Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan, 2000-2002-yillarga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustuvorliklari toʻgʻrisida (66-II-son)
25.05.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan, 2000—2002-yillarga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustuvorliklari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-may,
66-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan, 2000—2002-yillarga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyatining ustuvorliklari toʻgʻrisida
Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, aholining moddiy farovonligi va ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish, tinchlik, millatlararo va fuqarolar totuvligini saqlash va mustahkamlashni taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarini tayyorlash hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalari faoliyatining ustuvorliklari hisoblanadi.
Ushbu ustuvorliklar parlament qoʻmitalari va komissiyalari qonunchilik va nazorat-tahlil ishining strategik yoʻnalishlarini qamrab oladi. Qoʻmitalar va komissiyalar oʻz faoliyati mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, Oliy Majlisning qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi demokratiya va taraqqiyot yoʻlidan yanada ilgarilab borishi uchun jamiyatimiz oldida turgan boshqa vazifalarni ham hal etadilar.
Asosiy eʼtibor fuqarolarning murojaatlari bilan olib boriladigan ishlarga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga, qonunchilik ishining dolzarb masalalari va qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish muammolari yuzasidan seminarlar, anjumanlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar oʻtkazishga qaratiladi.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida parlament qoʻmitalari va komissiyalarining Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan oʻzaro hamkorligini anchagina faollashtirish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining ishini sifat jihatidan yanada yuqoriroq darajaga koʻtarish kerak boʻladi. Qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, qoʻmitalar va komissiyalarga nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish Monitoring instituti faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblanishi, ilmiy tadqiqotlarning natijalari qonunchilik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarda oʻz ifodasini topishi kerak.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalarida tayyorlash rejalashtirilayotgan asosiy qonun loyihalarining roʻyxati
2000-yil
“Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
2001-yil
“Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Fuqarolar jamgʻarmalarining muhofazalanishi hamda banklardan mablagʻlari sir saqlanishi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Xoʻjalik shirkatlari hamda cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Qon donorligi va qon komponentlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi loyihasi
“Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Madaniy qadriyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Fuqarolarning shikoyat va arizalarini davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
2002-yil
“Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Bank elektron tizimlarining axborotlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi (yangi tahriri)
“Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Xayriya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Ilmiy-texnik axborot toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Rezerv va rezervistlarni tayyorlash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
“Referendum toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalari nazorat-tahlil faoliyatining asosiy masalalari roʻyxati
Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi Davlat budjeti hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijrosini koʻrib chiqish
2000-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999-yil yuzasidan hisobotini eshitish va 2000-yilga moʻljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini koʻrib chiqish hamda ushbu masalani Oliy Majlis sessiyasi tasdigʻiga kiritish
2000-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosini koʻrib chiqish
2000-yilning I yarmi
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarmidagi ijrosini koʻrib chiqish
2000-yilning P yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil toʻqqiz oyidagi ijrosini hamda 2001-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning loyihasini koʻrib chiqish
2000-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yilgi Davlat budjeti hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijrosini koʻrib chiqish
2001-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yil birinchi choragidagi ijrosini koʻrib chiqish
2001-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil yuzasidan hisobotini eshitish
2001-yilning I yarmi
“Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yil toʻqqiz oyidagi ijrosini hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjetining loyihasini koʻrib chiqish
2002-yilning II yarmi
“Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilgi Davlat budjeti ijrosini koʻrib chiqish
2002-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil yuzasidan hisobotini eshitish
2002-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi choragidagi ijrosini koʻrib chiqish
2002-yilning I yarmi
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarmidagi ijrosini koʻrib chiqish
2002-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil toʻqqiz oyidagi ijrosini hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi Davlat budjetining loyihasini koʻrib chiqish
2002-yilning II yarmi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Advokatura toʻgʻrisida”gi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunlarning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida
2000-yilning II yarmi
Voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining sud protsessida advokat va prokurorning huquqlari tengligini taʼminlashga doir qismi ijro etilishi toʻgʻrisida
2001-yilning I yarmi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi maʼmuriy komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Prokuratura organlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya etilishini taʼminlashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish borasidagi ishi toʻgʻrisida
2002-yilning I yarmi
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi
Ayollar huquqlarini himoya qilish sohasidagi: xalqaro konvensiyalar — Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 103-Konvensiya hamda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ijro etilishi haqida (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Bir xil qiymatga ega boʻlgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijro etilishi haqida (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy taʼminlash va oʻqitishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Xalqaro Konvensiyaning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining ijro etilishi toʻgʻrisida
