Piskent tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (9-son)
10.01.2014
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 770-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 297-sonli “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 297-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 297-sonli “Toshkent viloyatining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ushbu qarorga asosan:
2. 2014-yil uchun tuman hududida:
tumanning 2014-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari mazkur qarorning 1-ilovasiga* muvofiq;
yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari mazkur qarorning 3-ilovasiga* muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari mazkur qarorning 4-ilovasiga* muvofiq;
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mazkur qarorning 5-ilovasiga* muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlarning chegaralangan stavkalari mazkur qarorning 6-ilovasiga* muvofiq;
tuman hududidagi shaharlar va qoʻrgʻonlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari mazkur qarorning 7-ilovasiga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetining 2014-yilga belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdori mazkur qarorning 8-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilda viloyat budjetidan mahalliy budjetlarga beriladigan maqsadli subvensiyalarning miqdorlari mazkur qarorning 9-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilda umumdavlat soliqlaridan kutilayotgan tushumlarning mahalliy budjetlarga ajratmalarining meʼyori mazkur qarorning 10-ilovasiga* muvofiq;
tuman boʻyicha 2014-yilga mahalliy budjetning aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorlari mazkur qarorning 11-ilovasiga* muvofiq.
* 1 — 11-ilovalar berilmaydi.
3. Piskent tumani mahalliy budjetini 2014-yil uchun aniqlashtirilgan asosiy parametrlari quyidagi miqdorlarda tasdiqlansin:
daromadlar 31 1 18 301.0 mln soʻm;
xarajatlar 44 730 438.0 mln soʻm.
4. Tuman hokimligi moliya boʻlimiga 2014 moliya yili davomida:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomalari, viloyat hokimining qaror va farmoyishlari hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan viloyat moliya boshqarmasining taqdimnomalariga muvofiq budjetning daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish;
tegishli budjetlarga maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha undiriladigan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi va unga ajratmalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning) mablagʻ bilan soʻzsiz taʼminlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
5. Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi “Piskent tumanining 2013-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 4-sonli qarori bekor qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v. v. b Sh. Inomjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. ERGAShXODJAYEV
Piskent t.,
2014-yil 10-yanvar,
9-son
