Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (181-II-son)
15.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
2000-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi;
2000-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish boʻyicha komissiya tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
181-II-son
