Tumanda aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida (220-son)
04.02.2014
XORAZM VILOYATI XIVA TUMANI HOKIMINING
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son, 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-son qarorlariga asosan, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va joylashtirish boʻyicha sanitariya jixatidan tozalash borasida oʻz vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Hududdagi aholining maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilish hamda qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlarini koʻrsatish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (E. Xusainov) zimmasiga yuklatilsin.
2. Tuman moliya boʻlimi va Obodonlashtirish boshqarmasi, yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlarini ishlab chiqsin.
3. Xiva tuman hokimining 2013-yil 31-yanvardagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan “Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qaror “Xiva tongi” gazetasida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qarorni nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim D. ALLAKULIYEV
Xiva sh.,
2014-yil 4-fevral,
220-son
Tuman hokimining 4-fevraldagi 220-son qaroriga ILOVA
1. 1-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”.
5-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
Obodonlashtirish boshqarmasining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
oʻn yettinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Xiva tuman Obodonlashtirish boshqarmasining
TUZILMASI
