Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisida
02.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida
Protokol
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi, bundan keyin Yuqori “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
iqtisodiyot, siyosat, mudofaa, ijtimoiy va gumanitar sohalarda keng hamkorlikni rivojlantirishga imkon beruvchi mavjud shartnoma-huquq bazasiga asoslanib,
Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni faollashtirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyani (bundan keyin Qoʻshma komissiya) tuzish.
2. Qoʻshma komissiyani milliy qismlarining raislari etib Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Q. J. Xaqqulovni, Qozogʻiston Respublikasi tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari D. T. Duysenovni tayinlash.
3. Ikkala mamlakat hukumatlariga tenglik asoslarida komissiya tarkibini tasdiqlash, shuningdek Qoʻshma komissiya toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
4. Ushbu Protokol imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh yil davomida amalda boʻladi. Agar Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning navbatdagi muddati tugagunga qadar 6 oy oldin uning amalda boʻlishini toʻxtatmoqchi boʻlganligi toʻgʻrisidagi oʻz niyatini yozma ravishda ikkinchi Yuqori Ahdlashuvchi Tomonga xabar qilmasa, ushbu Protokolning amalda boʻlish muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davrga uzayaveradi.
Almati shahrida 1997-yil 2-iyunda, ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Ushbu Protokol qoidalarni talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