2001-yilning I yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Diplomatiya xizmati uchun kadrlar tayyorlashning borishi toʻgʻrisida
2001-yilning II yarmi
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro Konvensiyaning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Yoʻl belgilari va signallari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
Qishloq xoʻjaligida oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish toʻgʻrisida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligida xoʻjalik shartnomalari tuzish va ularni bajarish masalalariga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida
2000-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv resurslarini muhofaza etish haqida
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Fermer va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligidagi ijtimoiy siyosat haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer resurslarini muhofaza etish haqida
Yer kodeksi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishini oʻrganish asosida (Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid etish davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi haqida
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida
2002-yilning II yarmi
Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qoʻmitasi
“Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qoʻmitasi
“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
Qishloq xoʻjaligida oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Fermer va dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Oila kodeksi 17-moddasining (nikoh tuzayotganlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi toʻgʻrisidagi) qoidalaridan kelib chiqqan holda, “Sogʻlom avlod” Davlat dasturining amaliyotda ijro etilishini joylarda tekshirish
2000-yilning I yarmi
“Xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Oila kodeksining er-xotinlar oʻrtasidagi mol-mulkning shartnoma rejimiga doir qismi (VI qism, 29—36-moddalar) normalarining ijro etilishini oʻrganish (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
“Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Qishloq xoʻjaligidagi ijtimoiy siyosat haqida
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Oila va ayollar muammolari komissiyasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Davlat tili haqida”gi Qonunning ijro etilishi toʻgʻrisida (Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga doir qismi ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonunlarning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
“Davlat tili haqida”gi Qonunning ijro etilishi toʻgʻrisida
2002-yilning II yarmi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Oʻzbek tiliga joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika atamashunoslik qoʻmitasi tomonidan taklif etilgan yangi atamalarni koʻrib chiqish hamda tegishli qarorlar qabul qilish (Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi bilan birgalikda)
Muntazam ravishda
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 1999-yilgi ishi toʻgʻrisida shu Qoʻmita hisoboti
2000-yilning I yarmi
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmini amalga oshirishga doir qismi ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha 1999—2005-yillarga moʻljallangan faoliyat dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan bajarilishi haqida
2001-yilning I yarmi
Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv resurslarini muhofaza etish haqida
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishini oʻrganish asosida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Biologik rang-baranglik toʻgʻrisidagi Konvensiyaning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat Qoʻmitasining 2001-yilgi ishi toʻgʻrisida shu Qoʻmita hisoboti
2002-yilning I yarmi
“Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer resurslarini muhofaza qilish haqida
Yer kodeksi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishini oʻrganish asosida (Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari sifatiga taalluqli talablarga rioya etishga doir qismining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Matbuot va axborot qoʻmitasi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi va “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning I yarmi
“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning I yarmi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Harbiy bilim yurtlarida ofitser kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Harbiy xizmatga borayotgan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashni yaxshilash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Oʻquv yurtlarida ofitser kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida
2000-yilning II yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining jazoni oʻtayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini taʼminlashga doir qismining ijro etilishi toʻgʻrisida
2001-yilning I yarmi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning davlat chegarasini himoya etishda aholining va “Chegara posbonlari” jamoat tuzilmalarining rolini oshirishga doir qismining ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Yoshlar ishlari komissiyasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
“Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Mudofaa ishlari boʻlimlarida chaqiriluvchilarning, shuningdek zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarning murojaatlari koʻrib chiqilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi
Ijroiya organlarida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya etilishi haqida
2000-yilning II yarmi
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish
2001-yilning I yarmi
Mahalliy vakillik hokimiyati organlari ish tajribasini oʻrganish va umumlashtirish
2001-yilning II yarmi
Fuqarolar yigʻinlarining oʻz vakolatlarini bajarish borasidagi ishi toʻgʻrisida
2001-yilning II yarmi
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning I yarmi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Matbuot va axborot qoʻmitasi bilan birgalikda”
2002-yilning II yarmi
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi ishi toʻgʻrisida
2002-yilning II yarmi
Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi
Komissiya zaruratga qarab:
deputatlik daxlsizligi va deputatlar faoliyatining boshqa kafolatlari bilan yoki deputatni saylovchilar tomonidan chaqirib olish, shuningdek deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosalar beradi;
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan Oliy Majlis deputatlarining oʻz vazifalarini bajarishga taalluqli faoliyatini tekshiradi hamda shu masalalar yuzasidan Oliy Majlis muhokamasiga materiallar taqdim etadi;
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan deputatlik odobi buzilganligi bilan, deputatlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya etish bilan bogʻliq masalalarni qarab chiqadi;
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan boshqa masalalarni qarab chiqadi.
