real sharoitlarida oʻrnatilgan aniqlikni taʼminlashi kerak. Oʻlchashlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan oʻlchashlar bajarilishining attestatlangan uslubiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
8.5 Ishlatiladigan oʻlchov vositalari oʻrnatilgan aniqlik bilan qonuniy birliklarda oʻlchashlar natijalarini taʼminlashi va qoʻllash shartlariga muvofiq boʻlishi kerak. Oʻlchash vositalari oʻrnatilgan tartibda qiyoslanishi va kalibrlanishi kerak.
Izoh: Ekologik sertifikatlashtirishning baʼzi obyektlari uchun ekologik talablarni bajarishning sifat koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: meʼyoriy hujjatlarda oʻrnatilgan organoleptik, ekspertlik, ijtimoiy.
9. Ekologik sertifikatlashtirish obyektlarining koʻrsatkichlari
9.1 Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar va ishlab chiqarish chiqindilar va texnologik jarayonlar uchun sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan mahsulot, xizmatlar va chiqindilarning standartlariga aniq koʻrsatkichlar va meʼyorlar kiritish yoʻli bilan oʻrnatiladi va toʻldiriladi.
9.2 Korxonalar, ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
atmosferaga chiqariladigan ifloslangan moddalarning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
harakatdagi vositalardan chiquvchi gazlardagi zararli moddalari meʼyoriy tarkibi;
oqova suvlar bilan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashning tashkil etish meʼyorlari va limitlari (YQChM).
Ekologik talablari koʻrsatilib, majburiy ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan, obyektlar roʻyxati V ilovada berilgan.
9.3 Majburiy sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan mahsulot va chiqindilarni transchegaraviy tashishda sertifikatlashtirish koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
Transportda tashish, oʻrab joylash va saqlashga talablar;
Mahsulotning hayotiy davri bosqichlarida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar tarkibiga talablar;
Mahsulot va/yoki chiqindidan ikkilamchi foydalanishda yaroqliligi;
Sanitar — himoya hududi havosida yoʻl qoʻyilgan chegaraviy konsentratsiya;
Ekologik talablari koʻrsatilib, ekologik sertifikatlashtirish oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxati S ilovada berilgan.
10. Boshqa idoralar bilan oʻzaro aloqa tartibi
10.1 Obyektning ekologik xavfsizligini tasdiqlashda, gigiyenik talablarni tasdiqlash zarur boʻlgan hollarda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi idoralari bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
10.2 Obyektning ekologik sertifikatlashtirishda, tabiiy resurslarni qazib olish va foydalanish (foydali qazilmalarni) holatlari kuzatilsa, shuningdek ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari bilan muomalada, xususan ulardan foydalanish, yoʻq qilish va koʻmishda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zaruriyatga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal — maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi, radioaktiv chiqindilar holatida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralari jalb etiladi.
10.3 Obyektni ekologik sertifikatlashtirishda uni qurilish meʼyor va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlash holatlarida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zarur boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
10.4 Majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektlarning transchegaraviy tashilishida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi idoralari bilan oʻzaro faoliyat yuritadi.
10.5 Mahsulot va chiqindilarni ekologik xavfsizligini tasdiqlash uchun transportda tashish, saqlash, mahsulotni maxsus tavsiflarini tamgʻalash, shuningdek ikkilamchi resurs sifatida ishlatishni yoki yoʻq qilish, zararsizlantirish va/yoki atrof-muhitda joylashtirish uchun, mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarni aniqlash sinovlari oʻtkazilganida, aloqadorligidan qatʼiy nazar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari natijalari qabul qilinadi.
10.6 Mahsulotga muvofiqlik sertifikati ekologik sertifikat mavjudligida yoki ushbu mahsulotga ekologik xulosa va boshqa hujjatlar (zaruriyat boʻlganida) mavjudligida beriladi.
10.7 Oʻzaro aloqa tartibi manfaatdor taraflarning oʻzaro bitimiga koʻra aniqlanadi.
A ILOVA (majburiy)
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik sertifikatlashtirish davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi
V ILOVA (majburiy)
Majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektlari
roʻyxati
S ILOVA (majburiy)
Transchegaraviy tashishda majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan mahsulot va chiqindilarning
roʻyxati
