Viloyatdagi ayrim aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (181/33-son)
30.09.2014
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) ijrosini taʼminlash, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tumanlar hokimlarining kiritgan takliflari maʼqullansin.
2. Viloyatda nomlari oʻzgartirilgan shaharcha, qishloq fuqarolar yigʻini, aholi punktlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat statistika boshqarmasi (Z. Joniqulov), Viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (B. Xolbekov), Viloyat davlat arxitektura va qurilish boshqarmasi (B. Bobobekov), shahar va tuman hokimlari hamda tegishli mutasaddi davlat organlari amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlarini va boshqa geografik obyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (A. Azizov) nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan joylarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarining tashkiliy ravishda amalga oshirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
5. Shahar va tumanlar hokimliklariga hududlardagi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan geografik obyektlarga ularning nomlari qayd etilgan metall koʻrsatgichlar oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
6. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi (R. Kenjayev) tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha respublika komissiyasiga takliflar berish vazifasi yuklatilsin.
7. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8. Mazkur qaror “Jizzax haqiqati” — “Djizakskaya pravda” gazetasida eʼlon qilinsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasiga va qaror ijrosini taʼminlash Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining raisi S. ISMAILOV
Jizzax sh.,
2014-yil 30-sentabr,
181/33-son
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014-yil 30-sentabrdagi 181/33-sonli qaroriga ILOVA
Viloyat hududidagi nomlari oʻzgartirilgan shaharchalar, qishloq fuqarolar yigʻinlari va aholi punktlari
Roʻyxati
T/r Geografik obyektlarning amaldagi nomi Geografik obyekt turi va joylashgan joyi Yangi berilgan nomi Baxmal tumani 1. Novqa-1 shaharcha Shaharcha, Baxmal tumani Novqa Aholi punktlari nomlari 1. Barlos a.p a.p. Baxmal tumani, Qutlugʻobod MFY Oʻsmatbarlos 2. Kaltatoy-1 a.p a.p. Baxmal tumani, Qutlugʻobod MFY Kaltatoy 3. Uyas a.p a.p. Baxmal tumani, Moʻgʻol QFY Bogʻimazor Uyas 4. Novqa-2 a.p a.p. Baxmal tumani, Novqa MFY Quyi Novqa 5. Oʻrta a.p a.p. Baxmal tumani, Uzunbuloq QFY Oʻrtaqishloq 6. Shoʻrbuloq a.p a.p. Baxmal tumani, Uzunbuloq QFY Yuqori Shoʻrbuloq 7. Yangiobod a.p a.p. Baxmal tumani, Uzunbuloq QFY Oʻrta Uzunbuloq 8. Moʻgʻol a.p a.p. Baxmal tumani, Qatortol MFY Yuqori Moʻgʻol 9. Madaniyat a.p a.p. Baxmal tumani, Madaniyat MFY Yuqori Buloqboshi 10. Tengali a.p a.p. Baxmal tumani, Madaniyat MFY Maydabuloq 11. Oʻray a.p a.p. Baxmal tumani, Madaniyat MFY Oʻrta Oʻray 12. Oʻray a.p a.p. Baxmal tumani, Tongotar QFY Oʻray 13. Karopchi a.p a.p. Baxmal tumani, Gulbuloq QFY Quyi Karopchi 14. Yangihayot a.p a.p. Baxmal tumani, Gulbuloq