Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublikada Milliy valyuta joriy etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatini berish haqida (952-XII-son)
03.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maʼruzasida bayon qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridagi pul islohoti masalalariga doir xulosalar va takliflar toʻla-toʻkis qoʻllab-quvvatlansin. Rossiya va Qozogʻiston bilan kelishilgan holda Oʻzbekistonni rubl zonasida saqlab qolish hamda 1961—1992-yillarda chiqarilgan pullarni 1993-yilda chiqarilgan pullarga almashtirish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarurat boʻlsa milliy valyuta joriy etish yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
952-XII-son
