Tumanda aholi punktlarini sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida (89-son)
28.01.2014
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son, 2013-yil 10-yanvardagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4-son qarorlariga asosan, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va joylashtirish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalash borasida oʻz vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Hududdagi aholining maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilish hamda qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlarini koʻrsatish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (I. Alimov) zimmasiga yuklatilsin.
2. Tuman moliya boʻlimi va Obodonlashtirish boshqarmasi 1 oy muddat ichida, yuridik va jismoniy shaxslardan qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish xizmatlari uchun toʻlov miqdorlarini ishlab chiqsin.
3. Yangibozor tuman hokimining 2013-yil 31-yanvardagi 85-q-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangibozor tumanida aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qaror “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilinsin.
5. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 29-apreldagi 341-son qarori bekor qilinsin.
6. Ushbu qarorni nazorat qilishni oʻz zimmada qoldiraman.
Hokim O. MADRAXIMOV
Yangibozor t.,
2014-yil 28-yanvar,
89-son
Tuman hokimining 2014-yil 28-yanvardagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
1. 1-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”.
5-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
obodonlashtirish boshqarmasining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
oʻn yettinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
