Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (1767-1-son)
02.12.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1767-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 2-yanvardagi 1/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 630)” degan soʻzlar “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-noyabr,
41/1-son
Kelishilgan:
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 17-noyabr
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2014-yil 17-noyabr
