Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (369-son)
29.12.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi, shu jumladan, sinovlarning quyidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi — oʻsimliklarning yangi navlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — yangi hayvon zotlari boʻyicha.
3. Belgilab qoʻyilsinki, hayvonlarning yangi zotlari boʻyicha talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan hayvonlarning yangi zotlari yaratilgan tashkilotlar — chorva naslchiligi subyektlarida oʻtkaziladi.
31. Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar boʻyicha patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlangan davlat bojining (patent bojining) seleksiya yutuqlarini roʻyxatga oluvchi davlat organiga tegishli qismi ushbu ekspertizani oʻtkazgan ixtisoslashtirilgan tashkilotga toʻliq oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazish uslubiyotini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-dekabr,
369-son