QFY Gumbuloq 15. Yangiqishloq-1 a.p a.p. Baxmal tumani, Boʻron MFY Mehnatobod 16. Quduq a.p a.p. Baxmal tumani, Shodmon MFY Quduqli 17. Yangiqishloq-2 a.p a.p. Baxmal tumani, Shodmon MFY Qamishkoʻl 18. Qora a.p a.p. Baxmal tumani, Sangzor QFY Qoraqishloq 19. Moʻllabuloq a.p a.p. Baxmal tumani, Nushkent MFY Moʻlabuloq 20. Qoʻrgʻon a.p a.p. Baxmal tumani, Baxmal QFY Qoʻrgʻonli 21. Dam olish zonasi a.p a.p. Baxmal tumani, Baxmal QFY Terakli 22. Ittifoq a.p a.p. Baxmal tumani, Barlos QFY Ilonoʻtdi 23. Oʻray a.p a.p. Baxmal tumani, Oqtosh QFY Katta Oʻray 24. Kaltatoy-2 a.p a.p. Baxmal tumani, Oqtosh KFY Quyi Kaltatoy Gʻallaorol tumani Shaharcha nomi 1. 1-Qangli shaharchasi Shaharcha, Gʻallaorol tumani, Qangliobod Aholi punktlari nomlari 1. 2-Qangli a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Madaniyat QFY Qangli 2. Tomchi a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Koʻkbuloq QFY Tomchibuloq 3. Oʻrta a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Guliston KFY Oʻrtatepa 4. Moʻllabuloq a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Mulkush QFY Moʻlabuloq 5. Toʻshbuloq a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Qipchoqsuv QFY Qoʻrgʻonchol 6. Moʻlla malla a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Qipchoqsuv QFY Mallamoʻla 7. Kamar a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Qorizquduq QFY Sarkamar 8. Chuvilloq a.p a.p. Gʻallaorol tumani, Sarbozor MFY Quyi Chuvilloq Doʻstlik tumani QFY nomlari 1. Yangiobod QFY QFY, Doʻstlik tumani Oltin vodiy 2. Istiqlol QFY QFY, Doʻstlik tumani Manas Aholi punktlari nomlari 1. Yangihayot a.p a.p. Doʻstlik tumani, A. Navoiy MFY Yangi Boʻston 2. Qozoq ovul a.p a.p. Doʻstlik tumani, Xolxoʻjayev MFY Maskanobod 3. Pod Stansiya a.p a.p. Doʻstlik tumani, Xolxoʻjayev MFY Nurobod 4. Paxta Zavod yonidagi a.p a.p. Doʻstlik tumani, Xolxoʻjayev MFY Davlatobod 5. Yangihayot a.p a.p. Doʻstlik tumani, Yangiobod QFY Boyqoʻngʻir 6. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Yangiobod QFY Xonobod 7. Qozoqovul a.p a,p. Doʻstlik tumani, Yangiobod QFY Chindovul 8. Sut tovar fermas? yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Saritepa QFY Islomobod 9. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani Bunyodkor QFY Temirchilar 10. Omon qishloq a.p a.p. Doʻstlik tumani, Bunyodkor QFY Mingterak 11. M. Oybek a.p a.p. Doʻstlik tumani, Mevazor QFY Kattaqishloq 12. Uch tom a.p a.p. Doʻstlik tumani, Mevazor QFY Uchqurgʻon 13. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Mevazor QFY Bekobod 14. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Bogʻzor QFY Qoʻshrabod 15. Doʻstlik tuman Bogʻdorchilik (Sadvin) xoʻjaligiga qarashli boʻlgan mevani qayta ishlash zavodi (hozir ishlamaydi) yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstl�k tumani, Bogʻzor QFY Xayrobod 16. Manas a.p a.p. Doʻstlik tumani, Istiqlol QFY Bogʻot 17. Yangihayot a.p a.p. Doʻstlik tumani, Qaxramon QFY Yangibogʻ 18. