Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (319-son)
25.11.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 72-bandidagi “(salohiyatli abonentlarni izlash, abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilar bilan abonentlik shartnomalari tuzish va ularga maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmati uchun toʻlovlarni qabul qilish)” soʻzlari “(abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilarga maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmati uchun toʻlovlarni qabul qilish)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-noyabr,
319-son
