Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomning ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (1915-3-son)
19.12.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1915-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 11-fevraldagi 2009-12-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1915, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 122-modda) ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-noyabr,
2014-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 27-noyabrdagi 2014-31-son buyrugʻiga ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Yigʻma jild indeksi Yigʻmajild nomi Yigʻmajild soni (jildlar) Yigʻmajild saqlanish muddati* Eslatma 1 2 3 4 5 01 — Rahbariyat 01-01 Ustav, taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror va shartnoma, professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Doimiy, 31a, 32, 40-moddalar 01-02 Professional ishtirokchining ichki hujjatlari (ichki nazorat toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, professional ishtirokchining axborot xavfsizligi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma va shu kabilar) Doimiy1, 27a-modda Bir davlat arxiviga kirim qilinganda hujjatlarning saqlanishi rahbar organidan qabul qilinadi 01-03 Professional ishtirokchining filiallari yoki vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlari Doimiy, 34-modda 01-04 Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma, eskiz bilan) Doimiy, 33-modda 01-05 Professional ishtirokchi boshqaruv organlari yigʻilishlarining bayonnomalari Doimiy2, 18a, j-modda 2Maʼlumot uchun yuborilgani — zarurati oʻtgunga qadar 01-06 Professional ishtirokchining asosiy faoliyatga doir buyruqlari Doimiy1, 25a-modda 1Maʼlumot uchun yuborilgani zarurati oʻtgunga qadar 01-07 Professional ishtirokchining maʼmuriy-xoʻjalik masalalariga doir buyruqlari 5 yil, 25g-modda 01-08 Professional ishtirokchining mijozlarini lozim darajada tekshirishga doir hujjatlar 5 yil1 1Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ishlar munosabatlari tugatilganidan soʻng 01-09 Mulkiy sugʻurta shartnomalari 5 yil1, 377-modda 1Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 01-10 Professional ishtirokchining saqlashga topshirilgan, doimiy saqlanadigan yigʻmajildlari roʻyxati Doimiy1, 129a-modda 1Tasdiqlanmaganlari — zarurati oʻtgunga qadar 01-11 Professional ishtirokchining saqlashga topshirilgan, vaqtinchalik saqlanadigan yigʻmajildlari roʻyxati 5 yil2, 129b-modda 1Yigʻmajildlar yoʻq qilinganidan soʻng 01-12 Ichki hujjatlarni (buyruq, nizom, yoʻriqnoma, ustav va shu kabilarni) hisobga olish jurnallari Doimiy1, 120a-modda 1Tashkilotlarda saqlanadi. Agarda ilmiy-maʼlumotnoma apparati sifatida foydalanishi mumkin boʻlsa, davlat arxiviga qabul qilinishi lozim. 01-13 Kiruvchi va chiquvchi xat-xabarni hisobga olish jurnallari 5 yil 01-14 Kelib tushgan va chiqib ketgan hujjatlarni idoraviy arxivda hisobga olish uchun hisobga olish kitoblari Davlat saqlashiga berilmaydi, tashkilotda saqlanadi 137-modda 01-15 Idoraviy arxivdan berilgan hujjatlarni hisobga olish kartochka-oʻrinbosarlari 5 yil1 1Yigʻmajildni qaytarish sharti bilan 01-16 Xodimlarning shaxsiy yigʻmajildlari (arizalar, tarjimai hollar, buyruqlar nusxalari, buyruqlardan koʻchirmalar, tavsifnomalar, anketalar) 75 yil ETK, 588b-modda 01-17 Malaka talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar (malaka guvohnomasi, ish staji) Talab qilib olinguniga qadar1, 593-modda 1Talab qilib olinmaganlari kamida 50 y. 01-18 Professional ishtirokchining shaxsiy tarkibga doir buyruqlari 75 yil ETK, 25b-modda 01-19 Shaxsiy tarkibga doir buyruqlarga asos boʻluvchi hujjatlar (arizalar, tushuntirish xatlari va shu kabilar) 5 yil, 587-modda 01-20 Shaxsiy yigʻmajildlar tarkibiga kirmagan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va kelishuvlari 75 yil ETK, 589-modda 01-21 Xodimlarning (shu jumladan vaqtinchalik ishlayotgan xodimlarning) shaxsiy kartochkalari 75 yil ETK, 590-modda 01-22 Mehnat daftarchalari va ularning ilovalarini berish kitoblari (jurnallari) 75 yil ETK, 616d-modda 01-23 Fondlar yigʻmajildlari (fondlarga tarixiy maʼlumotnomalar, yigʻmajildlar mavjudligi va holatini tekshirish dalolatnomalari, hujjatlarni davlat saqlashiga qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, professional