Xiva tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (221-son)
04.02.2014
xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-avgustigacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarni, texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligiga;
texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining;
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilishini taʼminlasin.
3. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (M. Imomov) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 25-yanvardagi 87-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Qaror “Xiva tongi” gazetasida eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Avezov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. ALLAQULIYEV
Xiva sh.,
2014-yil 4-fevral,
221-son
Tuman hokimining 2014-yil 4-fevraldagi 221-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tumanda texnikalari mavjud boʻlgan MMTPlar, fermer xoʻjaliklari va korxona, tashkilotlar rahbarlari komissiya azolari hisoblanadi.
Tuman hokimining 2014-yil 4-fevraldagi 221-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlarni, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish grafigi
rOʻyxati
T/r Tashkilotlar nomi Oʻtkaziladigan kun, oy, yil Oʻtkaziladigan joyi 1. Shomoxulum MMTP 3.03.2013-yil Tashkilotning hududida 2. Irdimzon MMTP 4.03.2013-yil Tashkilotning hududida 3. Ogohiy MMTP 5.03.2013-yil Tashkilotning hududida 4. Dashyok — Xiva MMTP 6.03.2013-yil Tashkilotning hududida 5. Al-Xorazmiy MMTP 7.03.2013-yil Tashkilotning hududida 6. P. Mahmud MMTP 10.03.2013-yil Tashkilotning hududida 7. Beruniy MMTP 11.03.2013-yil Tashkilotning hududida 8. Kafolat MMTP 12.03.2013-yil Tashkilotning hududida 9. Qishloq xoʻjalik kimyo Xiva tuman filiali 13.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 10. Suvdan foydalanish uyushmasi 14.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 11. Oʻsimliklarni himoya qilish Xiva tuman filiali 15.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 12. Agrotexservis masʼuliyati cheklangan jamiyati 17.03.2013-yil Tashkilotning hududida 13. Xiva qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 18.03.2013-yil P. Mahmud MMTP hududida 14. Soyot kasb-hunar kolleji 19.03.2013-yil Tashkilotning hududida 15. Maishiy kasb-hunar kolleji 22.03.2013-yil P. Mahmud MMTP hududida 16. Xiva yoʻl idorasi 24.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 17. Xiva parrandachilik korxonasi 25.03.2013-yil Dashyok — Xiva MMTP hududida 18. Raxmat xususiy korxonasi 26.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 19. Neft gaz qurilish korxonasi 27.03.2013-yil Kafolat MMTP hududida 20. Texnika ishlab chiqarish korxonasi 28.03.2013-yil Kafolat MMTP hududida 21. Zaungur magistral gaz quvurlarini boshqarish korxonasi 29.03.2013-yil Kafolat MMTP hududida 22. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 31.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 23. Shimolgazunitar Xiva tuman filiali 31.03.2013-yil Tuman OAJ MTP hududida 24. Suv idorasi 02.04.2013-yil Dashyok — Xiva MMTP hududida 25. Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 03.04.2013-yil P. Mahmud MMTP hududida 26. Tumandagi boshqa tashkilotlar, fermer xoʻjaliklar va xususiy korxonalar 4-apreldan 4-martgacha Tashkilotning hududida
