“181-modda. Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlish uchun akkreditatsiya qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-381-son) · Sana: 11.12.2014 · Amalda
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarining, sinov vositalarining, oʻlchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini oʻtkazish, oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega boʻlishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarining, sinov vositalarining, oʻlchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
14) 20-moddaning:
oltinchi xatboshisidagi “normativ hujjatlarni” degan soʻzlar “normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “fizik” degan soʻz chiqarib tashlansin;
15) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, oʻlchovlar bajarilishining uslubiyotlarini attestatsiya qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʻlchovlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan toʻlanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) 144-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
