Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida (111-II-son)
30.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2000-yilning birinchi yarim yilligida budjetning daromadlari uning xarajatlaridan 9,8 milliard soʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish dasturining bajarilishini taʼminlasin, bunda korxonalarni xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish dasturlarini bajarishga, shuningdek kichik va oʻrta biznes subyektlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga alohida eʼtiborni qaratsin.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet intizomini mustahkamlash va davlat mablagʻlarini sarflashda qatʼiy tejamkorlikka rioya etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-avgust,
111-II-son
