Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining infrastrukturasini yanada takomillashtirish va respublika mintaqalaridan boʻlgan talabalar yashashlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (342-son)
16.12.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalarining oʻqishi va yashashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) Toshkent shahri, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan 2-Respublika tibbiyot kolleji yotoqxonasining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda obyektni belgilangan tartibda bersin, Universitetga esa qabul qilib olsin va undan kelgusida samarali foydalanilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Universitet tomonidan ishlab chiqilgan Universitet infratuzilmasini yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
universitet obyektni mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib;
universitetning talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar obyektni kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Universitet obyektni mukammal taʼmirlash, uni zarur asbob-uskunalar, mebel, inventar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, tutash hududni obodonlashtirish, shuningdek, zarur hollarda obyektga mos muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni almashtirish ishlarini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitetga uning asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha Dasturni amalga oshirish uchun 2-ilovaga muvofiq jadvalga muvofiq 2016-yildan boshlab 3 yil mobaynida bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan 3,0 mlrd soʻmgacha miqdorda foizsiz budjet ssudasi ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
6. Universitet va bosh pudratchi tashkilot tomonidan maʼqullangan Dasturni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha obyektni mukammal taʼmirlash uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, inventarlar, moddiy-texnika resurslari 2016-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) istisno tariqasida ozod qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda obyektni mukammal taʼmirlash boʻyicha bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan qurilish nazoratini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-dekabr,
342-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-dekabrdagi 342-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti infratuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha
chora-tadbirlar dasturi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-dekabrdagi 342-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz budjet ssudasini soʻndirish grafigi
