Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (88-II-son)
26.05.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
2000-yil 14-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi;
2000-yil 12-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
88-II-son
