Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (215-q-son)
21.02.2014
Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimining
qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, transport vositalarining 2014-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Xonqa tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (M. Ibodullayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 10-iyungacha;
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari.
3. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida;
mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undirilsin.
Ushbu qarorning 2-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga, tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2014-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qaror “Xonqa hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Quryazov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim O. JUMANAZAROV
Xonqa t.,
2014-yil 21-fevral,
215-q-son
Tuman hokimining 2014-yil 21-fevraldagi 215-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
M. Ibodullayev — tuman IIB YXXG boshligʻi, komissiya raisi U. Raximov — tuman IIB YXXG maʼmuriy amaliyot inspektori, komissiya kotibi B. Muminov — Polvon-Gazovot irrigatsiya tizimi boshqarmasi mexanigi Z. Sapayev — Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tuman boʻlimi katta inspektori O. Maxamadov — tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari B. Eshyazov — “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Xorazm viloyat xududiy boʻlimi xodimi
Tuman hokimining 2014-yil 21-fevraldagi 215-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi transport vositalarini 2014-yilgi texnika koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi Texnik koʻrikdan oʻtkazish kuni Jalb qilingan transport vositalari soni 1. Al-Xorazmiy nomli muqobil MTP Muqobil MTP da 22.03.2014-yil 13 2. Tomadurgadik muqobil MTP Muqobil MTP da 23.03.2014-yil 8 3. Gʻalaba muqobil MTP Muqobil MTP da 24.03.2014-yil 4 4. Xorazm muqobil MTP Muqobil MTP da 26.03.2014-yil 5 5. Yangi-hayot muqobil MTP Muqobil MTP da 26.03.2014-yil 3 6. Doʻstlik muqobil MTP Muqobil MTP da 27.03.2014-yil 3 7. Qoraqosh muqobil MTP Muqobil MTP da 28.03.2014-yil 4 8. A. Navoiy nomli muqobil MTP Muqobil MTP da 29.03.2014-yil 4 9. Sh. Rashidov nomli muqobil MTP Muqobil MTP da 30.03.2014-yil 4 10. Axunbabayev nomli muqobil MTP Muqobil MTP da 31.03.2014-yil 5 11. Viloyat “Qishloqxoʻjalikkimyo” AB Xonqa tuman filiali Avtoxoʻjalikda 02.04.2014-yil 9 12. Oʻsimliklarni qimoya qilish markazi Avtoxoʻjalikda 03.04.2014-yil 1 13. Tuman davlat aksiyadorlik jamiyati MTP Avtoxoʻjalikda 04.04.2014-yil 13 14. Vil. Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi Xonqa boʻlimi Avtoxoʻjalikda 05.04.2014-yil 1 16. “Xonqaobod” muqobil MTP Muqobil MTP da 07.04.2014-yil 5 17. Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding viloyat boʻlimi Avtoxoʻjalikda 09.04.2014-yil 2 18. Buyuk-karvon MChJ Avtoxoʻjalikda 10.04.2014-yil 1 19. Polvon-Gazovod irrigatsiya tizimi boshqarmasi Avtoxoʻjalikda 11.04.2014-yil 14 20. Xalq taʼlimi boʻlimi Avtoxoʻjalikda 12.04.2014-yil 2 21. Tuman tibbiyot birlashmasi Avtoxoʻjalikda 13.04.2014-yil 12 22. Tuman DSENM Avtoxoʻjalikda 14.04.2014-yil 7 23. Tish davolash poliklinikasi Avtoxoʻjalikda 14.04.2014-yil 1 24. Xonqa DON mahsulotlari OTXJ Avtoxoʻjalikda 16.04.2014-yil 14 25. Obi-Hayot LTD MChJ Xonqa tuman boʻlimi Avtoxoʻjalikda 17.04.2014-yil 58 26. Xonqa Savdogar MChJ Avtoxoʻjalikda 18.04.2014-yil 3 27. Umumiy ovqatlanish MChJ Avtoxoʻjalikda 29.04.2014-yil 1 28. Xonqa Paxta tozalash OTXJ Avtoxoʻjalikda 20.04.2014-yil 16 29. 