Oila va ayollar muammolari komissiyasi
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Ayollar huquqlarini himoya qilish sohasidagi: xalqaro konvensiyalar — Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi Konvensiya, Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi 103-Konvensiyaning va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ijro etilishi haqida (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Yengil sanoat korxonalarida Mehnat kodeksining ayollarga (homilador, emizikli, yosh bolali va nogiron bolasi bor ayollarga) imtiyozlar berishga doir qismi ijro etilishini oʻrganish
2000-yilning II yarmi
Bir xil qiymatga ega boʻlgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi hamda Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalarning ijro etilishi haqida (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning tugʻuruqxonalar ishi, homilador ayol va uning yangi tugʻilgan goʻdagiga patronajlik va boshqa masalalar boʻyicha ijro etilishi haqida (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
Bolalarning oʻsishiga ekologik omillarning taʼsiri hamda uning oldini olish muammolari masalasini oʻrganish
Natijalari asosida amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlash
2001-yilning I yarmi
Oila kodeksining er-xotinlar oʻrtasidagi mol-mulkning shartnoma rejimiga doir qismi (VI qism, 29—36-moddalar) normalarining ijro etilishini oʻrganish (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
Oila kodeksining vasiylik va xomiylik organlari faoliyatiga taalluqli qoidalarining ijro etilishini oʻrganish
2001-yilning II yarmi
Yod yetishmovchiligi va uning oʻsib kelayotgan avlodga taʼsiri masalasini oʻrganish
Natijalari asosida amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlash
2002-yilning I yarmi
Xotin-qizlarning siyosiy partiyalar, harakatlardagi va jamoat birlashmalaridagi ishtiroki masalasini oʻrganish
2002-yilning I yarmi
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Yoshlar ishlari komissiyasi
Harbiy bilim yurtlarida ofitser kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida (Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning I yarmi
Harbiy xizmatga borayotgan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashni yaxshilash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Voyaga yetmagan shaxslar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi haqida (qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga doir qismining ijro etilishi toʻgʻrisida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning I yarmi
“Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2001-yilning II yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2001-yilning II yarmi
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning I yarmi
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijro etilishi haqida (Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi bilan birgalikda)
2002-yilning II yarmi
“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi haqida
2002-yilning II yarmi
Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi
Amaldagi qonun hujjatlarida normativ-huquqiy atamalarni qoʻllanish monitoringi
Muntazam ravishda
Ommaviy axborot vositalarida normativ-huquqiy atamalardan foydalanilishini oʻrganib borish
Muntazam ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika atamashunoslik qoʻmitasi tomonidan yangi, ilmiy asoslangan normativ-huquqiy atamalarni oʻzbek tiliga joriy etish amaliyotini oʻrganish
2000-yilning I yarmi
“Davlat tili haqida”gi Qonunning ijro etilishi toʻgʻrisida (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
2000-yilning II yarmi
Oʻzbek tiliga joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika atamashunoslik qoʻmitasi tomonidan taklif etilgan yangi atamalarni koʻrib chiqish hamda tegishli qarorlar qabul qilish (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda)
Muntazam ravishda
