Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (385-son)
25.02.2014
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Xiva tuman IIB YHX avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoidalari va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish guruhi maʼmuriy amaliyot inspektori (kichik serjant J.Allaberganov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikga jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborat berish vazifasi topshirilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 23-fevraldagi 236-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
8. Ushbu qaror “Xiva tongi” gazetasida eʼlon qilinsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. ALLAQULIYEV
Xiva sh.,
2014-yil 25-fevral,
385-son
Tuman hokimining 2014-yil 25-fevraldagi 385-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Eslatma: ushbu komissiya aʼzolaridan biri boshqa ishga oʻtsa, uning oʻrniga shu lavozimga tayinlangan rahbar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Tuman hokimining 2014-yil 25-fevraldagi 385-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xiva tumanida yuridik shaxslarga qarashli avtotransport vositalarini 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
Jadvali
Tr Avtoxoʻjalik va tashkilotlarning nomlari 1-bosqich 2-bosqich oʻtkazish kuni avtotransportlarning soni oʻtkazish joyi oʻtkazish kuni avtotransportlarning soni oʻtkazish joyi 1 2 3 4 5 6 7 8 1. Xiva Diyor savdo masʼuliyati cheklangan jamiyat 26.03.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 2. Shomohulum muqobil mashina-traktor parki 27.03.2014 10 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 3. Xorazm Chinor MChJ 28.03.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 4. Xiva tuman Asal fermer xoʻjaligi 29.03.2014 6 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 5. Hasbek stroy servis masʼuliyati cheklangan jamiyat 31.03.2014 5 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 6. Sayot qurilish servis ITQK 31.03.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 7. Qoraqum savdo korxonasi 02.04.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 8. Xiva Pirnaxos qurilish korxonasi 03.04.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 9. Xiva Qurilish servis kichik korxonasi 04.04.2014 6 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 10. Xiva “Polvan GAZ” xususiy korxonasi 05.04.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 03.09.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hududida 11. Chanashik Savdoservis MChJ 07.04.2014 12 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 12. Xiva mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati 08.04.2014 10 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 13. Umarbek Xiva servis xususiy korxonasi 09.04.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 14. “LENDER-SILVERS” masʼuliyati cheklangan jamiyat 10.04.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 15. 121-son koʻzi ojiz bolalar jamiyat internati 11.04.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 06.09.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 16. “Qurban Yusuf” fermer xoʻjaligi 12.04.2014 10 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 17. Xiva Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 14.04.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 18. “Maqsudbek” ishlab chiqarish tijorat xususiy firmasi 14.04.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 19. Xiva sopoli masʼuliyati cheklangan jamiyat 14.04.2014 7 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 20. Xiva maxsus elektro montaj sozlash unitar korxonasi 16.04.2014 18 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 13.09.2014 4 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 21. Zaungur magistral gaz uzatish boshqarmasi 17.04.2014 27 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 16.09.2014 5 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 22. Sobirjon oʻgʻli Quramboy XIChTF 18.04.2014 4 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 23. Xiva Parrandachilik masʼuliyati cheklangan jamiyat 19.04.2014 10 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 24. Taʼminot markazi ochiq turdagi hissadorlik jamiyati 21.04.2014 14 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 20.09.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 25. Agrotaʼmirlash ishlab chiqarish xususiy korxonasi 22.04.2014 10 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 26. Xamrobek servis masʼuliyati cheklangan jamiyat 23.04.2014 4 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 27. Sevara Mirzo masʼuliyati cheklangan jamiyat 24.04.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 28. Gaz energik taʼmirlash ishlab chiqarish texnik korxonasi 24.04.2014 10 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 29. Xorazm Quvasoy servis masʼuliyati cheklangan jamiyat 25.04.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 30. 97-son aqli zaif bolalar maktab internati 26.04.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 23.09.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 31. Xorazm Gilamlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati 28.04.2014 13 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 32. Xiva tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli avtokorxona 29.04.2014 16 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 33. Xiva kafolat servis masʼuliyati cheklangan jamiyat 30.04.2014 11 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 34. Xorazm Maʼmun akademiyasi 01.05.2014 6 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 35. Xorazm ford masʼuliyati cheklangan jamiyat 01.05.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 36. “Oʻzagrosugʻurta” DASK tuman boʻlimi 02.05.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 37. Xiva tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 03.05.2014 10 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 38. Liza print masʼuliyati cheklangan jamiyat 05.05.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 39. Shimol gaz taʼminot unitar korxonasi Xiva tuman gaz filiali 06.05.2014 7 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 40. Xiva muruvvat uyi 07.05.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 41. Qadamboy Matkarimov ishlab chiqarish tijorat korxonasi 08.05.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 42. Qishloq xoʻjalik kimyo hududiy aksiyadorlik jamiyatining Xiva tuman filiali 09.05.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 43. Xiva “Avtolaz” masʼuliyati cheklangan jamiyat 09.05.2014 9 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 44. Yangiobod taʼmirlash masʼuliyati cheklangan jamiyat 12.05.2014 12 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 45. Xiva Davronbek masʼuliyati cheklangan jamiyat 13.05.2014 8 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 46. Xiva Nefti gaz qurilish unitar korxonasi 14.05.2014 51 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 03.10.2014 16 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 47. Xiva qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 15.05.2014 14 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 04.10.