“Mahalla” maʼrifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli telekoʻrsatuvlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2273-son)
17.12.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika aholisini, ayniqsa yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining roli va ahamiyati toʻgʻrisida keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, oila qadriyatlarini mustahkamlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli yordam koʻrsatish, bandlikni taʼminlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy yashash sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish sohasida mahalla faoliyati tajribasini har taraflama yoritish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan quyidagi:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida davlat unitar korxonasi shaklidagi yangi kechayu-kunduz ishlaydigan raqamli respublika “Mahalla” maʼrifiy teleradiokanalini tashkil etish;
“Mashʼal” radiokanalini “Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi (DUK)dan yangi tashkil etilayotgan “Mahalla” teleradiokanali tarkibiga mavjud shtat birligi va belgilangan xarajatlar smetasi bilan birga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar “Mahalla” teleradiokanali” DUK faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixi davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma — mahalla institutining jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishdagi, aholi uchun hayotiy muhim ijtimoiy masalalarni yechish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtishdan iborat maqsadli vazifaga erishishdagi roli va ahamiyati toʻgʻrisida mamlakatimiz aholisini keng xabardor qilish, shuningdek mahallaning har tomonlama rivojlanishini va samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish tajribasini yoritish;
jamiyatda yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirishda, milliy urf-odatlar va anʼanalarni avaylab-asrash va hurmat qilish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash va mustahkamlashda, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlashda mahalla institutining roli va ahamiyatini namoyon etadigan dasturlar yaratish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy sharoitni, oʻzaro hurmat va totuvlik muhitini shakllantirish, keksalarga boʻlgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, oʻsib kelayotgan avlodni, ayniqsa qizlarni tarbiyalashga koʻmaklashish, erta nikohlarning oldini olish, yigit va qizlarni sogʻlom va mustahkam oila qurish uchun maʼnaviy-ruhiy jihatdan tayyorlash, toʻy hamda boshqa tantana va marosimlarni ortiqcha dabdabalarsiz oʻtkazishni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishni tashkil qilish yuzasidan namunali mahallalar faoliyatining ilgʻor tajribalarini ommalashtirish boʻyicha teleradiodasturlar tayyorlash;
aholi bandligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilikni va oilaviy biznesni rivojlantirish, mahalla ijtimoiy infratuzilmasining darajasi va sifatini oshirish, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini yechishda mahalla faoliyatini keng yoritish;
mahallalarning pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot, xalq taʼlimi, madaniyat va sport organlari, jamoat tuzilmalari bilan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga doimiy eʼtiborda boʻlish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, diniy maʼrifat, kasb-hunar kollejlari va litsey bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalalarida ijtimoiy hamkorlik qilishni kengaytirish, shuningdek ushbu masalalarda qonunchilikka rioya qilinishi va davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahalla funksiyalarini kuchaytirish boʻyicha teleradiodasturlar tashkil etish.
3. Quyidagilar:
“Mahalla” teleradiokanali” DUK xodimlarining cheklangan shtat soni 154 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 10 nafar, ulardan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar xodimlari sonini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladigan xodimlar soni 91 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlarining umumiy shtat soni 4 657 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari soni 213 nafar boʻlgan yangilangan tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparatining xodimlari cheklangan shtat soni 230 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari soni 58 nafar boʻlgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Mahalla” teleradiokanali” DUK xodimlariga Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faoliyat koʻrsatayotgan teleradiokanallari xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yilning oxirigacha “Mahalla” teleradiokanali” DUKni moliyalashtirish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar xodimlarining shtat sonini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 2015-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
5. Yangi tashkil etilayotgan “Mahalla” teleradiokanali” DUK Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 69-uy manzilidagi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi binolariga joylashtirilsin.
6. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab, raqamli formatda televizion koʻrsatuvlarning oʻrtacha sutkalik hajmlari 4-ilovaga muvofiq belgilansin, bunda 2015 — 2020-yillarda “Navo” telekanalini bosqichma-bosqich oʻz xarajatlarini oʻzi toʻliq qoplashga oʻtkazilishi hamda “Madaniyat va ma'rifat”, “Dunyo bo'ylab”, “Kinoteatr” telekanallari va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining hududiy boʻlinmalari xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari daromadlar ulushining koʻpaytirilishi nazarda tutilsin.
