Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (134-II-son)
31.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“B. E. Xodjayevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 1-iyunda chiqargan Farmoni;
“A. R. Toʻxtayevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 1-iyunda chiqargan Farmoni;
“V. Y. Otayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 19-iyunda chiqargan Farmoni;
“E. Q. Qudratovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 22-iyulda chiqargan Farmoni;
“B. S. Hamidovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-iyulda chiqargan Farmoni;
“R. S. Azimovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri — Umumiqtisodiyot kompleksi rahbari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 1-avgustda chiqargan Farmoni;
“T. Xoltayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 1-avgustda chiqargan Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 2-avgustda chiqargan Farmoni;
“J. Gʻ. Yoʻldoshevni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 11-avgustda chiqargan Farmoni;
“R. H. Joʻrayevni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-avgustda chiqargan Farmoni;
“B. N. Nasriyevni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2000-yil 15-avgustda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
134-II-son
