Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (1008-son)
15.04.2014
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Qoʻshkoʻpir tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori (M. Samandarov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 10-apreldan 10-iyungacha;
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (10-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 10-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 895q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Pirjonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. SABIROV
Qoʻshkoʻpir t.,
2014-yil 15-aprel,
1008-son
Tuman hokimining 2014-yil 15-apreldagi 1008-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 15-apreldagi 1008-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tumani yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
jadvali
T/r Tashkilot nomi Transport vositasi soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi Tashkilot telefon raqami 1-bosqich 2-bosqich 1. Ijtimoiy-iqtisodiyot va Servis kasb-hunar kolleji 4 01.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3653964 2. Sodiq maxsum xususiy korxonasi 1 03.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3. “Nilufar” xususiy kichik korxonasi 3 04.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3654828 4. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 2 05.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3653255 5. “Mulla Karim oʻgʻillari” xususiy korxonasi 4 06.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651735 6. Tuman hokimligi 2 02.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651666 7. “Gurlan savdo” shoʻba korxonasi 2 07.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651190 8. Xalq banki Gurlan tuman filiali 1 08.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651887 9. “Xoʻja Bobojon” xususiy firmasi 8 10.03.2014-y. 5.10.2014 “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652579 10. Sanitar tozalash masʼuliyati cheklangan jamiyati 3 10.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652579 11. “Oʻtkir Xodjayev” xususiy korxonasi 1 11.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 12. Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 2 11.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 90-5592568 94-9158480 13. “Sharof Rashidov” nomli baliqchilik fermer xoʻjaligi 1 12.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 14. “Oʻzagrosugʻurta” DASK Gurlan boʻlimi 1 12.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651233 15. Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 5 13.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651532 16. Tuman tibbiyot birlashmasi 10 14.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651371 17. Tuman hokimligining moliya boʻlimi 1 15.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652984 18. “Bekzod Sojida” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 15.03.2014 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 19. “Qishloqxoʻjalikkimyo” Gurlan tuman filiali 2 17.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3654094 20. Tuman davlat soliq inspeksiyasi 1 17.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651832 21. “Gurlan AB” xususiy firmasi 1 18.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 22. Tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 8 19.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651076 23. Gurlan elektr tarmoqlari korxonasi 5 20.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651943 24. “Gurlant�mangaz” korxonasi 7 22.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3653033 25. “Muruvvat-teks” horijiy shoʻba korxonasi 6 24.03.2014-y. 10.10.14 “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652895 26. “XKMK-283” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 24.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651562 27. “Ikrom binokor” xususiy korxonasi 1 25.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 93-6098893 28. “Madamin ota” fermer xoʻjaligi 1 25.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 29. “Gurlan oil Biznes” ochiq aksiyadorlik jamiyati 1 26.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 30. Xorazm tayanch punkti 5 26.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 31. “Qaramazi-Qilichboy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi 9 27.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651394 32. “Boburbek-Rustam Yusuf” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 28.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652563 33. “Xoʻja Mansur” fermer xoʻjaligi 1 28.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 34. “Normetov Eshmat” xususiy korxonasi 2 29.03.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 35. Gurlan paxta tozalash ochiq aksiyadorlik jamiyati 8 31.04.2014-y. 21.09.14 “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3654308 36. Suv qurilish unitar korxonasi 8 01.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651166 37. “Quruvchi” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2 02.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 91-4283777 38. “Gurlan MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati 7 03.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651193 39. Qishloq xoʻjalik kasaba uyushma kengashi tuman boʻlimi 1 04.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651508 40. “Shomurot” fermer xoʻjaligi 2(1)* 05.04.2014-y. 05.09.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 41. “Avtotrans Mirxamid” xususiy korxonasi 1 05.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 42. “Xaytimmat ota” fermer xoʻjaligi 2(1)* 07.04.2014-y. 19.10.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 43. Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizlik boʻlinmasi 4 08.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3653701 44. “Gujum qalʼa” fermer xoʻjaligi 2 09.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 45. “Drujba” xususiy korxonasi 1 10.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 46. Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markazi 1 11.