ishtirokchi hujjatlarini yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi, hujjatlarning yetishmasligi va tuzatib boʻlmaydigan shikastlanishlari toʻgʻrisidagi dalolatnomalar) Tashkilotlarda saqlanadi1, 127-modda 1Tashkilot tugatilganda davlat saqlanishiga topshiriladi 01-24 Fond varagʻi Doimiy, 128-modda 02 — Buxgalteriya hujjatlari 02-01 Ustav fondining shakllanishini, professional ishtirokchining majburiy normativlar tizimi talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar (yillik buxgalteriya balansi, auditor xulosalari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organga bildirishnomalar va shu kabilar) Doimiy, 231, 310b, 80-moddalar 02-02 Yillik yigʻma buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari) Doimiy, 310a-modda 02-03 Yillik buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari) Doimiy, 310b-modda 02-04 Choraklik buxgalteriya hisoboti hujjatlari (professional ishtirokchining buxgalteriya hisobotlari, balanslari, ularga tushuntirish xatlari) 5 yil1, 310v-modda 1Yillik hisobotlar mavjud boʻlmaganda — doimiy 02-05 Xodimlarning shaxsiy hisobvaraqlari 75 yil ETK, 327a-modda 02-06 Hisob-kitob (hisob-kitob-toʻlov) qaydnomalari 5 yil1, 331-modda 1Shaxsiy hisobvaraqlar mavjud boʻlmaganda — 75 y. 02-07 Buxgalteriya yozuvlari uchun asos boʻladigan birlamchi hujjatlar va ularga ilovalar (kassa, bank hujjatlari, bank topshiriqnomalari, pul vositalarini deponentlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, banklardan koʻchirmalar, blok — hisob raqamlari, qaydnomalar, avizo, chek daftarchalarining milklari, schyot-fakturalar, ishga naryadlar, mol-mulkni qabul qilish, topshirish va hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, tabellar, kvitansiyalar, yuk xatlar, avans, tovar hisobotlari) 5 yil1, 326-modda 1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi 02-08 Professional ishtirokchi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati taftishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar (dalolatnomalar, maʼlumotnomalar, bildirishnomalar, xulosalar) 5 yil1, 357-modda 1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi 03 — Investitsiya vositachisining professional faoliyatiga doir hujjatlar 03-01 Fond birjasida sotilgan davlat aktivlariga doir bitimlar toʻgʻrisidagi hisobotlar 5 yil1, 369-modda 1Soʻndirilgandan keyin 03-02 Brokerlar va dilerlarning qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlari 5 yil1, 369-modda 1Soʻndir�lgandan keyin 03-03 Maʼlum sanada sotilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobotlar 5 yil1, 369-modda 1Soʻndirilgandan keyin 03-04 Amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha reyestrlar 5 yil1, 369-modda 1Soʻndirilgandan keyin 03-05 Aksiyalar paketi fond birjasi savdolariga joylashtirilgan, xususiylashtirilgan korxonalar roʻyxatlari Doimiy1, 280-modda 1Tashkilotda hujjatlar nusxalarining asli mavjud boʻlganda — zarurati oʻtgunga qadar 03-06 Mijoz pul vositalarining kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomalari, banklardan koʻchirmalar, dalolatnomalar) 5 yil1, 326-modda 1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi 03-07 Tanlov savdolari bayonnomalaridan koʻchirmalar 10 yil 03-08 Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 03-09 Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga depo topshiriqnomalari 15 yil 03-10 Fond birjasiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga topshiriqnomalar 15 yil 04 — Depozitariyning professional faoliyatiga doir hujjatlar 04-01 Depozitariyning mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisobotlari 5 yil 04-02 Depo hisobvaragʻini tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalar 5 yil 04-03 Yuridik shaxslar / jismoniy shaxslar depo hisobvaraqlarining anketalari, imzolar namunalari va muhr izi bilan 15 yil 04-04 Yuridik shaxslar / jismoniy shaxslar depo hisobvaraqlarining kartochkalari, imzolar namunalari va muhr izi bilan 15 yil 04-05 Depo hisobvaragʻini, vakillik depo hisobvaragʻini, emissiyaviy depo hisobvaragʻini va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi depo hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359, 226-moddalar 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 04-06 Qimm�tli qogʻozlarga doir bitimlar (oldi-sotdi, ayirboshlash, sovgʻa qilish, meros