Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisida (7-II-son)
22.01.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qoʻmitalari va komissiyalari tashkil etilsin:
Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi;
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va oziq-ovqat qoʻmitasi;
Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qoʻmitasi;
Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qoʻmitasi;
Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi;
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi;
Matbuot va axborot qoʻmitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi;
Reglament, odob va deputatlar faoliyatining taʼminoti komissiyasi;
Oila va ayollar muammolari komissiyasi;
Yoshlar ishlari boʻyicha komissiyasi;
Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 22-yanvar,
7-II-son
