Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (Q-352-son)
13.10.2014
Navoiy viloyati Nurota tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son), Oʻzbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son), Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) asosan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2014-yil 25-sentabrdagi 01-08/311-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi yigirma nafardan ortiq xodimlari mavjud qorxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan 247 kishini tashkil etadigan 4 foiz miqdorda, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va qoʻp bolali ota-onalar uchun 7,3 foiz — 18 kishi;
nogironlar uchun 3,2 foiz — 8 kishi;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,2 foiz — 3 kishi;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 8 foiz — 20 kishi;
odam savdosidan jabrlanganlarni ish bilan taʼminlash uchun 6,9 foiz — 17 kishi;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 14,5 foiz — 36 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilganlar uchun — 5 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 8 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 23 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning raxbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishi (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
ish joylari sanitariya va gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi 3-qismiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar har bir yaratilmagan ish joyi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida” nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarima toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Tuman hokimi umumiy boʻlimi (O. Maxmudov) bir hafta muddatda mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazilishini taʼminlasin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (M. Xaqberdiyev)ga ushbu qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish yuklatilsin.
8. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi va adliya boshqarmasiga davlat hisobiga olish uchun taqdim etilishini taʼminlash tuman hokimligi huquqshunosi (N. Joʻrayev)ga yuklatilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Q. TURSUNOV
Nurota sh.,
2014-yil 13-oktabr,
Q-352-son
Tuman hokimining 2014-yil 13-oktabrdagi Q-352-sonli qaroriga ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2015-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari eng kam soni (kvota) belgilangan Nurota tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar
ROʻYXATI
T/r Korxona, tashkilot muassasalar nomi Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni Shu jumladan: yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha nogiron bolalari boʻlgan koʻp bolali ota-onalar uchun oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari tugatgan yoshlar va oliy oʻquv yurtlarini budjet asosida tugatgan yoshlar uchun muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun nogironlar uchun pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar uchun jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun odam savdosidan jabrlanganlarni ish bilan taʼminlash uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilganlar uchun kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun A B 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 1. Moliya boʻlimi 24 1 1 2. X�lq banki 46 2 2 3. Agrobank 25 1 1 4. DSI 44 2 1 1 5. Nurotatumangaz 97 4 1 1 1 1 6. TYXPTFDK 96 4 1 1 1 1 7. Xalq taʼlimi boʻlimi 35 2 1 1 8. Ijtimoiy iqtisodiyot kolleji 123 5 1 2 1 1 9. Qishloq xoʻjaligi kolleji 170 7 1 3 1 1 1 10. Sanoat konchilik k.x.k 46 2 1 1 11. Chuya iqtisodiyot kolleji 98 4 1 2 1 12. 