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651955 47. “Jumaboy qassob” fermer xoʻjaligi 1 11.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 48. “Mustafo Kenjayev” fermer xoʻjaligi 1 12.04.2014-y. 22.10.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 49. “Urazboy Bekchanov” fermer xoʻjaligi 1 14.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 50. “Doniyorbek” xususiy korxonasi 1 14.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 51. �Rustam-Axmad” fermer xoʻjaligi 1 15.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 52. Qishloq va suv xoʻjaligi tuman boʻlimi 3 15.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651356 53. “Dovud” fermer xoʻjaligi 7(4)* 16.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 54. “Obod” fermer xoʻjaligi 3 17.04.2014-y. 19.10.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 55. “Mirzo Karim-Laylo” xususiy korxonasi 1 18.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 56. “Asadbek-Xursandbek” xususiy firmasi 1(1)* 19.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 57. “Usta” xususiy korxonasi 2 19.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 58. Namuna MMTP 2 21.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 94-1128112 59. Amudaryo MMTP 3 22.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 91-2780930 60. Vazir MMTP 4 23.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 90-7372068 61. Dehqonobod MMTP 3 24.04.2014-y. 8.10.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 91-9969862 62. “Gurlan avtoxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 31(9)* 26.04.2014-y. 10.10.14 y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651161 94-3101938 63. Yangiobod MMTP 1 28.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 98-5772528 64. “Zulfiya-Mexriniso” xususiy korxonasi 1 28.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 65. “Gurlan-Karvon” xususiy korxonasi 1 29.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 66. “Safo” fermer xoʻjaligi 1 29.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 67. “Yoʻl-xoʻja” fermer xoʻjaligi 1 30.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651271 68. “Qoʻchqor-Noib” fermer xoʻjaligi 1 30.04.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 69. “Nodirbek-Eldor” fermer xoʻjaligi 1 01.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 70. Gurlan tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash-foydalanish korxonasi 10 02.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3651160 71. “Oʻktam-Sardor” fermer xoʻjaligi 1 02.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 72. “Bunyod” xususiy firmasi 1 03.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 73. “Oʻgʻit-taʼminot” firmasi 1 03.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 74. “Aminboy Hakim” fermer xoʻjaligi 1 03.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 75. Gurlan Obodonlashtirish boshqarmasi 5 05.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652788 76. “Baynal kanal koʻl” fermer xoʻjaligi 1 05.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 77. “Maxmud �ort” xususiy korxonasi 1 06.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 94-1192728 78. “Gurlan kamolot” xususiy korxonasi 1 06.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 79. “Avezov Toxir” xususiy korxonasi 1 07.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 80. “Bekzod qandolatchi” xususiy korxonasi 1 07.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 81. “KUMUSH MAGIC” xususiy korxonasi 1 08.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 82. “Gurlan suv qurilish mantaj” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 08.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 83. “Barno mebelchi” xususiy korxonasi 1 12.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 84. “Otanazar Dusimov” xususiy korxonasi 1 13.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 85. “OʻzGʻsuti” Xorazm filiali 1 13.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 86. “Gurlan avto” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 14.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 87. “Joʻrabek Tozaboy oʻgʻli” fermer xoʻjaligi 1 14.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 88. “Gurlan meʼmori” xususiy korxonasi 1 15.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 89. “Inoyat-Umid” xususiy korxonasi 1 15.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 90. “Gʻolibjon-Tolibjon” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 16.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 91. “Gurlan Goʻshtsut” agrosanoat firmasi 1 16.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 92. “Eksteryer”xususiy korxonasi 2 17.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 91-4294554 93. “Suxrob-servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 17.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 94. “Javoxir-Laylo” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 17.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 95. “Gurlan Agrotexservis”MTP masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 19.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 96. “SHIFO” xususiy davolash markazi 1 19.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 97. “Jonibek Diyor” xususiy korxonasi 1 20.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 98. “Qadamboy Alibek” xususiy korxonasi 1 20.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 99. “Universal savdo kompleksi” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 21.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 100. “Bunyodkor” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2 21.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 3652023 91-9177430 101. “Tajiddin Hisobchi” xususiy korxonasi 1 22.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 102. “Ermuxammad Maxsum” fermer xoʻjaligi 1 22.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 103. “Gurlan universal servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1 23.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 104. Gurlan tumani Veterinariya boʻlimi 2 23.