288-son Qurilish MChJ Avtoxoʻjalikda 21.04.2014-yil 9 30. Xonqa NON xususiy korxonasi Avtoxoʻjalikda 23.04.2014-yil 4 31. Veterinariya boʻlimi Avtoxoʻjalikda 24.04.2014-yil 1 32. Xoʻjalik hisobidagi dezinfeksiya idorasi Avtoxoʻjalikda 25.04.2014-yil 1 33. Xonqa tumanlararo “Agromashservis” IChT MChJ Avtoxoʻjalikda 26.04.2014-yil 10 34. Tuman MK Vatanparvar tashkiloti Avtoxoʻjalikda 27.04.2014-yil 16 35. Xonqa mexanika ustaxonasi MChJ Avtoxoʻjalikda 28.04.2014-yil 2 36. Agroqurilishtaʼmirlash xususiy korxonasi Avtoxoʻjalikda 30.04.2014-yil 2 37. 43-sonli Avtokorxona MChJ Avtoxoʻjalikda 01.05.2014-yil 55 38. Xonqa “Avtoyulduz” MChJ Avtoxoʻjalikda 02.05.2014-yil 24 39. Urganch neftebaza unitar korxonasi Xonqa filiali Avtoxoʻjalikda 03.05.2014-yil 17 40. Tuman Agrosugʻurta DASK Xonqa tuman boʻlimi Avtoxoʻjalikda 04.05.2014-yil 1 41. Tuman hokimiyati va moliya boʻlimi Avtoxoʻjalikda 04.05.2014-yil 4 42. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi Avtoxoʻjalikda 05.05.2014-yil 1 avt\ 4 moto 43. Tuman madaniyat va sport boʻlimi Avtoxoʻjalikda 07.05.2014yil 5 44. Elektor Aloqa bogʻlamasi Avtoxoʻjalikda 07.05.2014-yil 2 45. “Xonqa tumangaz” filiali Avtoxoʻjalikda 08.05.2014-yil 6 46. Xonqat YXPTFK Avtoxoʻjalikda 09.05.2014-yil 3 47. Elektr tarmoqlari korxonasi Avtoxoʻjalikda 10.05.2014-yil 1 48. Sanitar tozalash xususiy korxonasi Avtoxoʻjalikda 10.05.2014-yil 2 49. Xonqa tuman Kommunal foydalanish MChJ Avtoxoʻjalikda 11.05.2014-yil 2 50. Xorazm viloyat IIB YoXB Xonqa tuman boʻlimi Avtoxoʻjalikda 12.05.2014-yil 5 51. Xonqa Sanatoriyasi Avtoxoʻjalikda 14.05.2014-yil 2 52. Xonqa Sanoat kasb-hunar kolleji Avtoxoʻjalikda 15.05.2014-yil 3 53. “Madir” xususiy korxonasi Avtoxoʻjalikda 16.05.2014-yil 2 54. “Xonqa qop” MChJ Avtoxoʻjalikda 17.05.2014-yil 3 55. “Otaminor” korxonasi Avtoxoʻjalikda 17.05.2014-yil 1 56. “Shoxrux tadbirkor” x/k Avtoxoʻjalikda 18.05.2014-yil 7 57. “Azamat-98” firmasi Avtoxoʻjalikda 19.05.2014-yil 2 58. Madir bioservis MChJ Avtoxoʻjalikda 19.05.2014-yil 2 59. ChMP Rayxon YPXmaskanida 21.05.2014-yil 1 60. “Ganj” xususiy firmasi YPXmaskanida 21.05.2014-yil 1 61. Xonqa Jirmiz bioservis MChJ Avtoxoʻjalikda 22.05.2014-yil 1 62. Doʻstlik qishloq vrachlik punkti Avtoxoʻjalikda 22.05.2014-yil 1 63. Sarapayon Bioservis Avtoxoʻjalikda 23.05.2014-yil 1 64. Sarapayon SFU Avtoxoʻjalikda 23.05.2014-yil 1 65. “Xonqa Loyiha meʼmorchilik” MChJ YPXmaskanida 24.05.2014-yil 1 66. Xonqa tuman Arxitektura boʻlimi YPXmaskanida 24.05.2014-yil 1 67. “Xoʻjayoz qurilish” x/k YPXmaskanida 25.05.2014-yil 1 68. “Imorat” korxonasi YPXmaskanida 25.05.2014-yil 1 69. Xonqa tuman xalq banki YPXmaskanida 26.05.2014-yil 1 70. Tuman koʻzi ojizlar jamiyati Avtoxujalikda 26.05.2014-yil 1 71. Tuman Radiotexnika ICh Savdo Avtoxujalikda 28.05.2014-yil 2 72. Xonqa OKS IMPEKS MChJ YPXmaskanida 28.05.2014-yil 1 73. Xonqa tuman Oybek quruvchi MChJ YPXmaskanida 29.05.2014-yil 1 74. “Turkiston Savdo” MChJ YPXmaskanida 29.05.2014-yil 1 75. Tuman “Usta Ruzmat” TIJ ICh Avtoxoʻjalikda 30.05.2014-yil 2 76. Qoraqosh Taʼmir Plas MChJ Avtoxoʻjalikda 30.05.2014-yil 3 77. Qoraqosh bioservis MChJ Avtoxoʻjalikda 31.05.2014-yil 1 78. “Xonqa hayoti” gazetasi YPXmaskanida 31.05.2014-yil 1 79. Iqbol fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 31.05.2014-yil 1 80. Kamol –Jamol fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 01.06.2014-yil 2 81. Xonqa tuman Quvonch fermer xoʻjaligi Avtoxoʻjalikda 02.06.2014-yil 7 82. Xonqa tuman Uktambay Anabibi fermer xoʻjaligi Avtoxoʻjalikda 04.06.2014-yil 3 83. Xonqa tuman Muzaffar-Nilufar