Ulyanov rayoni va Ulyanovsk aholi punktining tarixiy nomlarini tiklash toʻgʻrisida (700-XII-son)
22.10.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Qashqadaryo viloyat hokimi va xalq deputatlari Ulyanov rayon sovetining iltimoslari qondirilib, Ulyanov rayonining Kasbi degan, rayonning maʼmuriy markazi — Ulyanovsk aholi punktining Mugʻlon degan tarixiy nomlari tiklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 22-oktabr,
700-XII-son