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 105. “Quvondiq-Broker” x/k 1 24.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 93-9297778 106. “Gurlan-Umrbek-Impeks” MChJ 2(1) 24.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 95-6023000 107. “Allayar-Davron” MChJ 1 26.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 94-3148456 108. “Mik-2001” i.ch savdo x/f 5 27.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 90-7380023 109. “Oqsoqol” f/x 1 28.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 110. “Qazaqov-Allayar” f/x 1 28.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 111. “Gurlan-Dilmurod farm” x/k 1 29.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 112. “Amin-Temur” x/k 1 29.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 113. “Gurlan STM” Tijorat va i.ch firmasi 2 30.05.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 114. “Oʻrozboy Oʻgʻiljon” MChJ 1 02.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 929-00-08 115. “Gʻofurjon Diyor-D” fermer xoʻjaligi 1 02.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 539-56-42 116. OOO “Axmad Zeboxon” 1 03.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 117. “Gurlan Gʻishti” MChJ 1 03.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 277-93-33 118. “Gurlan BEEF” MChJ 1 04.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 559-32-85 119. “Bekturdi Xasan” xususiy korxonasi 1 04.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 559-32-85 120. “Gurlan Infoservis” MChJ 1 05.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 112-87-00 121. ChP “Xarezm Safo OIL” 2 06.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 421-09-07 122. “Shokir Jonibek” fermer xoʻjaligi 1 07.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 285-99-04 123. “Gurlan chorva ozuqa” MChJ 1 07.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 233-40-00 124. “Xudoybergan Bobo Suxrob” fermer xoʻjaligi 1 09.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 219-09-09 125. “Farxod Darmon” MChJ 1 09.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 602-27-80 126. “Olloam ota farzandlari” fermer xoʻjaligi 1 10.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 127. “Jaxongir Farm” xususiy korxonasi 1 10.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 128. “Allambergan bobojon” fermer xoʻjaligi 1 11.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 284-68-24 129. “Zulfiya Adambayeva” MChJ 1 11.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 754-12-68 130. “Vapo bobo” fermer xoʻjaligi 1 12.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 131. “Gurlan yuk va yoʻlovchi tashish” MChJ 2 13.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 713-60-00 919-64-46 132. “Nafis Gaz Servis” MChJ 1 14.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 286-91-11 133. “Turkiston” xususiy firmasi 2 16.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 997-44-77 134. “Anvar Yoʻldosh Gaz” xususiy korxonasi 1(1) 17.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 606-63-73 135. “Amin Boboniyaz” fermer xoʻjaligi 1 18.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 136. “Shukurjon Doʻkonchi” fermer xoʻjaligi 1 18.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 750-00-90 137. “Xorezm Antikorr Invest” i.ch korxonasi 1 18.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 750-86-76 138. “Gʻofurjon Diyor” fermer xoʻjaligi 1 19.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 517-08-48 139. “Ixlos” MChJ 1 19.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 112-27-80 140. OOO “Vazir Trans Servis” 3 20.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 114-01-60 141. “Saparniyaz usta” fermer xoʻjaligi 1 21.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 142. “Sharif chelak” fermer xoʻjaligi 1 21.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 286-28-02 143. “Oʻrikzor” fermer xoʻjaligi 1 21.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 144. “Zilola Fayzulla” xususiy korxonasi 1 23.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 278-09-20 145. “Gulim-Kamol” dehqon fermer xoʻjaligi 1 23.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 278-01-30 146. OOO “Vapayev Ilhomboy” 1 23.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 147. “Rajab Sit” fermer xoʻjaligi 1 24.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 148. “Nurimmat Shayx oʻgʻillari” fermer xoʻjaligi 1 24.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 286-72-71 149. “Xudoybergan Bobo Suxrob” fermer xoʻjaligi 1 24.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 219-09-09 150. “Amirxon Mangu Lyuks” MChJ 1 25.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 577-55-99 151. “Zafar Akbar Anvar” fermer xoʻjaligi 1 25.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 282-00-67 152. OOO “Nurbek Sanjarbek” 2 25.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 94-6410929 153. “Zafar Akbar Anvar” fermer xoʻjaligi 1 26.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 282-00-67 154. “Bekzod-Yashnar” fermer xoʻjaligi 1 26.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 116-90-98 155. “Maxmud Salay” fermer xoʻjaligi 1 26.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 405-92-20 156. “Saodat Feruz” fermer xoʻjaligi 1 27.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 231-38-62 157. “Shonazar Avaz” fermer xoʻjaligi 1 27.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 737-46-63 158. “Shokir Jonibek” fermer xoʻjaligi 1 27.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 159. “Oqsoqol” fermer xoʻjaligi 1 28.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 160. “Qadambay Adilbek” xususiy korxonasi 1 28.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 525-95-45 161. “Laylo Komilova” xususiy korxonasi 1 28.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 365-45-49 162. ChP “Oʻtkir Xoʻjayev” 1 30.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi 512-33-15 163. “Yashnarbek Moxira” MChJ 1 30.06.2014-y. “Xoʻja-Bobojon” xususiy firmasi
* 3(1) — 3 ta avtotransport va 1 ta tirkama.
Izoh: tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish YHXG garajida amalga oshiriladi.
