Qoʻshkoʻpir tumani 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (505-son)
13.03.2014
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli va bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 307q-sonli qarorlariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli va bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 307q-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Qoʻshkoʻpir tumanining 2014-yilgi mahalliy budjetining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetlarining 2014-yilgi daromadlari va xarajatlari hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga muvofiq;
tuman mahalliy budjetining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman moliya boʻlimiga tegishli mahalliy budjetga yuqori budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) olinishida, tuman boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.
4. Tuman moliya boʻlimi (X. Gapparov):
Xorazm viloyati moliya boshqarmasining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
6. Qoʻshkoʻpir tuman hokimligi “Hayot koʻzgusi” gazetasida (M. Tillayeva) mazkur qaror rasman eʼlon qilinishi taʼminlansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari O. Artiqov zimmasiga yuklansin
Hokim K. SABIROV
Qoʻshkoʻpir t.,
2014-yil 13-mart,
505-son
Tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi 505-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tumanining 2014-yilga asosiy makroiqtisodiy
koʻrsatkichlari
(oʻtgan yilga nisbatan foiz hisobida) Koʻrsatkichlar 2014-yilga istiqbol koʻrsatkichlari Sanoat mahsulotlari hajmi 20,0 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 5,1 Kapital qoʻyilmalar hajmi 8,6 Chakana tovar aylanishi hajmi 11,5 Pullik xizmat 14,6
Tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi 505-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi
asosiy parametrlari
Koʻrsatkichlar ming soʻm I. Daromadlar — hammasi 22 093 100,0 1. Toʻgʻri soliqlar 10 509 000,0 1.1 Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi 465 000,0 1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 1 500 000,0 1.3 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 1 000 000,0 1.4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 6 200 000,0 1.5 Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1 200 000,0 1.6 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 144 000,0 2. Egri soliqlar 4 720 000,0 2.1 Qoʻshilgan qiymat soligʻi 3 100 000,0 2.2 Aksiz soligʻi — 2.3 Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 1 620 000,0 3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi 4 688 600,0 3.1 Mol-mulk soligʻi 1 215 000,0 3.2 Yer soligʻi 3 470 000,0 3.3 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 3 600,0 4. Boshqa daromadlar 2 175 500,0 Xarajatlar — jami 60 872 604,0 1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami 56 255 779,0 jumladan: 1.1 Maorif 32 403 627,0 umumiy taʼlim 32 403 627,0 1.2 Sogʻliqni saqlash 15 363 820,0 1.3 Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 276 822,0 madaniyat va ommaviy axborot vositalari 276 822,0 1.4 Fan — 1.5 Ijtimoiy taʼminot 70 591,0 1.6 Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 8140919,0 voyaga yetmagan bolalari bor oilalarga nafaqa 2 333 748,0 bolalari 2 yoshga toʻlguncha onalarga toʻlanadigan nafaqa 5 105 375,0 kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam 701 796,0 2. Iqtisodiyotga xarajatlar 2 181 459,0 jumladan: 2.1 Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 380 439,0 2.2 Obodonlashtirish 1 801 020,0 3. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar — 4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash 599 079,0 jumladan: 4.1 Davlat boshqaruv idoralari 599 079,0 5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 820 215,0 6. Zaxira jamgʻarmasi — 7. Boshqa xarajatlar 16 072,0 jumladan: 7.1 Mudofaa majmui, huquqni muhofaza qilish organlarining mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlari 16 072,0
Tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi 505-sonli qaroriga 3-ILOVA
2014-yilda tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
Tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi 505-sonli qaroriga 4-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablagʻining eng kam zarur
MIQDORLARI
(ming soʻm) Hudud nomi aylanma kassa mablagʻi miqdori Qoʻshkoʻpir tumani 377 900,0