2-qishloq xoʻjaligi k.x.k 92 4 2 1 1 13. Maishiy xizmat koʻrsatish k.x.k. 70 3 1 1 1 14. Tuman tibbiyot birlshmasi 1010 41 5 25 2 1 2 1 1 1 2 1 15. Madaniyat boʻlimi 30 1 1 16. DSENM 57 2 1 1 17. Sanʼat litseyi 76 3 2 1 18. 7-maktab iternat 76 3 2 1 19. 1-sonli gimnaziya 51 2 1 1 20. 2-oʻrta taʼlim maktabi 78 3 1 1 1 21. 3-oʻrta taʼlim maktabi 80 3 2 1 22. 4-oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 23. 5-oʻrta taʼlim maktabi 74 3 1 1 1 24. 6-oʻrta taʼlim maktabi 65 3 1 1 1 25. 7-oʻrta taʼlim maktabi 65 3 1 1 1 26. 8-oʻrta taʼlim maktabi 41 2 1 1 27. 9-oʻrta taʼlim maktabi 65 3 2 1 28. 10-oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 29. 11-oʻrta taʼlim maktabi 24 1 1 30. 12-oʻrta taʼlim maktabi 41 2 1 1 31. 13-oʻrta taʼlim maktabi 40 2 1 1 32. 14-oʻrta taʼlim maktabi 60 3 1 1 1 33. 15-oʻrta taʼlim maktabi 49 2 1 1 34. 16-oʻrta taʼlim maktabi 31 1 1 35. 17-oʻrta taʼlim maktabi 34 1 1 36. 18-oʻrta taʼlim maktabi 119 4 2 1 37. 19-oʻrta taʼlim maktabi 61 3 1 1 1 38. 20-oʻrta taʼlim maktabi 65 3 1 1 1 39. 21-oʻrta taʼlim maktabi 26 1 1 40. 22-oʻrta taʼlim maktabi 90 4 1 1 2 41. 23-oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 42. 24-oʻrta taʼlim maktabi 41 2 1 1 43. 25-oʻrta taʼlim maktabi 34 1 1 44. 26-oʻrta taʼlim maktabi 44 2 1 1 45. 27-oʻrta taʼlim maktabi 98 4 1 2 1 46. 28-oʻrta taʼlim maktabi 23 1 1 47. 29-oʻrta taʼlim maktabi 34 1 1 48. 30-oʻrta taʼlim maktabi 23 1 1 49. 31-oʻrta taʼlim maktabi 32 1 1 50. 32-oʻrta taʼlim maktabi 70 3 1 1 1 51. 33-oʻrta taʼlim maktabi 47 2 1 1 52. 34-oʻrta taʼlim maktabi 31 1 1 53. 35-oʻrta taʼlim maktabi 35 1 1 54. 36-oʻrta taʼlim maktabi 33 1 1 55. 39-oʻrta taʼlim maktabi 28 1 1 56. 40-oʻrta taʼlim maktabi 29 1 1 57. 41-oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 58. 43-oʻrta taʼlim maktabi 37 1 1 59. 44-oʻrta taʼlim maktabi 30 1 1 60. 45-oʻrta taʼlim maktabi 46 2 1 1 61. 46-maktab 24 1 1 62. 47-maktab 27 1 1 63. 48-maktab 30 1 1 64. 49-oʻrta taʼlim maktabi 35 2 1 1 65. 50-maktab 26 1 1 66. 51-oʻrta taʼlim maktabi 38 2 1 1 67. 52-maktab 31 1 1 68. 53-oʻrta taʼlim maktabi 25 1 1 69. 54-oʻrta taʼlim maktabi 63 3 1 1 1 70. 55-oʻrta taʼlim maktabi 76 3 1 2 71. 56-oʻrta taʼlim maktabi 35 2 1 1 72. 57-oʻrta taʼlim maktabi 75 3 1 2 73. 58-oʻrta taʼlim maktabi 60 2 1 1 74. Obodonlashtirish 160 6 1 1 1 1 1 1 75. Muruvvat uyi 63 3 1 1 1 76. Istiqlol sh.x 165 7 1 2 1 3 77. A. Navoiy sh/x 85 3 1 1 1 78. Sh. Rashidov sh/x 45 2 1 1 79. Qizilcha sh/x 60 3 1 1 1 80. Nurota sh/x 285 11 1 2 1 2 2 1 2 81. Gozgon sh/x 80 3 1 1 1 82. Qaldirgʻoch MTM 35 1 1 83. Gulshan 2 MTM 30 1 1 84. Binafsha MTM 38 2 1 1 85. Choʻliguli MTM 30 1 1 86. Feruza MTM 35 1 1 87. Paxtaoy MTM 33�� 1 1 88. Chevar MTM 32 1 1 89. Nilufar MTM 30 1 1 90 Yulduz MTM 30 1 1 91. Nargiz MTM 34 1 1 92. Moʻjiza MTM 22 1 1 93. Musiqa maktabi 30 1 1 94. Bolalar va oʻsmirlar 11-son sport maktabi 45 1 1 95. Veterinariya boʻlimi�� 27 1 1 Jami: 6152 247 18 123 22 8 3 20 17 5 8 23