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-dekabr,
PQ-2273-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga 1-ILOVA
“Mahalla” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining
TASHKILIY TUZILMASI
Direktor Badiiy kengash Direktor oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari Buxgalteriya 2 Moliya-iqtisodiyot boʻlimi 2 Maʼrifiy-tarbiyaviy dasturlar tahririyati 16 “Mahalla” radiokanali 34 Kadrlar boʻlimi 2 Marketing boʻyicha bosh mutaxassis 1 Yurist 1 Ijtimoiy-huquqiy dasturlar tahririyati 16 Moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha mutaxassis 1 Koʻrsatuvlarni taʼminlash xizmati 6 Tok-shou dasturlar tahririyati 15 Koʻrsatuvlarni rejalashtirish shuʼbasi 2 Umumiy boʻlim 2 Badiiy-maʼrifiy dasturlar tahririyati 15 Kompyuterlashaxborotlashtirish va mediatexnologiyalar shoʻbasi 2 Bosh rejissor xizmati (operatorlar, ovoz rejissorlar, montaj ustalar, rassomlar guruhi) 23 Mediametriya va reyting shoʻbasi 2 Efirga uzatishi boʻyicha bosh rejissor xizmati (efir guruhi, anonslar, videoteka) 12 Texnikani rejalashtirish va taqsimlash guruhi 2
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 154 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 10 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimining tashkiliy
TUZILMASI
Oʻzbekiston MTRK 230 (58) Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasi 204 (4) Namangan viloyati teleradiokompaniyasi 86 (4) “O'zbekiston” teleradiokanali” DUK 486 (11) “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati 414 (8) “Respublika teleradiomarkazi” DUK 941 (14) “Oʻzbekiston” tyelekanali 342 “Yoshlar” telekanali 233 Toshkent telemarkazi 631 Andijon viloyati teleradiokompaniyasi 72 (4) Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi 67 (3) “Oʻzbekiston” radiokanali 91 “Yoshlar” radiokanali 54 Toshkent radioeshittirish, ovozeshittirish va ovoz yozish uyi 122 Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi 67 (3) “Oilaviy” telekanali 53 “Bolajon” telekanali 101 Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi 74,5 (4) Nukus teleradiomarkazi 188 “Navo” telekanali 26 “Srort”teleradiokanali” DUK 181 (7) Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi 57,5 (3) “O'zbekiston MTRK Mediamarkazi” DK 255 (9) Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi 49 (3) “Toshkent” teleradiokanali” DUK 179 (8) “Madaniyat va ma`rifat” teleradiokanali” DUK 227 (9) Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi 72 (4) Axborot-tahlil multimediya markazi 9 “Madaniyat va ma`rifat” telekanali 180 Fargʻona viloyati teleradiokompaniyasi 82 (4) “Toshkent” telekanali 141 “Maxsus avtokorxona” DUK 209 (7) Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi 58,5 (3) “Diyor” telekanali 47 “Toshkent” radiokanali 38 Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi 88 (3) GUP “Pansionat “Oqtosh” DUK 43 + 25 (2) “Dunyo bo`ylab” teleradiokanali” DUK 171 (9) “Mahalla” teleradiokanali” DUK 154 (11) “MTRK Poliklinikasi” DUK 55,3 (3) “Dunyo bo`ylab” telekanali 151 “Mahalla” telekanali 119 “Kinoteatr” telekanali 20 “Mash`al” radiokanali 35 “O'zbektelefilm” davlat unitar korxonasi 100 (7)
Xodimlarning umumiy soni — 4 657 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 213 nafar, budjet tashkilotlari ishchilari soni — 2 841,5 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 172 nafar; xoʻjalik hisobidagi korxonalar ishchilari soni — 1 815,5 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 41 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparatining
TASHKILIY TUZILMASI
Rais Raisning birinchi oʻrinbosari Raisning birinchi oʻrinbosari Raisning oʻrinbosari Raisning oʻrinbosari Buxgalteriya 5 . . Teleradio koʻrsatuvlarni monitoring va tahlil qilish boʻlimi 18 Texnik nazorat va texnologiyalar boshqarmasi 15 Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi 7 Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi 6 Xalqaro aloqalar boʻlimi 5 Rejim va xavfsizlik boʻlimi 5 Yuridik boʻlim 2 Teleradio koʻrsatuvlarni muvofiqlashtirish va rejalashtirish boʻlimi 6 Kompyuter, axborotlashtirish va mediatexnologiyalar markazi 9 Investitsiyalar boʻlimi 2 Ishlar boshqarmasi 7 Ikkinchi boʻlim 2 Istiqbolli medialoyihalarni ishlab chiqish boʻlimi 5 Kapital qurilish va joriy taʼmirlash boʻlimi 4 Binoga texnik xizmat koʻrsatish, elektr-taʼminoti boʻlimi 56 Maxsus qism 2 Televideniye va radioeshittirish arxiv fondi 29 Reklama va marketing boʻlimi 7 Kanselyariya, nazorat va xatlar boʻlimi 17 Ruxsatnoma boʻlimi 6 Kutubxona, arxiv, muzey va dispetcher 6 Taʼminot boʻlimi 4
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni — 230 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 58 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali raqamli formatda televizion koʻrsatuvlarning
OʻRTACHA SUTKALIK HAJMLARI
T/r Korxonalar va tashkilotlar nomi Raqamli formatda televizion koʻrsatuvlarning oʻrtacha sutkalik hajmlari jami (soat) sutkada* Shundan yiliga oʻrtacha kunlik televizion eshittirishlarning minimal miqdori 1. “O`zbekiston” teleradiokanali” DUK 24,0 12,0 2. “Yoshlar” telekanali” AJ 24,0 12,0 3. “Sport” teleradiokanali” DUK 24,0 12,0 4. “Toshkent” teleradiokanali DUK 24,0 12,0 5. “Madaniyat va ma`rifat” telekanali” DUK 24,0 12,0 6. “Dunyo bo`ylab” telekanali” DUK 24,0 12,0 7. “Yoshlar” teleradiokanali” AJ huzuridagi “Bolajon” telekanali” 15,0 8,0 8. “Mahalla” telekanali” 24,0 10,0 9. “Dunyo bo`ylab” DUK huzuridagi “Kinoteatr” telekanali” 24,0 2,0 10. “Yoshlar” tyeleradiokanali AJ huzuridagi “Navo” telekanali” 24,0 3,0 11. “O`zbekiston” tyeleradiokanali DUK huzuridagi “Oilaviy” tyelekanal 24,0 4,0 12. “Madaniyat va ma`rifat” telekanali” DUK huzuridagi “Diyor” telekanali” 24,0 4,0 13. Hududiy boʻlinmalar 216,0 30,0 Jami: 495,0 133,0
* Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalarining raqamli formatdagi Oʻzbekiston MTRKning teleradiokanallar va hududiy boʻlinmalari mahsulotlarini uzatish va tarqatish xizmatlari uchun toʻlanadigan xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi (telemahsulotlarni analog shaklda uzatish va tarqatishda ushbu xizmatlarning amaldagi toʻlov tartibi saqlanib qolinadi).
