Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga ayrim vakolatlar berish toʻgʻrisida (640-XII-son)
02.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqillik asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va sobiq SSSRning Oliy sudi tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Sobiq SSSRning Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga nisbatan chiqargan sudlov qarorlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1985 — 1989-yillarda chiqargan ayrim qarorlarini qayta koʻrib chiqish vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
640-XII-son