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Qaxramon QFY Sayqalli 19. Markaziy taʼmirlash ustaxonasi (S.R.M) yonida a.p. Doʻstlik tumani, Qaxramon QFY Birlashgan 20. Paxta terish mashinalari parki (X.U.M) yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Qaxramon QFY Uchsaroy 21. Sut tovar fermasi yonida tashkil topgan a.p a.p. Doʻstlik tumani, Navroʻz ShFY Yangiqoʻrgʻon Jizzax tumani QFY nomlari 1. Gandumtosh QFY, Jizzax tumani Kuyovboshi Hamzaobod QFY, Jizzax tumani Fayzobod Aholi punktlari nomlari 1. Ulugʻbek a.p a.p. Jizzax tumani, Oq oltin QFY Quduqcha 2. Ilgʻor a.p a.p. Jizzax tumani, Samarqandquduq QFY Samarqandquduq 3. Yangiqishloq a.p a.p. Jizzax tumani, Ravot QFY Yangi boʻston Zomin tumani QFY nomlari “Yangi-hayot” QFY. Zomin tumani Oqar Aholi punktlari nomlari 1. Zomin sanatoriyasi a.p si a.p. Zomin tumani, “Duoba” QFY Archali 2. Yangiovul a.p a.p. Zomin tumani, “Shirin” QFY Boʻston 3. Goʻrtepa a.p a.p. Zomin tumani, “Shirin” QFY Nurlitepa 4. DNS-3 a.p a.p. Zomin tumani, “Toshkesgan” QFY Qirqkapa 5. Birlashgan a.p a.p. Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY Solin 6. Ittifoq a.p a.p. Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY Uyas-solin 7. 6-razyezd a.p a.p. Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY Choʻlquvar 8. Yangi tashkil boʻlgan nomsiz a.p a.p. Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY Surxonobod 9. Boldioʻroq a.p a.p. Zomin tumani, “Navoiy” QFY Togʻaytoʻpi 10. Teshiktepa a.p a.p. Zomin tumani, Gulshan QFY, Teshiktepa MFY Nurlikent 11. S. Rahimov a.p a.p. Zomin tumani, S. Rahimov MFY Xalqobod 12. X. Hamza a.p a.p. Zomin tumani, Hamza MFY Qurama Zarbdor tumani Shaharcha 1. Yuksalish shaharchasi Shaharcha, Zarbdor tumani Fayzobod Zafarobod tumani boʻyicha Shaharchalar nomi Hulkar shaharchasi Shaharcha. Zafarobod tumani Nurafshon Temiryazev shaharchasi Shaharcha. Zafarobod tumani Pistalikent QFY nomi S. Sindorov QFY. Zafarobod tumani Uzun Aholi punktlari 1. Qoraqishloq a.p a.p. Zafarobod tumani, Yorqin QFY Bogʻdon 2. Yangi hayot a.p a.p. Zafarobod tumani, Lolazor QFY Zarafshon 3. Qutlugʻ yoʻl a.p a.p. Zafarobod tumani, Lolazor QFY Oltin boshoq Paxtakor tumani QFY nomi 1. A. Ikromov QFY. Paxtakor tumani Buyuk Ipak yoʻli 2. Samarqand QFY. Paxtakor tumani Bogʻishamol Aholi punktlari 1. 5-boʻlim a.p a-p. Paxtakor tumani, Paxtakor QFY Choʻlquvarlar 2. Istiqlol a.p a.p. Paxtakor tumani, Chamanzor QFY Uchtom Mirzachoʻl tumani Aholi punkti 1. Azretqul ata ovuli a.p a.p. Mirzachoʻl tumani, Toshkent QFY Oltin vodiy Forish tumani Shaharcha nomi 1. Yangiqishloq shaharchasi Shaharcha, Forish tumani, Yangiqishloq ShFY Bogʻdon Aholi punktlari 1. Qoʻshilish a.p a.p. Forish tumani, Forish QFY Oltinsoy 2. Eski forish a.p a.p. Forish tumani, Oʻxum QFY Porasht 3. Yangiobod a.p a.p. Forish tumani, Osmonoy QFY Lalmikor 4. Boranboz a.p a.p. Forish tumani, Amankeldi QFY Gulobod 5. T. Pirimqulov a.p a.p. Forish tumani, Amankeldi QFY Choʻlobod 6. Kindiboy a.p a.p. Forish tumani, Amankeldi QFY Kindiqum 7. Kuzen a.p a.p. Forish tumani, Amankeldi QFY Koʻkdala 8. Telman a.p a.p. Forish tumani, Arnasoy QFY Qumqoʻrgʻon 9. Koktas a.p a.p. Forish tumani, Arnasoy QFY Koʻktosh