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 48. Xiva iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 16.05.2014 9 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 05.10.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 49. Gazstroytexnika korxonasi 17.05.2014 8 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 12.10.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 50. Irrigator xususiy firmasi 19.05.2014 6 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 51. Xiva tuman veterinariya boʻlimi 20.05.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 52. Xorazm viloyati YoXB Xiva tuman 4-KYoXK va 19-KYoXK garnizoniga qarashli oʻt oʻchirish boʻlimi 21.05.2014 4 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 53. Ibragim mahrum fermer xoʻjaligi 22.05.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 54. Xiva qurilish servis k/k 23.05.2014 4 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 55. Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi 24.05.2014 6 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 56. “Polvon gʻozovot” irrigatsiya tizimi 26.05.2014 8 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 57. Xiva Pedagogika kolleji 27.05.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 58. Boltaboy Oqsoqol fermer xoʻjaligi 28.05.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 59. Xiva tuman hokimiyati 28.05.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 60. Xiva tongi redaksiyasi gazetasi 28.05.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 61. Diyor xususiy korxonasi 28.05.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 62. Xiva tuman prokuraturasi 28.05.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 63. Xiva non masʼuliyati cheklangan jamiyat 29.05.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 64. Xiva tuman Davlat tijorat xalq banki 29.05.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 65. Pishkanik ishlab chiqarish va tijorat firmasi 29.05.2014 11 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 66. Xiva Zafar Diyor xususiy korxonasi 29.05.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 67. Xiva “Avtomobilchi” nodavlat taʼlim muassasasi 29.05.2014 12 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 68. Tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli oʻquvchi yoshlarini texnik ijodi� va milliy hunarga yoʻnaltirish markazi 30.05.2014 11 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 69. Kooperativ Gʻuncha shirkati 30.05.2014 5 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 70. Xiva Aloqa bogʻlamasi 30.05.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 71. Xiva elektr tarmoqlari 30.05.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 72. Xorazm minor masʼuliyati cheklangan jamiyat 30.05.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 73. “Vatanparvar” mudofaa jamiyati 31.05.2014 9 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 74. Rahmat xususiy korxonasi 2.06.2014 9 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 75. “Chorvador” fermer xoʻjaligi 3.06.2014 6 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 18.10.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hududida 76. “Jiyan-bobo” fermer xoʻjaligi 3.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 77. Xursand fermer xoʻjaligi 3.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 19.10.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hududida 78. P. Mahmud xususiy korxonasi 3.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 79. Chanashik ishlab chiqarish va tijorat firmasi 4.06.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 80. ATV Mikrokreditbank Xiva filiali 4.06.2014 7 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 81. Javlon xususiy korxonasi 4.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 82. Yuldosh Majid fermer xoʻjaligi 4.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 83. Xiva tuman moliya boʻlimi 5.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 84. Xiva sharob savdo ixtisoslashtiri�gan Bazo unitar korxonasi 5.06.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 85. Oʻzbekiston firmasi 5.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 86. Niyazmat bobo fermer xoʻjaligi 5.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 87. Kooperotor masʼuliyati cheklangan jamiyat 5.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 88. Allabergan ota ishlab chiqarish va tijorat xususiy firmasi 5.06.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 89. Xiva tuman hokimligi xuzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi 6.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 90. OATB “Agro bank” 6.06.2014 1 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 91. Mevaston maram 6.06.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 92. Roʻzmat Dangʻir ishlab chiqarish tijorat firmasi 6.06.2014 4 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 93. “HOTEL-ASIA-KHIVA” masʼuliyati cheklangan jamiyat 6.06.2014 3 Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida 21.10.2014 2 Mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti hududida 94. Navqiron Xiva Zamin masʼuliyati cheklangan jamiyat 7.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 95. Xorazm viloyat qoʻgʻirchoq teatri 7.06.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 25.10.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 96. 20-son Mehribonlik uyi 7.06.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 27.10.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 97. Xiva Rustambek Rasulbek masʼuliyati cheklangan jamiyat 7.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 98. Xiva Aziz transmasʼuliyati cheklangan jamiyati 7.06.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 99. Material texnika taʼminot korxonasi 9.06.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 100. Xorazm charos xususiy firmasi 9.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 101. Xiva gaz Oil xususiy korxonasi 9.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 102. Fidokor fermer xoʻjaligi 9.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 103. Xoji Abdulla fermer xoʻjaligi 10.06.2014 5 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 104, Soyot qurilish korxonasi 10.06.2014 3 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 105. Soyotlik otaxon Zafar masʼuliyati cheklangan jamiyat 11.06.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 106. Murodbek Maaram fermer xoʻjaligi 11.06.2014 1 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 107. Shixnazar Murodbek masʼuliyati cheklangan jamiyati 11.06.2014 2 “Xiva avtolaz” MChJ hududida 108. Xususiy korxonalar va MChJlarga tegishli avtotransport vositalari 730 “Xiva avtolaz” MChJ hududida JAMI: 1314
Izox: tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish, YHXG garajida amalga oshiriladi.