qoldirish, garovga qoʻyish va boshqa harakatlar) boʻyicha shartnomalar 5 yil ETK1, 285-modda 1Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 04-07 Savdo tizimi ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi depozitar shartnomalar 5 yil1, 447-modda 1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng 04-08 Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri Doimiy, 57-modda 04-09 Qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun qabul qilishga yoki saqlashdan chiqarishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-10 Qimmatli qogʻozlarni hisobga kiritishga / hisobdan chiqarishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-11 Qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-12 Depo hisobvaraqlari anketalariga / kartochkalariga oʻzgartirishlar kiritishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-13 Depo hisobvaragʻini ochishga/yopishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-14 Operatorni tayinlashga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-15 Qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-16 Qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan chiqarishga depo topshiriqnomalari 15 yil 04-17 Qimmatli qogʻozlarni garovga topshirishga / qimmatli qogʻozlarni garovdan qaytarib olishga depo topshiriqnomalari 15 yil 05 — Investitsiya fondining professional faoliyatiga doir hujjatlar 05-01 Investitsiya fondining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlari Doimiy, 370a,b-modda 05-02 Investitsiya fondining investitsiya portfeliga tegishli hujjatlar (hisobotlar, hisobvaraq, biznes-rejalar, dalolatnomalar, emissiya risolasi) 25 yil 05-03 Investitsiya fondining investitsiya portfeli korxonalaridagi ulushi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisobotlar, hisobvaraq, biznes-rejalar, dalolatnomalar, emissiya risolasi) 15 yil 05-04 Kuzatuv kengashi aʼzolariga, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisiga, depozitariyga mukofotlar toʻlanganligiga doir hujjatlar (topshiriqnomalar, depo topshiriqnomalari, dalolatnomalar, orderlar, qaydnomalar, koʻchirmalar) 5 yil1, 326-modda 1Taftishlar tugashi sharti bilan. Bahslar, tushunmovchiliklar, tergov va sud ishlari yuzaga kelgan taqdirda oxirgi qaror chiqarilguniga qadar saqlanadi 05-05 Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan tuzilgan shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 06 — Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining professional faoliyatiga doir hujjatlar 06-01 Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlari Doimiy, 370a,b-modda 06-02 Bajarilgan ishlar dalolatnomalari 5 yil, 337-modda 06-03 Investitsiya aktivlarini boshqarish toʻgʻrisidagi shartnomalar (investitsiya fondi, xususiylashtirish investitsiya fondi va boshqalarning) 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 06-04 Depozitariyga aksiyadorlar reyestrlarini taqdim etishga depo topshiriqnomalari 15 yil 06-05 Aksiyadorlarga dividendlar toʻlashga topshiriqnomalar (investitsiya fondi, xususiylashtirish investitsiya fondi va boshqalarga) 15 yil 06-06 Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun qabul qilishga yoki saqlashdan chiqarishga depo topshiriqnomalari 15 yil 06-07 Hisob-kitob-kliring palatasiga qimmatli qogʻozlarni savdoga chiqarish yoki savdodan olishga topshiriqnomalar 15 yil 07 — Investitsiya maslahatchisining professional faoliyatiga doir hujjatlar 07-01 Investitsiya maslahatchisining mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisobotlari Doimiy1 1Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilgandan soʻng 07-02 Bajarilgan ishlar dalolatnomalari 5 yil, 337-modda 07-03 Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 07-04 Professional ishtirokchilar bilan oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻris�dagi shartnomalar 5 yil1 447-modda 1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng 07-05 Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarning emissiya risolalariga doir axborotlarni taqdim etishga depo topshiriqnomalari 15 yil 08 — Transfer-agentning professional faoliyatiga doir hujjatlar 08-01 Transfer-agentning qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar nat�jalari boʻyicha hisobotlari Doimiy1 1Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilguniga