“43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-381-son)
“43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-381-son) · Sana: 11.12.2014 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 2411-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, yaʼni tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat xizmati koʻrsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini va muddatlarini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoki uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash, davlat xizmati koʻrsatishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotlarni, shuningdek oʻzga hujjatlarni talab qilib olish yoxud nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda qonunga xilof ravishda aralashish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 2412-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 40-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar “banklarga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “dehqon va fermer xoʻjaliklari” degan soʻzlardan keyin “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 22-moddaning toʻrtinchi qismidagi “notarial tartibda tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddaning matnidagi “ikki oylik muddat” degan soʻzlar “bir oylik muddat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismi 3-bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ikki yuz kishi;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-381-son). neolex.uz/uz/laws/law-2517746/43 (lex.uz/docs/-2517744)