Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (2643-son)
26.12.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2643]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 116, 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2551, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 27-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-dekabr,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-dekabr,
2014-37-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi 84 va 2014-37-son qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari
soʻm T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 7 700 5 500 2 700 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/kunga 7 700 5 500 2 700 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak,qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 7 700 5 500 2 700 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, suli, arpa va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 600 2 700 1 400 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/kunga 3 600 2 700 1 400 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k. 1 oʻrin/kunga 4 600 2 700 2 000 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 4 600 2 700 2 000 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan, issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 4 600 2 700 2 000 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4 200 2 000 1 400 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 4 600 2 700 2 000 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 6 900 4 300 2 500 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 8 200 5 600 3 100 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar 1 oʻrin/kunga 3 700 2 500 1 200 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 2 800 2 000 1 100 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 6 900 4 100 2 700 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv metrgacha) 1 oʻrin/kunga 1 400 1 400 1 400 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k. 1 oʻrin/kunga 6 900 4 200 2 700 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 8 200 4 300 3 200 yuk avtomashinalardan 1 mashina 12 500 7 400 4 300 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 23 800 7 500 4 300 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5 000 3 700 1 800 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k. 1 mashina 8 200 5 000 3 200 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv metrgacha 1 oʻrin/kunga 3 700 2 400 1 800 6 kv metrdan — 15 kv metrgacha 1 oʻrin/kunga 6 200 3 700 2 400 15 kv metrdan — 30 kv metrgacha 1 oʻrin/kunga 8 800 5 000 3 700 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv metrgacha) 1 oʻrin/kunga 3 700 2 400 1 800 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 5 500 3 400 3 000 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 3 200 2 500 1 900 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 19 500 7 000 7 000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 27 700 8 200 8 200 mototsikl, motoreller va mopedlar 1 dona 2 700 2 700 2 700 velosipedlar 1 dona 2 000 2 000 2 000 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 9 000 6 200 2 700 boʻtaloq, eshak 1 bosh 4 400 3 200 1 900 8.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 9 000 6 100 2 700 buzoq 1 bosh 4 400 3 100 2 200 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k.) 1 bosh 3 500 3 100 1 400 qoʻzi, uloq 1 bosh 1 900 1 500 1 000 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 3 500 3 200 1 400 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1 000 800 800 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1 000 800 800 10. Itlar �a mushuklar 1 oʻrin/kunga 3 500 3 200 1 400 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 3 500 3 200 1 400 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 1 300 1 000 800 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 3 800 3 400 1 600 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 3 300 1 300 1 000
II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari
soʻm T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 31 200 15 000 7 400 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 27 500 12 500 6 200 Umumiy ovqatlanish 1 kv. m./oyiga 31 200 15 000 7 400 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. m./oyiga 11 300 5 600 3 700 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) 1 kv. m./oyiga 12 500 6 200 3 700 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 1 400 900 600 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg gacha 1 kunga 2 700 1 400 1 000 150 kg dan 1500 kg gacha 1 kunga 9 600 7 000 5 400 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k.) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1 400 1 000 600 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 400 300 200 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1 400 1 000 600 2.6. Aravachalar uchun 1 kunga 1 400 1 000 600 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv metr) 1 kunga 1 400 1 000 600 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 2 200 2 000 2 000 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunga 1 400 1 400 1 400 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1 400 1 400 1 400 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 2 000 1 300 1 000 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1 300 800 600 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1 400 1 400 1 000 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 10 000 2 500 1 800 yuksiz 1-marta oʻlchash 6 200 1 800 1 400 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 4 400 1 500 1 200 yuksiz 1-marta oʻlchash 3 200 1 300 1 000 yengil avtomashi�alardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3 700 1 300 1 000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 000 1 000 800 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 4 400 1 500 1 200 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 500 1 300 1 000 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 6 900 4 200 4 100 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1 200 600 500 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 1 500 800 600 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 400 300 200 3.8. Telefondan foydalanish 1-marta 200 100 100 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 400 300 200 3.10. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv. m./oyiga 4 800 4 000 2 800
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326 sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
III. Mazkur Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 24-dekabr