qadar 08-02 Bajarilgan ishlar dalolatnomalari 5 yil, 337-modda 08-03 Mijozlar bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 08-04 Depozitariylar bilan oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1, 447-modda 1Shartnomaning muddati tugaganidan soʻng 08-05 Depozitariyga qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni roʻyxatga olishga depo topshiriqnomalari 15 yil 08-06 Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni egalarining depo hisobvaraqlaridan chiqarish yoki egalarining depo hisobvaraqlariga joylashtirishga depo topshiriqnomalari 15 yil 08-07 Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini taqdim etishga depo topshiriqnomalari 15 yil 08-08 Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlarning emissiya risolalariga doir axborotlarni taqdim etishga depo topshiriqnomalari 15 yil 09 — Qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining hujjatlari 09-01 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisining qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha hisobotlari Doimiy1 1Davlat arxivlarining butlash manbalari boʻlmagan tashkilotlarda, tashkilot tugatilguniga qadar 09-02 Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha yillik hisobotlar Doimiy, 370a-modda 09-03 Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha yarim yillik hisobotlar 10 yil, 370b-modda 09-04 Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha choraklik hisobotlar 10 yil, 370b-modda 09-05 Qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish topshiriqnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, majburiyatlar qaydnomasiga ishlov berish toʻgʻrisidagi, fond birjasida / birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar kliringi boʻyicha oylik hisobotlar 5 yil, 370v-modda 09-06 Savdolar yakunlari boʻyicha bitimlar reyestrlari 5 yil1, 369-modda 1Soʻndirilgandan keyin 09-07 Savdo jarayonida naqd qimmatli qogʻozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari 5 yil, 337-modda 09-08 Fond birjasida tuzilgan bitimlarga doir majburiyatlar qaydnomalari 15 yil1 1Majburiyatlar bajarilganidan soʻng 09-09 Mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga / sotishga buyurtmalari 5 yil ETK 09-10 Pul vositalarining qaytarilishiga buyurtmalar (yuridik shaxs / jismoniy shaxs) 5 yil 09-11 Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 09-12 Mijozlar bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar 5 yil1 ETK, 359-modda 1Taftishlar tugatilishi sharti bilan shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng 09-13 Fond birjasida tuzilgan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berishga topshiriqnomalar 15 yil 09-14 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisobga kiritishga / hisobdan chiqarishga topshiriqnomalar 15 yil 09-15 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha depozitariylararo oʻtkazishlar uchun yetkazib berishga topshiriqnomalar 15 yil 09-16 Qimmatli qogʻozlarning fond birjasida tuzilgan bitimlar boʻyicha depozitariylararo oʻtkazishlar uchun yetkazib berishga topshiriqnomalar 15 yil 09-17 Bitimlar bekor qilinganidan soʻng qimmatli qogʻozlarni blokirovkadan chiqarishga topshiriqnomalar 15 yil 09-18 Depozitariyga qimmatli qogʻozlarni savdoga blokirovkalashga elektron depo topshiriqnomalari 15 yil 09-19 Hisob-kitob-kliring palatasiga savdolar natijalari boʻyicha bitimlarning elektron reyestrlari 15 yil 09-20 Depozitariyga xaridorlarga — mijozlarga savdo hisobvaraqlarni ochishga elektron depo topshiriqnomalari 5 yil
* Ushbu yigʻmajildlarning namunaviy nomenklaturasida koʻrsatilgan moddalar saqlash muddatlari koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan boshqaruv hujjatlarining namunaviy roʻyxatidan olingan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” Agentligi, Toshkent, 2012-y.).
Izoh: namunaviy yigʻmajildlar nomenklaturasi yigʻmajildlarining roʻyxati professional ishtirokchilarning professional faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib toʻldirilishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar va bitimlarini hisobga olish, ularning hisobi boʻyicha hujjatlarni saqlash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVANING davomi
Mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori oʻrinbosari D. KUChAROVA
2014-yil 27-noyabr