fermer xoʻjaligi Avtoxoʻjalikda 05.06.2014-yil 4 84. Xonqa tuman Bahor fermer xoʻjaligi Avtoxoʻjalikda 05.06.2014-yil 2 85. Xonqa tuman Quryazova fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 06.06.2014-yil 2 86. Xonqa tuman Farxod Qoʻchkarov fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 06.06.2014-yil 2 87. Xonqa tuman Otaqul fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 07.06.2014-yil 5 88. Xonqa tuman Zevarjon Sarvinoz fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 07.06.2014-yil 1 89. Xonqa tuman Manglibay Babajan fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 08.06.2014-yil 1 90. Xonqa tuman Qudrat Babajanov fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 08.06.2014-yil 1 91. Xonqa tuman Otabay oʻgʻli Dilshod fermer oʻjaligi YPXmaskanida 08.06.2014-yil 1 92. Xonqa tuman Zilola Shalola fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 09.06.2014-yil 1 93. Xonqa tuman Ollayor Xaitov fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 09.06.2014-yil 1 94. Xonqa tuman Nurmamat Pirmuxammad fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 11.06.2014-yil 1 95. Xonqa tuman Koʻpal Palvon fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 11.06.2014-yil 1 96. Xonqa tuman Usta Ortiq fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 12.06.2014-yil 2 97. Xonqa tuman Zafar Dapmachi fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 12.06.2014-yil 2 98. Xonqa tuman Farrux dehqon fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 13.06.2014-yil 1 99. Xonqa tuman Jabbarova Qurvan fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 13.06.2014-yil 1 100. Xonqa tuman Oman dehqon fermer xoʻjaligi YP�maskanida 14.06.2014-yil 1 101. Xonqa tuman Boltabay Ibadullo fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 14.06.2014-yil 1 102. Xonqa tuman Raximbay fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 15.06.2014-yil 1 103. “Sevinchoy Xayrulla” MChJ YPXmaskanida 16.06.2014-yil 3 104. “Azamat Elyor” xususiy korxonasi YPXmaskanida 18.06.2014-yil 1 105. “Anvar Shoxrux Ozoda” xususiy korxonasi YPXmaskanida 18.06.2014-yil 1 106. “Jumanazarov Davron” xususiy korxonasi YPXmaskanida 19.06.2014-yil 2 107. “Zuxra Maftuna” firmasi YPXmaskanida 19.06.2014-yil 1 108. OOO “Sardorekosinvest” YPXmaskanida 20.06.2014-yil 1 109. “Madonna” xususiy IChS va tijorat firmasi YPXmaskanida 20.06.2014-yil 1 110. ChP “Elmurad umida servis” xususiy korxonasi YPXmaskanida 21.06.2014-yil 2 111. “Zuxriddin Yorkinoy savdo” xususiy korxonasi YPXmaskanida 21.06.2014-yil 2 112. Xonqa tuman “Umidbek Xorazm ” MChJ YPXmaskanida 22.06.2014-yil 1 113. “Laylo Nafisa” firmasi YPXmaskanida 22.06.2014-yil 1 114. “Ruxsaro Savdo” xususiy firmasi YPXmaskanida 23.06.2014-yil 1 115. Xonqa tuman “Rivoj” firmasi YPXmaskanida 23.06.2014-yil 1 116. ChP “Saxovat Daston” YPXmaskanida 25.06.2014-yil 1 117. “Amudaryo Universal Savdo” MChJ YPXmaskanida 25.06.2014-yil 1 118. “Jasur Savdo Servis” xususiy korxonasi YPXmaskanida 26.06.2014-yil 1 119. “Namuna Universal Savdo” xususiy korxonasi YPXmaskanida 26.06.2014-yil 1 120. “Mustaqillik Timsoli” TTSXB YPXmaskanida 27.06.2014-yil 1 121. “Izzat” xususiy korxonasi YPXmaskanida 27.06.2014-yil 1 122. “Zuxra Zebo” xususiy korxonasi YPXmaskanida 28.06.2014-yil 1 123. “Mavludaxon Shaxnoza” xususiy korxonasi YPXmaskanida 28.06.2014-yil 1 124. “Qadambay Bakiyev” fermer xoʻjaligi YPXmaskanida 29.06.2014-yil 2 125. ChP “Komil Rajabov” xususiy korxonasi YPXmaskanida 29.06.2014-yil 1 126. Shaxsiy avtotransportlar YPX maskanida va MMTPlarda 01.02.2014y.dan 31.08.2014y.gacha
