Qarshi shahrining chegaralarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (775-XII-son)
08.01.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Qarshi rayoni hududining 1334,42 gektar maydondan iborat qismi (Kat qishlogʻining Orolovul, Qovali, Tutak hamda Komsomol qishlogʻining Orol va Xudoyzod aholi punktlari bilan birga) Qarshi shahri tarkibiga berilsin (1, 2-ilovalar) va ilova qilingan chizma tasvirga muvofiq (3-ilova*) shahar chegaralariga qisman oʻzgartirish kiritilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-yanvar,
775-XII-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 8-yanvardagi 775-XII-son qaroriga 1-ILOVA
QARShI RAYONIDAN QARShI ShAHRI TARKIBIGA OLIB BERILGAN YERLAR (GEKTAR HISOBIDA)
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 8-yanvardagi 775-XII-son qaroriga 2-ILOVA
QARShI RAYONIDAN QARShI ShAHRI TARKIBIGA OLIB BERILGAN AHOLI PUNKTLARI
ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 122-modda)
