Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2051-q-son)
08.10.2014
Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining
qarori
Urganch shahridagi ijtimoiy muxofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning ish bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi talablariga asosan va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalarini qoʻllab qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2015-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Korxona, muassasa va tashkilotlarda xodimlarning oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda 368 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3 foiz (11 kishi);
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 31,8 foiz (117 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 42,2 foiz (155 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 6,2 foiz (23 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish shahar markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3,8 foiz (14 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3 foiz (11);
odam savdosidan jabr koʻrgan jabrdiydalar uchun 2,4 foiz (9 kishi);
boshqa toifadagi shaxslar uchun 7,6 foiz (28 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun;
bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyiladigan kasb va lavozimlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Korxona, muassasa va tashkilotlar raxbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muxofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muxofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror ijrosini taʼminlamagan korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muxofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi belgilab qoʻyilsin.
7. Ijtimoiy muxofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari mazkur qarorda belgilangan miqdoridan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar, ushbu ortiqcha ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan 2015-yilga moʻljallangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida qarori 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan Urganch shahar hokimining 2013-yildagi Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi 2013-yil 16-oktabrdagi 3126/q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish markazi (B. Qurbanov) bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
10. Urganch shahar “Urganch oqshomi” gazetasi muharriri (S. Avezov)ga;
Ushbu qarorni “Urganch oqshomi” gazetasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻribosari M. Madrimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. SAPAYEV
Urganch sh.,
2014-yil 8-oktabr,
2051-q-son
Shahar hokimining 2014-yil 8-oktabrdagi 2051-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish
ruyxati
T/r Korxona tashkilot va muassasa nomi Ularda jami ishlovchilar soni Band qilinadigan ish oʻrinlari jami Shu jumladan quyidagi toifalar uchun: shu jumladan nogironlar oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar qolganlar jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar odam savdosidan jabr koʻrganlar ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalar 1. “Xorazm elektr tarmoqlari” ochik aksiyadorlik jamiyati 1350 14 3 6 2 1 1 1 2. “Urganch yogʻ” ochiq aksiyadorlik jamiyati 1083 12 4 4 1 1 1 1 3. Tuyamuyun-Urganch mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi 1076 13 4 5 1 1 1 1 4. Xorazm viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi 893 11 3 5 1 1 1 5. Oʻzbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazi Xorazm filiali 801 9 3 4 1 1 6. Urganch tibbiyot birlashmasi 368 4 1 2 1 7. Xorazm viloyat perinatal markazi 685 9 3 4 1 1 8. Urganch shahar xokimligi qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasi 668 11 2 3 4 1 1 9. Xorazm nasos stansiyalari energetikasi va aloqa boshqarmasi 616 8 2 2 1 1 2 10. Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi 460 6 2 4 11. “Xorazm issiqlik manbai” ochiq aksiyadorlik jamiyati 374 10 3 4 1 2 12. Urganch maxsus sanitar trans ishlab chiqarish davlat korxonasi 91 3 1 1 1 13. Xorazm viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi 356 7 2 2 1 2 14. Xorazm yoʻl qurilish tashkiloti 327 7 2 3 1 1 15. Oʻzbektelekom AK Xorazm filiali 307 6 2 3 1 16. Upradik BVO Amudaryo 304 6 2 2 1 1 17. Quyi Amudaryo irrigatsi� tizimi havzasi boshqarmasi qoshidagi Xorazm gidrogiologiya melioratsiya ekspeditsiyasi 270 5 2 2 1 18. “Shovot-Qulovot” irrigatsiya bosh boshqarmasi 247 4 1 2 1 19. Shovot Madaniyat va istirohat bogʻi 238 4 1 2 1 20. Urganch “Sharob” ochiq aksiyadorlik jamiyati 211 8 1 2 3 1 1 21. Urganch Ekskavator OAJ 185 6 1 3 1 1 22. “Urganchshaxargaz” filiali 182 8 2 4 1 1 23. “Bunyod yoʻlovchi tashish” MChJ 160 6 2 2 1 1 24. “Urgteks” MChJ 76 3 1 2 25. Xorazm ipak tola masʼuliyati cheklangan jamiyati 182 5 2 3 26. Urganch “Baxmal” masʼuliyati cheklangan jamiyati 94 5 3 2 27. Trollleybus boshqarmasi 63 2 1 1 28. Sinov va sertifikatlashtirish markazi 49 2 1 1 29. “Xorazamavtotexxizmat” ochiq hissadorlik jamiyati 122 4 1 2 1 30. “Oʻzbekiston pochta aloqa tarmogʻi” Xorazm filiali 101 5 2 2 1 31. “Ogahiy” nomli musiqali drama teatri 119 5 2 3 32. Urganch manzilgox, temir yoʻl shifoxonasi 264 8 2 3 1 2 33. Xorazm viloyat Onkologiya dispanseri 231 7 2 2 1 2 34. Viloyat bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi 170 5 3 2 35. Xorazm viloyat davlat sanepid nazorat markazi 179 5 1 3 1 36. Urganch shaxar sanepid nazorat markazi 150 4 2 2 37. Xorazm viloyat endokrinologiya dispanseri 160 5 1 2 2 38. Viloyat stomatologiya poliklinikasi 145 4 2 2 39. Viloyat silga qarshi kurashish dispanseri 276 7 2 2 1 1 1 40. Xorazm viloyat nogironlar uchun reabilitatsiya markazi 63 2 1 1 41. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi avtokorxonasi 133 4 2 2 42. Viloyat axborot resurs markazi 51 2 1 1 43. Toshkent axborot texnologiya universiteti Urganch filiali qoshidagi 1-son akademiya litsey 132 4 1 1 2 44. Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey 237 7 2 3 1 1 45. Urganch davlat universiteti qoshidagi 3-akademik litsey 135 3 1 1 1 46. Urganch qurilish kasb-hunar kolleji 142 4 1 2 1 47. Urganch shaxar politexnika va tadb�rkorlik kasb-hunar kolleji 89 3 1 1 1 48. Urganch madaniyat sanʼat kolleji 160 5 1 2 1 1 49. Urganch avtomobil va yoʻllar kasb-hunar kolleji 176 6 2 2 1 1 50. Urganch tadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji 82 3 2 1 51. Urganch ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 166 5 1 3 1 52. Urganch shahar axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 119 4 1 2 1 53. Urganchturizm va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 99 3 1 1 1 54. Urganch Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji 319 5 2 2 1 55. Urganch shahar neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji 134 4 1 1 1 1 56. Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 86 3 1 2 57. Urganch tibbiyot kolleji 188 6 1 2 3 58. Urganch davlat universiteti 1230 11 3 4 1 1 2 59. Toshkent axborot texnologiya universiteti Urganch filiali 114 4 1 1 2 60. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 125 4 1 1 1 1 61. 6-son maktab-internat 78 3 1 2 62. 93-son maktab-internat 86 3 1 1 1 63. 94-son maktab-internat 91 3 1 2 64. 96-son maktab-internat 204 4 1 1 1 1 65. 5-son umumtaʼlim maktabi 110 3 1 2 66. 12-son umumtaʼlim maktab 57 2 1 1 67. 21-son umumtaʼlim maktab 50 2 1 1 68. 26-son umumtaʼlim maktab 92 3 1 2 Jami: 18381 368 11 117 155 23 14 11 9 28
